Navro‘z bayrami va Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida 22, 23, 24-mart kunlari ochiq eshiklar kuni deb e’lon qilindi.

Teatrga kirish barcha uchun bepul bo‘ladi.

Ochiq eshiklar kuni dasturidan quyidagilar o‘rin olgan:

  • 22-mart — “Uch tenor” italyan musiqasi kechasi;
  • 23-mart — Juzeppe Verdining “Aida” operasi;
  • 24-mart — Rustam Abdullayevning “Sadoqat” operasi.

Spektakllar 18:00 da boshlanadi. Tomoshabinlar teatrga navbat bilan kiritiladi.