Maksim Shatskix «Paxtakor» bosh murabbiyi bo‘ldi
16 iyul 2022, 11:01

Maksim Shatskix «Paxtakor» bosh murabbiyi bo‘ldi

«Paxtakor» futbol klubiga taniqli futbolchi Maksim Shatskix bosh murabbiy etib tayinlandi. Klub bilan tuzilgan shartnoma 3 yilga mo‘ljallangan.

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda ikki o‘zbekistonlik vafot etdi, uch nafari jarohatlandi
16 iyul 2022, 10:56

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda ikki o‘zbekistonlik vafot etdi, uch nafari jarohatlandi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus YTHga uchradi. Ikki nafari vafot etgan, uch nafari shifoxonada. O‘zbekiston FVV jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Qozog‘iston rasmiylari bilan aloqada.

Parlament komissiyasi Qoraqalpog‘istonda tekshiruvlarni boshladi
16 iyul 2022, 10:54

Parlament komissiyasi Qoraqalpog‘istonda tekshiruvlarni boshladi

Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha parlament komissiyasi shanba kuni tekshiruvlarni boshladi. Uning tarkibidan senatorlar, deputatlar, NNT va Qoraqalpog‘iston vakillari joy olgan. Komissiya inson huquqlari va erkinliklari buzilishi holatlarini atroflicha o‘rganadi.

Toshkent investitsiya forumini o‘tkazishga 15 mlrd so‘m sarflandi
16 iyul 2022, 10:20

Toshkent investitsiya forumini o‘tkazishga 15 mlrd so‘m sarflandi

Mart oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumini o‘tkazish uchun 15 mlrd so‘m sarflangan. Tadbirlar va ovqatlanishni tashkil etish uchun Sky Events`ga 7,2 mlrd so‘m, Mercedes va Malibu avtomobillari ijarasi uchun Lyuks Taxi`ga 2 mlrd so‘m, Akfa Dream World`ga ovqatlanish uchun 2,5 mlrd so‘m xarajat qilingan.

Nima tayyorlaymiz: Nonushtalar
16 iyul 2022, 09:59

Nima tayyorlaymiz: Nonushtalar

Menemen, skrembl, kruassan sendvichlar, pishloq va kartoshkali chalpak, tvorogli pankeyklar, tuxumli lavash, mini pankeyklar — Zira.uz turli xil mazali nonushtalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Ikki yil ichida Qozog‘iston bilan chegaradagi to‘rtta bojxona posti rekonstruksiya qilinadi
16 iyul 2022, 09:29

Ikki yil ichida Qozog‘iston bilan chegaradagi to‘rtta bojxona posti rekonstruksiya qilinadi

2022−2023 yillarda Qozog‘iston bilan chegaradagi «Dovut-ota», «G‘ishtko‘prik», «Navoiy», «S.Najimov» bojxona postlari to‘liq rekonstruksiya qilinadi. Ta’mirlash jarayoni qo‘shni mamlakat bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

Futbol o‘yinida Sevimli telekanali jurnalisti kaltaklangan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15 iyul 2022, 22:43

Futbol o‘yinida Sevimli telekanali jurnalisti kaltaklangan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Prokuratura O‘zbekiston-Iroq futbol uchrashuvida Sevimli telekanali jurnalisti ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Tergovni Bosh prokuratura nazorat qiladi.

Parlament komissiyasi Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi
15 iyul 2022, 22:10

Parlament komissiyasi Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi

Senat va Qonunchilik palatasi Qoraqalpog‘istonda yuz bergan voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzdi. Unga ombudsman Feruza Eshmatova rahbarlik qiladi.

15 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
15 iyul 2022, 22:00

15 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Samarqandni ziyorat qilgan Mirziyoyev va Berdimuhamedov, metanning narxi oshganiga izoh, antikorrupsiya bo‘yicha ishlari baholangan tashkilotlar, muhokamasi yana cho‘zilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi, o‘qishni ko‘chirishga onlayn qabul va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 15 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish muddati 27 iyulgacha uzaytirildi
15 iyul 2022, 21:44

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish muddati 27 iyulgacha uzaytirildi

Hukumat qarori bilan davlat oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 27 iyulgacha, chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun esa 17 iyulgacha uzaytirildi.

«Metan narxini oshirishning obyektiv sabablari yo‘q». Energetika vazirligi gaz quyish shoxobchalaridagi vaziyat haqida
15 iyul 2022, 16:33

«Metan narxini oshirishning obyektiv sabablari yo‘q». Energetika vazirligi gaz quyish shoxobchalaridagi vaziyat haqida

Internetda yoqilg‘i quyish shoxobchalarida metan narxi 3000−3100 so‘mgacha oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi gaz narxi eski tarifda qolganligi sababli «metan narxi oshganiga obyektiv sabablar yo‘qligini» ma’lum qildi. Vaziyatga «O‘ztransgaz» va Soliq qo‘mitasi ham munosabat bildirdi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
15 iyul 2022, 16:22

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 31,64 so‘mga qimmatlab, 10 981,93 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Dam olish kunlari havo issiq va shamolli bo‘ladi
15 iyul 2022, 15:54

Dam olish kunlari havo issiq va shamolli bo‘ladi

Dam olish kunlari havo harorati +36 darajadan +45 darajagacha ko‘tariladi. Shanba kuni shimoliy va cho‘l hududlarda, yakshanba kuni esa mamlakatning ayrim joylarida chang-to‘zonlar ko‘tariladi, shamol tezligi 22−25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

«Bizga birov ko‘rsatma berayotgani yo‘q» — Akmal Saidov umumxalq muhokamasi uzaygani haqida
15 iyul 2022, 15:42

«Bizga birov ko‘rsatma berayotgani yo‘q» — Akmal Saidov umumxalq muhokamasi uzaygani haqida

Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidovning ta’kidlashicha, Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar muhokamasining muddati oldinroq 10 kunga uzaytirilishi Nukus voqealari bilan bog‘liq emas. «Bizga birov „cho‘zgin-cho‘zmagin“ deb ko‘rsatma berayotgani yo‘q. Biz o‘zimiz hal qilyapmiz», — dedi u.

24 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi baholandi
15 iyul 2022, 13:25 2

24 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi baholandi

Eksperiment tariqasida 24 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi baholandi. Reyting natijasiga ko‘ra, Bojxona qo‘mitasi faoliyati «yaxshi», Adliya vazirligi va poytaxt hokimligi faoliyati «qoniqarli», XTV, SSV, Qurilish, Moliya vazirliklariniki esa «qoniqarsiz» deb topildi.

CSI: riteylerlar qanday qilib kassirlar yetishmovchiligini o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalari orqali hal qiladilar
15 iyul 2022, 13:00

CSI: riteylerlar qanday qilib kassirlar yetishmovchiligini o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalari orqali hal qiladilar

CSI kompaniyasining self service mahsulotlari menedjeri Igor Chechulin riteylerlar nima uchun o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarini o‘rnatishi kerakligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi yana uzaytirildi
15 iyul 2022, 12:11

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi yana uzaytirildi

Qonunchilik palatasi Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishga oid qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddatini 1 avgustga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ommaviy muhokamalar davrida loyiha bo‘yicha 85 mingdan ortiq takliflar kelib tushgani aytilmoqda.

Sirdaryoda Sibir yarasi bilan kasallanish holati aniqlandi
15 iyul 2022, 11:56

Sirdaryoda Sibir yarasi bilan kasallanish holati aniqlandi

Sirdaryo viloyatida yashovchi fuqaro Sibir yarasini (kuydirgi) yuqtirib olgani aniqlandi. Viloyat SES boshqarmasi kasallik odamdan odamga yuqmasligini aytib, hozirda epidemiologik vaziyat barqarorligi va xavotirga o‘rin yo‘qligiga ishontirmoqda.

Turkmaniston bilan 19 ta hujjat imzolandi
15 iyul 2022, 11:30

Turkmaniston bilan 19 ta hujjat imzolandi

Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha 19 ta hujjat, jumladan, Amudaryo suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risida, transport va tranzit hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

Xorijdan va OTMlar o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi
15 iyul 2022, 11:28 11

Xorijdan va OTMlar o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi

2022/2023-o‘quv yili uchun xorijdan va O‘zbekistondagi OTMlar o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar 5 avgustgacha qabul qilinadi. Oliy ta’lim vazirligi arizalarni onlayn yuborish uchun ikkita platforma ishga tushirilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting