«Samarqand darvoza» savdo-ko‘ngilochar majmuasi yaqinidagi Samarqand darvoza va Qoratosh ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada 21 maydan boshlab avtotransportlar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur chorrahada va unga keluvchi — Samarqand darvoza, Ko‘kcha darvoza, Qoratosh ko‘chalarida bosqichma-bosqich yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Hokimiyatning ishontirishicha, «ish jarayonida yo‘l yopilmaydi, balki ko‘chalarda avtotransport harakati qisman cheklanadi».