Belgradda (Serbiya) boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatining to‘rtinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi safida uch nafar bokschi ishtirok etdi.

Ringga birinchi bo‘lib amerikalik Jamal Xarviga qarshi Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) chiqdi. Hakamlar qaroriga ko‘ra, teng kurashlar ostida kechgan bahsda g‘alaba AQSh vakiliga nasib etdi — 3:2.

Shu kuni Lazizbek Mullajonov (+92 kg) ham o‘z jangini o‘tkazdi, uning raqibi eronlik bokschi Puria Amiri bo‘ldi. Harbiylar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston vakili yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi — 5:0. Keyingi bosqichda u angliyalik Delishis Orega qarshi jang qiladi.

To‘rtinchi kunning kechki dasturida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) ham ringga ko‘tarildi va falastinlik Ahmad Hararga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 5:0. O‘zbekistonlik bokschi navbatdagi jangini Moldova va Yaponiya vakillari juftligi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.

5-kun taqvimi

-52 kg: Shahobiddin Zoirov — Tamir Galanov (Serbiya);

-92 kg: Madiyor Saidraximov — Vladislav Smaxlikau (Bolgariya);

-60 kg: Abdumalik Xoliqov — Jasin Lama (Makedoniya);

-71 kg: Shahram G‘iyosov — Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston).