22 aprel kuni Andijon viloyati IIB bo‘linmasi hamda Andijon viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorlikda fuqaro O.R.ning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazdi, deya xabar berdi Andijon viloyati IIB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro F.N o‘zga shaxsning Xo‘jaobod tumani Xidirsha MFY hududidagi 3,5 sotixli yer maydonini sotish mumkin emasligini bilsada, O.R.ning nomiga uy-joy qurishga mo‘ljallangan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish va sotishga kelishib olgani aytilmoqda. Buning evaziga esa 9 000 AQSh dollarini Xo‘jaobod tumanida olgan vaqtida qo‘lga olindi, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.