Shavkat Mirziyoyev qarori bilan “a'lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun” bir qator xotin-qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Qaror bilan quyidagilar mukofotlandi:

  • Xudaybergenova Gulshinar Jangabayevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi;
  • Kokanova Nursuliu Jenisbay qizi — Qoraqalpoq davlat universitetining chet tillari fakulteti filologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi;
  • Suleymanova O‘g‘ilxon Abdurazok qizi — O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Andijon viloyati bo‘limi artist-maqomchisi;
  • Jonibekova Xusniyobonu Ergashvoy qizi — Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani “Gara guri” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi;
  • Pulatova Mohichexra Temirovna — Buxoro davlat universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti;
  • To‘xtamishova Gulnora Mels qizi — Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 2-kasb-hunar maktabining informatika fani o‘qituvchisi;
  • Chilmurzayeva Maftuna Abdumannon qizi — O‘zbekiston Milliy universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchisi (Jizzax viloyati);
  • Xojiboqiyeva Niginaxon O‘tkir qizi — O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali psixologiya fakulteti iqtisodiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
  • Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi — Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati);
  • Mirzayorova Sevara Ubaydullayevna — Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sanoat issiqlik energetikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti;
  • Eshpo‘latova Mohira O‘tkirjon qizi -Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi (Navoiy viloyati);
  • Omonboyeva Meruyert Erkin qizi — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Qosimqaji-Meruyert” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
  • Xakimova Dilshoda Oybek qizi — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);
  • Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi — Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 6-bosqich talabasi (Namangan viloyati);
  • Savadyan Vilana Arsenovna — Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi, badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Yunusova Nargiza Tuychimurod qizi — Samarqand viloyati Tayloq tumani “Qo‘shchinor” gazetasi muxbiri;
  • Akramova Sarvinoz Abduvohid qizi — Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati);
  • Irisqulova Kamola Normat qizi — Toshkent davlat transport universitetining avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti (Sirdaryo viloyati);
  • Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati);
  • Suyunova Shamsiqamar Iskandarovna — Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi;
  • Tursunboyeva Fotima Botir qizi — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera ijrochisi (Toshkent viloyati);
  • Xaqnazarova Umida Ural qizi — Toshkent davlat agrar universitetining ipakchilik mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqich magistranti;
  • Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi — Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish bo‘yicha sportchisi;
  • Yo‘ldasheva Muxayyoxon Alisher qizi — Farg‘ona politexnika institutining qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi;
  • Shomurotova Zulfiya Akmaljon qizi — Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
  • Sapayeva Risolat Rustam qizi — O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali xoreografiya fakulteti 2-bosqich talabasi;
  • Tosheva Marjana Rustam qizi — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining vokal va cholg‘u ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash kafedrasi o‘qituvchisi;
  • Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna — O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya san’ati fakulteti 1-bosqich talabasi.