1−3-mart kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha xalqaro “Katta dubulg‘a” turniri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 6 ta medalga sazovor bo‘ldi. Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, dunyoning 68 mamlakatidan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirokida kechgan musobaqada o‘zbekistonliklar Fransiya va Yaponiyadan keyin umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Fevral oyida Boku shahrida o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar: Diyora Keldiyorova oltin, Halima Qurbonova va Doston Ro‘ziyev bronza medalni qo‘lga kiritgandi. Bu safar ulardan faqat Doston Ro‘ziyev yana medalga ega chiqdi.

Toshkentdagi musobaqada ishtirok etgan sovrindorlar:

Oltin medal:

-60 kg: Doston Ro‘ziyev
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev

Muzaffarbek To‘raboyev 2022-yil Toshkentda o‘tgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida 1-o‘rinni egallab, chempionlikni qo‘lga kiritgandi. 2023-yil Vengriyada o‘tgan Masters turnirida o‘zbekistonlik dzyudochi yana g‘olib bo‘lgandi. Bundan tashqari, Doston Ro‘ziyev olgan oltin medal jahon va Parij-2024 reytingi uchun 1000 ochko taqdim qildi.

dzyudo, катta dubulg‘a, моқ, sport, тошкент

dzyudo, катta dubulg‘a, моқ, sport, тошкент

Kumush medal:

-52 kg: Gulhayo Jo‘rayeva.

Jahon reytingida 59-pog‘onada kelayotgan Jo‘rayeva yarim finalda 6-o‘rinda turgan Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori, buyuk britaniyalik Chelsi Jaylsdan ustun keldi. Garchi u hal qiluvchi bahsda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining finalchisi, dunyo birinchiligining ko‘p karra sovrindori, jahon reytingida 3-o‘rinda turgan fransiyalik Amandin Busharga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa ham muxlis va mutaxassislar o‘zlari uchun yangi iste’dodni kashf etishdi.

Ma’lumot uchun, Gulhayo Jo‘rayeva bundan avval o‘z kuchini sambo sport turida ham sinab ko‘rgan. U Gretsiyada sambo bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalga ega chiqqan.

dzyudo, катta dubulg‘a, моқ, sport, тошкент

Bronza medal:

-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Obidxon No‘monov
-90 kg: Davlat Bobonov

dzyudo, катta dubulg‘a, моқ, sport, тошкент

dzyudo, катta dubulg‘a, моқ, sport, тошкент

dzyudo, катta dubulg‘a, моқ, sport, тошкент

Eslatib o‘tamiz, Davlat Bobonovning “Katta dubulg‘a” musobaqasidagi medallari to‘qqiztaga yetdi. U 2022-yilda Toshkentda o‘tgan musobaqada dzyudo bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgandi. Shahram Ahadov esa ushbu turnirda beshinchi bor sovrindor bo‘lmoqda.

Bronza medali uchun bahsda jarohat olgan Obidxon No‘monov taqdirlash marosimida ishtirok eta olmadi. Sababi, qozog‘istonlik Daniyar Shamshayev bellashuvda taqiqlangan usulni qo‘llagani uchun hamyurtimiz bronza medali bilan taqdirlanadigan bo‘ldi. Shu tariqa, No‘monov va Ahadov o‘z hisoblariga jahon va Parij-2024 reytingi uchun 500 ochkoni qo‘shib qo‘yishdi.

Musobaqa fotolari:

Doston Ro‘ziyev

Muzaffarbek To‘raboyev

Gulhayo Jo‘rayeva

Shahram Ahadov

Obidxon No‘monov

Davlat Bobonov