Samarqand va Namanganda ichki ishlar xodimlari fuqarolarni qasddan aybdor qilishga uringani aytilmoqda
23 may 2022, 10:14

Samarqand va Namanganda ichki ishlar xodimlari fuqarolarni qasddan aybdor qilishga uringani aytilmoqda

Samarqand va Namangan viloyatlarida ichki ishlar xodimlari fuqarolarni qasddan aybdor qilishga uringani aytilmoqda, buning isboti esa video lavhalarda aks etgan. Samarqandda ichki ishlar xodimi ayol kishini prokuratura binosidan chiqarishga urinayotganida o‘z qo‘li bilan xizmat kiyimidagi pogonini yulib tashlagan, buning uchun esa sud ayolni aybdor deb topgan. «Ezgulik» jamiyati tergov va sud ishi qonunga zid olib borilganini aytmoqda. Namangandagi holatda esa YPX xodimi haydovchi bilan tortishib, unga boshi bilan zarba bergan, inspektorga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Sergeli bilan bog‘lovchi yangi yo‘ldagi devorlarning ayrimlari qulab tushdi
23 may 2022, 10:04

Sergeli bilan bog‘lovchi yangi yo‘ldagi devorlarning ayrimlari qulab tushdi

May oyi boshida ochilgan Sergeli tumanini Toshkent markazi bilan bog‘lovchi yangi yo‘ldagi ayrim devorlar kuchli shamol oqibatida qulab tushdi. Hokimiyat pudratchi devorlarni mustahkam o‘rnatmagani va u hozirda devorlarni qayta ta’mirlayotganini ma’lum qildi.

Angren shahriga yangi hokim tayinlandi
23 may 2022, 09:50

Angren shahriga yangi hokim tayinlandi

Alisher Rayimov Angren shahri hokimi etib tayinlandi.

Qochqinlarning soni ilk bor 100 mlndan oshdi — BMT
23 may 2022, 09:38

Qochqinlarning soni ilk bor 100 mlndan oshdi — BMT

Dunyoda qochqinlar va ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni rekord darajani qayd etib, 100 mln kishiga yetdi. Bunga sabab — Efiopiya, Burkina-Faso, Myanma, Nigeriya, Afg‘oniston va Kongoda uzoq davom etgan harbiy mojarolardir. 2022 yilda ularning qatoriga Ukrainadagi urush ham qo‘shildi, buning oqibatida 6 mln kishi mamlakatni tark etdi, ichki ko‘chishlar soni esa 8 mlnga yetdi.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi avariyada 9 kishi halok bo‘ldi
21 may 2022, 18:31

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi avariyada 9 kishi halok bo‘ldi

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida yirik YTH sodir bo‘ldi. Buldozer ortilgan avtotreyler haydovchisi chegara o‘tkazish punktida turgan 12 ta avtomobilga borib urildi. IIV 9 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Oliy ta’lim vazirligi tizimidagi muassasalarda 11,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi
21 may 2022, 18:13

Oliy ta’lim vazirligi tizimidagi muassasalarda 11,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi 73 ta muassasada 3 oy ichida 11,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Qolaversa, ortiqcha ish haqi va boshqalarga 912,2 mln so‘m sarflangani, 3 ta tashkilotda aniqlangan 259 mln so‘mlik xatoda esa jinoyat alomati mavjudligi aniqlandi. Natijada 4 nafar mansabdor ishdan olindi, 31 nafari intizomiy jazoga, 1 nafari esa jarimaga tortildi.

Dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchilarga kredit va soliq imtiyozlari berildi
21 may 2022, 15:37

Dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchilarga kredit va soliq imtiyozlari berildi

Prezident farmoni bilan dorivor o‘simliklarni ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi oilaviy tadbirkorlar va kichik biznes subyektlari uchun soliq va kredit imtiyozlari berildi. Besh yilda 36 ming gektarda dorivor o‘simliklarning yangi plantatsiyalari yaratiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar esa 2025 yilgacha bojxona bojidan ozod qilindi, QQSni kechiktirib to‘lashga ruxsat etilib, tashish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplanishi belgilandi.

DXX Sirdaryoda yana ikkita noqonuniy mayning-ferma faoliyatiga chek qo‘ydi
21 may 2022, 14:12

DXX Sirdaryoda yana ikkita noqonuniy mayning-ferma faoliyatiga chek qo‘ydi

DXX Guliston shahrida ikkita noqonuniy mayning-ferma faoliyatiga chek qo‘ydi, birinchi holatda fuqaro 19 dona mayning qurilmasini o‘rnatgani aniqlandi. Ikkinchi holatda esa toshkentlik fuqaro 148 dona mayning qurilmasi yordamida fevraldan beri 40 ming dollarga teng kriptovalyuta ishlab chiqargani aytilmoqda. Ular elektr energiyadan noqonuniy foydalanib, davlatga 660 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodi taklif etildi
21 may 2022, 12:27

AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodi taklif etildi

Prezident Jo Bayden AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodini ilgari surdi. 2019 yildan buyon ushbu lavozimni Deniyel Rozenblyum egallab kelmoqda.

O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova shifoxonada davolanmoqda
21 may 2022, 11:46

O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova shifoxonada davolanmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston qahramoni, farg‘onalik fermer Lola Murotova vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. «Gazeta.uz» ga Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati «xabarlar asossiz» ekanligi va Lola Murotova shifoxonada davolanayotgani, uning ahvoli «stabil og‘ir holatda» ligini ma’lum qildi.

Andijonda o‘ziga tegishli bo‘lmagan yerni $9 mingga sotishga uringan shaxs ushlandi
21 may 2022, 10:54

Andijonda o‘ziga tegishli bo‘lmagan yerni $9 mingga sotishga uringan shaxs ushlandi

Andijon viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘ziga tegishli bo‘lmagan 3,5 sotix yer maydonini 9 ming dollarga sotishga uringan shaxsni qo‘lga oldi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 28 may kuni chaqiriladi
21 may 2022, 10:44

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 28 may kuni chaqiriladi

Senatning 26-yalpi majlisi 28 may kuni bo‘lib o‘tadi. Unda senatorlar «Davlat fuqarolik xizmati» va «Davlat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini kompensatsiya to‘lash sharti bilan olib qo‘yish tartibi to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlarni ko‘rib chiqadi. Qolaversa, Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan ikkita parlament so‘rovi natijalari muhokama qilinadi.

O‘zbekistonga konfet va shokolad ko‘rinishidagi narkotikni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
21 may 2022, 10:22

O‘zbekistonga konfet va shokolad ko‘rinishidagi narkotikni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Nyu-Yorkdan Toshkentga uchib kelgan yo‘lovchi o‘zi bilan tarkibida kannabis moyi bo‘lgan 18 ta qadoqda saqich, 2 quti konfet va 10 dona shokoladni olib kirishga urindi. Uning yonidan yana 1,2 gr «marixuana» ham topildi. Gumondor moddalardan davolanishda foydalanishini va bu taqiqlanganini bilmasligini aytdi. Bojxona qo‘mitasi «bilmasligi uni javobgarlikdan ozod etmasligini» qayd etdi.

O‘zbekistonda «Yevro-6» dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
21 may 2022, 10:14

O‘zbekistonda «Yevro-6» dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida O‘zbekistonda ilk bor «Yevro-6» toifasidagi dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Nima tayyorlaymiz: turli xil kekslar
21 may 2022, 10:09

Nima tayyorlaymiz: turli xil kekslar

Keks-chizkeyk, limonli va vanilli, bananli hamda shokoladli keks, «zebra» keksi, qaynagan suv qo‘shib tayyorlanadigan shokoladli keks — Zira.uz mazali kekslar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

20 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 may 2022, 22:00

20 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

1 iyundan oylik maoshlar oshirilishi, ishdan olingan «O‘zmedimpeks» direktori, 1 sentabrdan o‘quvchilar uchun yagona maktab formasiga o‘tilishi, 2030 yilda YAIM $160 mlrdni tashkil etishiga ishontirayotgan Jamshid Qo‘chqorov, $745 mlnga ko‘paygan O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, Umar Xayyom haqida film olishni rejalashtirayotgan eronlik rejissyor va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 20 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

1 iyundan oylik ish haqlari oshiriladi
20 may 2022, 20:27

1 iyundan oylik ish haqlari oshiriladi

1 iyundan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 12 foizga oshiriladi. Mehnatga haq to‘lashning eng kam va bazaviy hisoblashning yangi miqdorlari belgilanmoqda.

Ijtimoiy sug‘urta tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda
20 may 2022, 19:09

Ijtimoiy sug‘urta tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 2022−2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasini tasdiqlash kutilmoqda. Unga ko‘ra, fuqarolarni baxtsiz hodisa, ish o‘rinlari qisqarishi va boshqa hollarda daromadsiz qolishdan himoyalash maqsadida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi. Shuningdek, 6 oy davomida uzliksiz ishlagan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasining bir qismini davlat, qolganini esa ish beruvchi to‘lab berishi reja qilinayapti.

Yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy foydalanish huquqida yer uchastkalarini xususiylashtirish boshlandi
20 may 2022, 19:00

Yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy foydalanish huquqida yer uchastkalarini xususiylashtirish boshlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini xususiylashtirish boshlanganini ma’lum qildi. Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

«Samarqand darvoza» savdo majmuasi oldidagi chorraha va ko‘chalar ta’mirlanadi
20 may 2022, 17:21

«Samarqand darvoza» savdo majmuasi oldidagi chorraha va ko‘chalar ta’mirlanadi

Shanba kunidan Toshkent shahridagi Samarqand darvoza, Ko‘kcha darvoza va Qoratosh ko‘chalarida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Hokimiyat bu vaqtda yo‘llar yopilmasligi, balki transport harakati qisman cheklanishini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting