Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashdi
27 aprel 2020, 19:12

Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashdi

29 aprel kunidan boshlab Ai-92 markali benzin narxi 5500 so‘m qilib belgilandi.

Koronavirusdan tuzalganlar soni 900 kishiga yaqinlashdi
27 aprel 2020, 18:40

Koronavirusdan tuzalganlar soni 900 kishiga yaqinlashdi

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor to‘liq sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 892 kishiga yetdi.

Qoraqalpog‘istonda 21 nafar koronavirus bemori tuzaldi
27 aprel 2020, 17:47

Qoraqalpog‘istonda 21 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘ylab jami 880 kishi koronavirusdan tuzaldi.

Startaplar to‘g‘risida qonun qabul qilinadi
27 aprel 2020, 16:51

Startaplar to‘g‘risida qonun qabul qilinadi

O‘zbekistonda startaplar to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. Qonun loyihasiga ko‘ra, startaplar xodimlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi. Startap kompaniyalar yer solig‘i, foyda solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va boshqa soliq to‘lovlaridan ozod etiladi. Qonun doirasida xorij fuqarolariga Startap vizalar berilishi ham rejalashtirilgan.

COVID-19: Toshkentda 16 nafar, Xorazmda 33 nafar bemor to‘liq sog‘aydi
27 aprel 2020, 16:28

COVID-19: Toshkentda 16 nafar, Xorazmda 33 nafar bemor to‘liq sog‘aydi

Toshkentdagi ikkita klinikada 16 nafar, Xorazmda esa 33 nafar koronavirus bemori infeksiyadan to‘liq xalos bo‘ldi. O‘zbekiston bo‘yicha tuzalganlar soni 859 kishiga yetdi.

Valeriy Tyan yangi lavozimga tayinlandi
27 aprel 2020, 15:39

Valeriy Tyan yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston havo yo‘llarining sobiq bosh direktori Vazirlar mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan barcha bemorlar to‘liq sog‘aydi
27 aprel 2020, 15:08

Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan barcha bemorlar to‘liq sog‘aydi

Namangan viloyatida 4 nafar, Jizzax viloyatida esa 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi. Mamlakat bo‘yicha sog‘aygan bemorlar soni 810 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon 131,6 ming kishiga ko‘paydi
27 aprel 2020, 14:24

O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon 131,6 ming kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni yanvar-mart oylarida 131,6 ming kishiga yoki 0,4 foizga ko‘payib, 34,03 mln kishini tashkil etdi.

Dunyo bo‘ylab harbiy xarajatlar qariyb 2 trln dollarga yetdi
27 aprel 2020, 14:18

Dunyo bo‘ylab harbiy xarajatlar qariyb 2 trln dollarga yetdi

Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqot Institutining (SIPRI) hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili dunyo bo‘ylab davlatlar harbiy sohaga 1,9 trln dollar sarflashgan, bu ko‘rsatgich 2018 yilga nisbatan 3,6 foizga o‘sgan. 2019 yilda xarajatlarning 62 foizini tashkil etgan beshta eng katta sarflovchilar AQSH, Xitoy, Hindiston, Rossiya va Saudiya Arabistoni.

Uy sharoitida karantinda saqlash tartiblari belgilandi
27 aprel 2020, 14:16

Uy sharoitida karantinda saqlash tartiblari belgilandi

Hukumat qarori bilan uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash bo‘yicha vaqtinchalik tartiblar belgilandi. Unga ko‘ra, koronavirus aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlar ro‘yxati shakllantiriladi va ular 14 kun davomida uyda yashovchi barcha shaxslar bilan birga karantinga olinadi. Karantin muddati davomida uylarni tark etishlari qat’iyan man etiladi.

Hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
27 aprel 2020, 13:33

Hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

28 va 29 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Chorshanba kuni havo harorati +20…+25 darajagacha tushadi. 30 apreldan yog‘ingarchiliksiz ob-havo o‘rnatiladi va dam olish kunlariga qadar davom etadi.

Koronavirusdan tuzalganlar soni 800 kishidan oshdi
27 aprel 2020, 13:21

Koronavirusdan tuzalganlar soni 800 kishidan oshdi

Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 15 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab tuzalganlar soni 804 kishiga yetdi.

Karantinda saqlash majmuasini boshqarish maxsus markazi tashkil etiladi
27 aprel 2020, 13:20

Karantinda saqlash majmuasini boshqarish maxsus markazi tashkil etiladi

Toshkent hokimligi huzurida Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuani boshqarish bo‘yicha maxsus markaz tashkil etiladi.

Turizm xizmatlarini ko‘rsatish sertifikatlari muddati 6 oyga uzaytiriladi
27 aprel 2020, 13:14

Turizm xizmatlarini ko‘rsatish sertifikatlari muddati 6 oyga uzaytiriladi

2020 yilda amal qilish muddati tugaydigan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomalar, muvofiqlikni baholash doirasida rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari va qiyoslash sertifikatlari ularning amal qilish muddati tugagan kundan boshlab 6 oyga uzaytiriladi.

Qozog‘istonda favqulodda holat 11 maygacha uzaytirildi
27 aprel 2020, 12:07

Qozog‘istonda favqulodda holat 11 maygacha uzaytirildi

Qozog‘iston prezidentining farmoni bilan mamlakatda favqulodda holat rejimi 11 may kuniga qadar uzaytiriladi. Hukumat ikkinchi oy uchun daromadlarini yo‘qotgan fuqarolarga 42 500 tenge miqdorida yordam berishini, 1 maydan poytaxt va Olmaota o‘rtasida aviareyslar tiklanishini hamda bir qator tuman va shaharlarda karantin rejimini yumshatilishini ma’lum qildi.

Yagona elektron chipta sotish tizimi operatori tanlov asosida belgilanishi taklif etildi
27 aprel 2020, 11:50

Yagona elektron chipta sotish tizimi operatori tanlov asosida belgilanishi taklif etildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yagona elektron chipta sotish tizimi operatorini tanlashda yangi davlat ishtirokidagi korxona tashkil etish maqsadga muvofiq emasligini bildirdi. Oldinroq Uzcard yagona elektron chipta sotish tizimi operatori bo‘lishi to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilingan edi.

Janubiy Koreya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi
27 aprel 2020, 10:41

Janubiy Koreya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi

Koreya Respublikasi tomonidan yuborilgan insonparvarlik yordamining birinchi qismi Toshkentga yetib keldi. Unda umumiy qiymati 900 ming dollarga yaqin yuqori texnologik tibbiy uskunalar, avtomat mexanizmli tibbiy karavotlar va PSR diagnostika test tizimlari joy olgan.

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1887 nafarga yetdi
27 aprel 2020, 10:06

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1887 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 18 nafarga ortib, jami 1887 kishini tashkil etmoqda.

Chexiyada sud karantin choralari to‘g‘risidagi qarorni noqonuniy deb topdi
27 aprel 2020, 09:36

Chexiyada sud karantin choralari to‘g‘risidagi qarorni noqonuniy deb topdi

Praga sudi Chexiya Sog‘liqni saqlash vazirligi qarori bilan joriy etilgan koronavirusga qarshi cheklovlarni bekor qildi. Gap fuqarolar harakatlanishi va ish yuritish erkinligini cheklash haqida bormoqda.

Davlat organlarida davlat tilida ish yuritish fuqarolar huquqini poymol qilmaydi — Adliya vazirligi
27 aprel 2020, 09:12

Davlat organlarida davlat tilida ish yuritish fuqarolar huquqini poymol qilmaydi — Adliya vazirligi

Adliya vazirligi davlat organlarida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga amal qilinmaslik uchun jarima taklifi O‘zbekistonda millatlar va elatlar huquqlarini poymol etmasligini ma’lum qildi. Qonun loyihasi tildan foydalanishga nisbatan qandaydir cheklovlarni joriy etmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting