Buxoro neftni qayta ishlash zavodida O‘zbekistonda ilk bor «Yevro-6» toifasidagi «ekologik toza va sifatli» dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarila boshlandi, deb xabar berdi «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati.


«Yevro-6» toifasidagi dizel yoqilg‘isi ichki yonuv dvigatellarining atrof muhitga zararini kamaytirishga qaratilgan bo‘lib, tarkibida politiklik aromatik uglevodorodlar massa miqdori esa 4,0% dan ko‘p bo‘lmagani holda, oltingugurt massa miqdori 5 mg/kg (ppm)ni tashkil etadi, deyiladi xabarda.

Zavod o‘z navbatida, O’zDSt 989:2010 «YeVRO Dizel yoqilg‘isi. Texnik shartlar» talablariga javob beruvchi DT-YeVRO-L-III-K5 (EVRO-6) markali dizel yoqilg‘isini seriyali ishlab chiqarish uchun Ts 16472899−044:2021 tashkilotining muvofiqlik sertifikatini olgan.

Ma’lumotda qayd etilishicha, birja savdolari orqali 1150 tonna mazkur dizel realizatsiya qilingan.