AQSh Oliy sudi Trampning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat berdi
4 mart 2024, 23:45

AQSh Oliy sudi Trampning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat berdi

AQSh Oliy sudi Donald Tramp prezidentlikka nomzodini qo‘yish huquqiga ega ekani haqida qaror chiqardi. Avvalroq Kolorado sudyalari Trampga Kapitoliyga bostirib kirganlik ishi bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar tufayli uni saylov byulleteniga kiritishni taqiqlagan edi.

Shahboz Sharif Pokistonning yangi bosh vaziri bo‘ldi
4 mart 2024, 23:23

Shahboz Sharif Pokistonning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Hukumat sobiq rahbari Navaz Sharifning ukasi Shahboz Sharif Pokistonning yangi bosh vaziri etib saylandi. Uning nomzodi sakkiz partiyadan iborat koalitsiya tomonidan ilgari surilgandi.

Toshkentda O‘zbekistonning muvaffaqiyatli ayollariga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tdi
4 mart 2024, 22:58

Toshkentda O‘zbekistonning muvaffaqiyatli ayollariga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonning 17 nafar muvaffaqiyatli ayoli haqidagi fotoko‘rgazma Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan mahalliy Teplo brendlari do‘konini ochib berdi. Qahramonlar barcha ayollar uchun ovozli tilaklar va xayrlashuv so‘zlarini yozib qoldirdi.

Navoiy nomidagi DAKTda 22−24-mart kunlari ochiq eshiklar kuni bo‘ladi
4 mart 2024, 22:24

Navoiy nomidagi DAKTda 22−24-mart kunlari ochiq eshiklar kuni bo‘ladi

Navro‘z bayrami va Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida 22−24-mart kunlari ochiq eshiklar kuni bo‘ladi, kirish bepul. Tomoshabinlar italyan musiqasi kechasiga tashrif buyurishi va opera tinglashi mumkin.

Prezident 28 nafar xotin-qizni “Zulfiya” mukofoti bilan taqdirladi
4 mart 2024, 22:13

Prezident 28 nafar xotin-qizni “Zulfiya” mukofoti bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan davlat va jamiyat hayotida faol bo‘lgan 28 nafar xotin-qizni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

O‘zbekiston Freedom House erkinlik reytingida yana 12 ball to‘pladi
4 mart 2024, 20:53

O‘zbekiston Freedom House erkinlik reytingida yana 12 ball to‘pladi

Freedom House`ning yangi erkinlik reytingida O‘zbekiston 100 balldan 12 ball to‘pladi — mamlakat hali ham “erkin emas” maqomida. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham shu toifada qolmoqda. Finlyandiya eng yuqori o‘rinni oldi.

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli 5 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi
4 mart 2024, 20:12

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli 5 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Chexiyada o‘tkazilayotgan superturnirda uchta g‘alaba qayd etganidan so‘ng onlayn reytingda dunyoning eng kuchli besh shaxmatchisidan biriga aylandi.

Yakshanba kuni yanada kamroq AGTKSHlar faoliyat yuritdi, elektr energiyasi cheklovlari oshdi
4 mart 2024, 19:19

Yakshanba kuni yanada kamroq AGTKSHlar faoliyat yuritdi, elektr energiyasi cheklovlari oshdi

O‘zbekistonda 3-mart kuni ish faoliyatidagi AGTKSHlar soni kamaydi. Elektr ta’minoti cheklovlari 960 MVtga yetdi. Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, benzin va dizel yoqilg‘isi talabga mos hajmda yetkazib berilmoqda.

Xorazmda mahsulotlarga bojxona to‘lovlari to‘lanmaydigan “O‘zbekiston-Turkmaniston” erkin savdo zonasi yaratiladi
4 mart 2024, 18:35

Xorazmda mahsulotlarga bojxona to‘lovlari to‘lanmaydigan “O‘zbekiston-Turkmaniston” erkin savdo zonasi yaratiladi

Prezident qarori bilan Shovot tumanida 3,1 gektar yerda “O‘zbekiston-Turkmaniston” savdo zonasi tashkil qilinadi. Unda faqat 2 mamlakat mahsulotlari sotiladi. Mahsulotlarni kiritishda bojxona to‘lovi to‘lanmaydi. Turkmaniston orqali keluvchi chet elliklar vizasiz, pasport bilan 15 kun hududda bo‘lishi mumkin.

Sug‘urta polislarini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi
4 mart 2024, 17:51

Sug‘urta polislarini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi

O‘zbekistonda 1-sentabrdan barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini faqat qog‘oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Sug‘urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘ladi.

Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkentdan Pragaga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi
4 mart 2024, 16:38

Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkentdan Pragaga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Apreldan Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkent-Praga yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Reyslar haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi. Bu yo‘nalishdagi parvoz oxirgi marta 2014-yilda amalga oshirilgandi.

“Mingdan ziyod o‘zbeklar qamoqxonada o‘tiribdi”. AQShga noqonuniy yo‘l bilan borib, deportatsiya qilinganlar boshdan kechirganlari haqida
4 mart 2024, 15:47

“Mingdan ziyod o‘zbeklar qamoqxonada o‘tiribdi”. AQShga noqonuniy yo‘l bilan borib, deportatsiya qilinganlar boshdan kechirganlari haqida

AQShga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan 74 nafar O‘zbekiston fuqarosi 3-mart kuni vatanga qaytarilgandi. Ulardan ba’zilari yo‘l va qamoqxonalardagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berishdi.

Olmaota yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi, aholi vahima sabab ko‘chaga chiqdi
4 mart 2024, 15:32

Olmaota yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi, aholi vahima sabab ko‘chaga chiqdi

Olmaota yaqinida 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi, shaharda zilzila kuchi 5 ballni tashkil etdi. Metro faoliyati to‘xtatildi, politsiya kuchaytirilgan ish tartibiga o‘tkazildi. Ko‘plab shaharliklar vahima ichida ko‘chaga chiqdi.

AQSh elchixonasi Amerikaga noqonuniy ravishda borganlarni deportatsiya qilish davom etishini bildirdi
4 mart 2024, 13:14

AQSh elchixonasi Amerikaga noqonuniy ravishda borganlarni deportatsiya qilish davom etishini bildirdi

AQShning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Qo‘shma Shtatlarga xavfsiz va qonuniy yo‘llar orqali safar qilishga chaqirdi. Elchixona Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaganlarni deportatsiya qilish ishlari davom ettirilishini bildirgan.

Yangiyo‘l tumanida er-xotin is gazidan vafot etdi
4 mart 2024, 12:19

Yangiyo‘l tumanida er-xotin is gazidan vafot etdi

3-mart kuni ertalab Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi erkak va uning turmush o‘rtog‘i o‘z xonadoni yotoqxonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etdi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga kadar tekshiruv ketmoqda.

Qashqadaryoda kuchsiz zilzila qayd etildi
4 mart 2024, 11:45

Qashqadaryoda kuchsiz zilzila qayd etildi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi.

Daniyar Kamilovning kompaniyasi Chinoz neftni qayta ishlash zavodi egasiga aylandi
4 mart 2024, 11:42

Daniyar Kamilovning kompaniyasi Chinoz neftni qayta ishlash zavodi egasiga aylandi

Sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning o‘g‘li Daniyar Kamilovning kompaniyasi Chinoz neftni qayta ishlash zavodi egasiga aylandi. Avvalroq UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i “O‘zbekneftgaz”dan ushbu kompaniya tarkibiga o‘tkazilgan edi.

Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
4 mart 2024, 11:29

Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi

O‘zbekistonda hafta davomida harorat jadal ravishda ko‘tarilib boradi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechalari −2…+5, kunduz kunlari +4…+18 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 8-martda ba’zi joylarda shamol kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

MSK rahbari AQShda prezidentlik saylovlari bo‘yicha praymeriz kuzatuvida ishtirok etmoqda (+foto)
4 mart 2024, 11:09

MSK rahbari AQShda prezidentlik saylovlari bo‘yicha praymeriz kuzatuvida ishtirok etmoqda (+foto)

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev va komissiya vakillari AQShda prezidentlik praymerizlarida ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni bilan tanishish maqsadida Kaliforniya shtatida bo‘ldi. Tashrif davomida ular AQShda qo‘llaniladigan zamonaviy saylov texnologiyalarini ham o‘rganadilar.

Toshkentda o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonliklar 6 ta medal oldi. Sovrindorlar haqida nimalar ma’lum?
4 mart 2024, 11:03

Toshkentda o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonliklar 6 ta medal oldi. Sovrindorlar haqida nimalar ma’lum?

Toshkentda o‘tgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonliklar avvalgiga qaraganda kattaroq natijaga erishdi. Ular 6 ta medal olib, Fransiya va Yaponiyadan keyin umumhisobda 3-o‘rinda bo‘ldi. Doston Ro‘ziyev va Muzaffarbek To‘raboyev oltin medal oldi, Davlat Bobonov bronza bilan turnirni yakunladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting