«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda turli xil mazali kekslar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Keks-chizkeyk


«Keks pisharaymi yoki chizkeyk» deb o‘ylanayotgan pazandalarimiz uchun ajoyib yechim. Tvorogli nozik nachinkaga ega shokoladli keks bir piyola choy yoki qahva uchun ajoyib qo‘shimcha bo‘la oladi.

Limonli keks


Limon va vanilning nozik hidlari bilan xushbo‘ylashgan — mazkur keks hech kimni befarq qoldirmasligi aniq. Keksning ustki qismini xohlaganingizcha bezashingiz mumkin, masalan: shakar upasi, yangi yalpiz bargi, bir hovuch yangi yoki muzlatilgan mevalar.

Vanilli keks


Nozik, xushbo‘y, ajoyib ko‘rinishga ega shokolad bo‘lakchali keks sizga yoqishi aniq. Pishish jarayonida keks yaxshigina oshadi, shuning uchun qolipni 2/3 qismidan ko‘p to‘ldirmasligingizni maslahat beramiz.

«Zebra» keksi


Tarkibida smetana qo‘shiladigan «Zebra» keksi — juda mazali, noodatiy va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lib pishadi. Bunday pirog o‘zining ajoyib ko‘rinishi va mazali ta’mi bilan oila a’zolarigiz ko‘nglidan joy olishi aniq.

Qaynagan suv qo‘shib tayyorlanadigan shokoladli keks


Kam miqdordagi masalliqlardan tayyorlanadigan ajoyib va noodatiy shokoladli keks. Siz bilan tayyorlash sirlarini baham ko‘ramiz. Tayyorlanish jarayoni juda oson bo‘lib, hattoki bolalar ham unda qatnashishlari mumkin.

Banan va shokoladli keks


Banan va shokolad — mazali uyg‘unlik. Bu keks ta’mi juda nozik va xushbo‘y bo‘lib, tarkibidagi banan sababli to‘yimli va foydali.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.