4-mart kuni Qashqadaryo viloyatida 2−3 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Soat 11:29 da yuz bergan yer silkinishining epitsentri Mirishkor tumani bo‘lib, zilzila koordinatalari 38,78 gradus shimoliy kenglik, 64,94 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=4,6. Chuqurlik 8 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 567 km janubi-sharqda.

Eslatib o‘tamiz, 3 kun avval Farg‘ona viloyati Quva tumanida zilzila sodir bo‘lgandi. Uning kuchi 3 ballni tashkil etgan. Yer silkinishi Andijon viloyatining ayrim tumanlarida ham sezilgan.