Toshkentda 55 ta daraxt tubi plyonka bilan qoplangani bois qurishni boshladi
30 oktabr 2021, 10:33

Toshkentda 55 ta daraxt tubi plyonka bilan qoplangani bois qurishni boshladi

Toshkentning Chilonzor tumanida prezident tashrifi arafasida 55 tup daraxtning tubiga parvarishlangandek ko‘rinishi uchun polietilen plyonka to‘shalib, keramzit sepilgan. Daraxtlarda qurish alomatlari mavjud. Poytaxt Ekologiya boshqarmasi rahbari obodoshlashtirish uslubini «kolxozcha» deb atadi.

Nima tayyorlaymiz: issiqqina noodatiy sho‘rva
30 oktabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: issiqqina noodatiy sho‘rva

Frikadelka va qizil loviyali, makkajo‘xori va shovulli, xamir bo‘lakchali va pishloqli — Zira.uz noodatiy usulda tayyorlanadigan sho‘rvalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
29 oktabr 2021, 22:10

Jahon yangiliklari dayjesti

Jo Baydenning Rim papasi bilan uchrashgani, Ilon Masking insoniyatni Marsga o‘z hisobidan olib bormoqchi ekani, AQShning Tramp siyosatidan jabr chekkan migrantlarga 1 mlrd dollardan pul to‘lamoqchiligi, Finlyandiyada gazetaning uch jurnalisti davlat sirlarini oshkor qilishda ayblanayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Yangiyo‘lda pullarni qalbakilashtirishda gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi
29 oktabr 2021, 21:33

Yangiyo‘lda pullarni qalbakilashtirishda gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Yangiyo‘lda qalbaki pul ishlab chiqarishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. Uning uyidan umumiy qiymati 19,6 mln so‘mlik 196 dona 100 ming so‘mlik qalbaki banknotalar olib qo‘yildi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi
29 oktabr 2021, 21:12

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi

2023 yildan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jumlalarning soddaligi va qisqaligi, ta’riflarning aniqligi, atamalarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi va boshqa talablar asosida lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi.

«Biz davlatlar o‘rtasidagi raqobat nomaqbul siyosiy oqibatlarga olib kelishini istamas edik» — tashqi ishlar vaziri
29 oktabr 2021, 20:57

«Biz davlatlar o‘rtasidagi raqobat nomaqbul siyosiy oqibatlarga olib kelishini istamas edik» — tashqi ishlar vaziri

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonda siyosiy raqiblar manfaatlari to‘qnashuvi ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan, mamlakatni bir tomon tufayli boshqa tomon qabul qilmaydigan pozitsiyani tanlashga majbur bo‘ladigan holatga keltirishlari qabul qilinishi mumkin emasligini ta’kidladi.

Bizga shunchaki o‘sish emas, balki inklyuziv iqtisodiy o‘sish kerak — Timur Ishmetov
29 oktabr 2021, 17:56

Bizga shunchaki o‘sish emas, balki inklyuziv iqtisodiy o‘sish kerak — Timur Ishmetov

O‘tgan yillardagi iqtisodiy o‘sish «aholining juda kichik qismini xursand qildi», chunki o‘sish inklyuziv emas edi, dedi moliya vaziri Timur Ishmetov. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat unumdorlik, samaradorlik ustida ishlashi, raqobat muhitini yaratishi va yoshlar biznes talablariga javob beradigan asosiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun inson kapitaliga sarmoya kiritishi kerak.

«O‘zbekneftgaz» Jizzakh Petroleum kompaniyasi ta’sischilari safidan chiqdi
29 oktabr 2021, 16:25

«O‘zbekneftgaz» Jizzakh Petroleum kompaniyasi ta’sischilari safidan chiqdi

«O‘zbekneftgaz» Jizzakh Petroleum kompaniyasi ta’sischilari safidan butunlay chiqdi. Bungacha qo‘shma korxonaning 49 foiz ulushi «O‘zbekneftgaz»ga tegishli edi.

O‘zbekistonliklarning issiqlik energiyasidan 2 trln so‘mdan ortiq qarzi mavjud
29 oktabr 2021, 16:13

O‘zbekistonliklarning issiqlik energiyasidan 2 trln so‘mdan ortiq qarzi mavjud

O‘zbekiston aholisi issiqlik energiyasi uchun 2 trln so‘mdan ortiq pul to‘lamagan, natijada isitish korxonalari gaz, elektr va sovuq suvdan 2,5 trln so‘m qarzdor bo‘lib qolgan. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunovning ta’kidlashicha, kelgusida barcha loyihalarda yetkazib berilayotgan issiqlik haroratiga qarab narxni hisoblaydigan elektron hisoblagichlar o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Zarafshon daryosiga zaxarli moddalar oqizilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
29 oktabr 2021, 15:33

Zarafshon daryosiga zaxarli moddalar oqizilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Baliqlarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan sanoat chiqindilarining «Navoiyazot» korxonasi qudug‘idan Zarafshon daryosiga tashlangani yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Maktab o‘quvchilari 4 noyabrdan ta’tilga chiqadi
29 oktabr 2021, 15:18

Maktab o‘quvchilari 4 noyabrdan ta’tilga chiqadi

Respublika maktablarida 4 noyabrdan 10 noyabrgacha kuzgi ta’til e’lon qilindi.

“Uniwork” platformasi Rossiyada yaxshi ish topishga yordam beradi
29 oktabr 2021, 15:00

“Uniwork” platformasi Rossiyada yaxshi ish topishga yordam beradi

“Unistream” banki MDH davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlariga Rossiyada tezda qulay ish topishga yordam beradigan platformani ishga tushirdi.

«„Tolibon“ voqelikni yaxshi anglamoqda va ijobiy qadamlar qo‘yishga tayyor» — O‘zbekiston TIV rahbari
29 oktabr 2021, 14:31

«„Tolibon“ voqelikni yaxshi anglamoqda va ijobiy qadamlar qo‘yishga tayyor» — O‘zbekiston TIV rahbari

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan uchrashuvlari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar voqelikni to‘liq anglamoqda, yangi hukumat xalqaro hamjamiyatga qo‘shilishni istaydi va «ba’zi ijobiy qadamlar» qo‘yishga tayyor. Masalan, uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasining Kobuldagi tashrifidan so‘ng chegaraga tutash Balh provinsiyasida ertasi kuni barcha qizlar maktabga chiqqan.

O‘zbekistonliklar uchun ro‘yxatdan o‘tmasdan Rossiyada bo‘lib turish muddati uzaytirilishi mumkin
29 oktabr 2021, 14:26

O‘zbekistonliklar uchun ro‘yxatdan o‘tmasdan Rossiyada bo‘lib turish muddati uzaytirilishi mumkin

O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lib turish muddati 7 kundan 15 kunga uzaytirilishi mumkin. IIV RFda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni murakkabligi sababli mehnat muhojirlari qiyinchiliklarga uchrayotganini ma’lum qildi.

MSK Shavkat Mirziyoyevni saylangan prezident deb e’lon qildi
29 oktabr 2021, 12:43

MSK Shavkat Mirziyoyevni saylangan prezident deb e’lon qildi

Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Mirziyoyevni prezident saylovi g‘olibi deb e’lon qildi. U ikkinchi muddatga qayta saylandi va deyarli 13 mln ovoz (80,12%) to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni esa 6,63% ovoz bilan Maqsuda Vorisova egalladi.

Boks. Jahon chempionatining to‘rtinchi kungi natijalari
29 oktabr 2021, 12:30

Boks. Jahon chempionatining to‘rtinchi kungi natijalari

Serbiyada boks bo‘yicha jahon chempionatida yana uch nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etdi. Lazizbek Mullajonov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev raqiblarini ishonchli mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Mirazizbek Mirzaxalilov turnirni tark etdi.

Dam olish kunlari havo harorati pasayadi
29 oktabr 2021, 12:23

Dam olish kunlari havo harorati pasayadi

O‘zbekistonda juma kuni bulutli va yog‘ingarchiliksiz sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Dam olish kunlari havo harorati kechasi 0…+3 darajagacha pasayishi va ba’zi hududlarda yog‘incharchiliklar bo‘lishi mumkin.

BRM obligatsiyalari — mamlakatning barqaror rivojlanishiga qo‘shilgan hissa
29 oktabr 2021, 12:14

BRM obligatsiyalari — mamlakatning barqaror rivojlanishiga qo‘shilgan hissa

O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun salmoqli hajmdagi moliyalashtirish talab etiladi va so‘nggi ikki yil ichida ushbu ko‘rsatkich COVID-19 sababli yanada oshdi. O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan BRM obligatsiyalari barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishga qay tarzda yordam bera olishi haqida BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimoska maqolasida.

Termizda agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi
29 oktabr 2021, 11:17

Termizda agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi

Prezident qarori bilan Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi.

Facebook o‘z nomini Meta`ga o‘zgartiradi va «metaolam» quradi
29 oktabr 2021, 10:46

Facebook o‘z nomini Meta`ga o‘zgartiradi va «metaolam» quradi

Facebook o‘zining nomini Meta`ga o‘zgartirganini va odamlar muloqot qilishi, jamoalar yaratishi va biznesni rivojlantirishi mumkin bo‘lgan «metaolam» qurish haqidagi rejalarini e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting