Qoraqalpog‘iston deputatlari prezidentdan favqulodda holatni yumshatishni so‘ramoqda
20 iyul 2022, 15:11 1

Qoraqalpog‘iston deputatlari prezidentdan favqulodda holatni yumshatishni so‘ramoqda

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi O‘zbekiston prezidentiga murojaat yo‘llab, favqulodda holatni yumshatishni so‘radi. Avvalroq «Yangi O‘zbekiston» gazetasi murojaatda aybsiz fuqarolarni, xususan, yoshlarni afv etish so‘ralgani haqida yozgandi, biroq, oradan vaqt o‘tib xabar tahrirlandi.

Toshkentda yoshlar orasida psixotrop moddalarni iste’mol qilish juda ko‘paygan — IIBB
20 iyul 2022, 14:44

Toshkentda yoshlar orasida psixotrop moddalarni iste’mol qilish juda ko‘paygan — IIBB

Poytaxtda yoshlar orasida tramadol va boshqa psixotrop moddalarni iste’mol qilish holatlari juda ko‘paygan, deya ta’kidladi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Murodilla Aliqoriyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, dorilar asosan mamlakatga aylanma yo‘llar orqali kirib kelmoqda va «qora bozor» da sotilmoqda.

Jazirama kunlarda «tez yordam»ga 130 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushdi
20 iyul 2022, 13:19

Jazirama kunlarda «tez yordam»ga 130 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushdi

Jazirama issiq kunlar boshlangan 17 iyuldan 20 iyulga qadar tez tibbiy yordam xizmatiga 130 mingdan ko‘proq chaqirik kelib tushgan. Murojaatchilarning aksariyati qon bosimi ko‘tarilishi, nafas yetishmovchiligi, astma xurujlari va boshqa surunkali kasalliklardan shikoyat qilgan.

Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi insholar tanlovini e’lon qildi
20 iyul 2022, 13:00

Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi insholar tanlovini e’lon qildi

Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi insholar tanlovini o‘tkazmoqda. G‘oliblar smartfonlarga ega bo‘lishadi.

Surxondaryodagi «Xo‘jayikon» tuz g‘oridan tuman tibbiyot birlashmasi noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi
20 iyul 2022, 12:50

Surxondaryodagi «Xo‘jayikon» tuz g‘oridan tuman tibbiyot birlashmasi noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi

Madaniy meros agentligi Surxondaryo viloyatidagi «Xo‘jayikon» tuz g‘oridan Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi hujjatlarsiz foydalanib kelayotganini ma’lum qildi. Tuz g‘ori 2019 yilda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.

Oltita hududda harorat 47 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
20 iyul 2022, 11:56

Oltita hududda harorat 47 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Haftaning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryoda havo harorati 47 darajagacha, Toshkentda esa 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysida esa harorat pastroq bo‘ladi, So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolaridan muzli sel kelishi mumkin.

Osiyo o‘yinlari 2023-yilda o‘tkaziladi
20 iyul 2022, 10:48

Osiyo o‘yinlari 2023-yilda o‘tkaziladi

2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari yana bir yilga qoldirildi.

Nukus yaqinida 100 dan ortiq kuchuk va mushuklarning o‘ligi topildi
20 iyul 2022, 10:42

Nukus yaqinida 100 dan ortiq kuchuk va mushuklarning o‘ligi topildi

«Mehr va Oqibat» jonivorlarni himoya qilish jamiyati Nukusda kuchuk va mushuklarning ommaviy o‘ldirilayotgani haqida ariza kelib tushganini ma’lum qildi. O‘ldirilgan hayvonlarning og‘zi va panjalari sim bilan bog‘langan holda ekanligi aytilmoqda.

Naqd pullarning umumiy pul hajmidagi ulushi keskin oshdi — Markaziy bank
20 iyul 2022, 10:28

Naqd pullarning umumiy pul hajmidagi ulushi keskin oshdi — Markaziy bank

O‘tgan yilning birinchi yarmida banklarning naqd pul xarajatlari daromaddan 1,1 trln so‘mga oshgan bo‘lsa, bu yilgi farq 10 marta ortib — 11,7 trln so‘mga yetdi. MB talabni muomalaga qo‘shimcha naqd pullarni chiqarish orqali ta’minlashga harakat qildi, natijada naqd pulning umumiy pul hajmidagi ulushi oshib ketdi.

Yarim yil ichida YTHlar oqibatida 784 kishi halok bo‘ldi
20 iyul 2022, 08:39

Yarim yil ichida YTHlar oqibatida 784 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonda olti oyda 3559 ta YTH sodir bo‘ldi (bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 foizga kam), ularda 2775 kishi jarohat oldi (-2,4%), 784 kishi esa halok bo‘ldi (-13,9%). YTHlarning qariyb to‘rtdan biri tezlikni oshirish oqibatida yuzaga kelgan. Salkam yarmi esa piyodalarni urib ketish bilan bog‘liq.

O‘zbekiston yuklarni Poti va Batumi portlari orqali tashishni rejalashtirmoqda
19 iyul 2022, 22:13

O‘zbekiston yuklarni Poti va Batumi portlari orqali tashishni rejalashtirmoqda

Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vazirini qabul qildi. Irakliy Garibashvili O‘zbekistonni nafaqat ishonchli hamkor, balki do‘st deb ham atadi. O‘zbekiston Gruziyaning tranzit salohiyati, jumladan, yuklarni eksport va import qilishda Batumi va Poti portlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda.

19 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
19 iyul 2022, 22:09

19 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitida qatnashadigan Shavkat Mirziyoyev, Shota Rustaveli ko‘chasida tramvay liniyasi tiklanishi, Qoraqalpog‘istonda o‘chib-yonayotgan internet, xotin-qizlarga 7 yilga foizsiz ta’lim krediti, 2,6 mlnta kadastrsiz xonadon va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitida ishtirok etadi
19 iyul 2022, 18:23

O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni Qirg‘izistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida qatnashadi. Asosiy e’tibor mintaqa barqarorligi va izchil taraqqiyotiga zamonaviy tahdid va xatarlarga birgalikda qarshi turish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratiladi.

Toshkent hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay liniyasini tiklashni rejalashtirmoqda — Tbilisi meriyasi
19 iyul 2022, 17:59

Toshkent hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay liniyasini tiklashni rejalashtirmoqda — Tbilisi meriyasi

Toshkent hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay harakatini tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tbilisi meriyasi Toshkent hokimiga tayanib xabar berdi. Gruziya poytaxti meri Kaxa Kaladze Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili tashrifi doirasida ayni damda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
19 iyul 2022, 16:56

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov ishdan bo‘shatildi. U mazkur lavozimga 2020 yilning martida tayinlangan edi.

O‘zbekiston va Gruziya Tashqi ishlar vazirliklari 2022−2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi
19 iyul 2022, 16:55

O‘zbekiston va Gruziya Tashqi ishlar vazirliklari 2022−2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Gruziya transport-tranzit sohasida hamkorlik uchun salmoqli salohiyat mavjudligini ko‘rmoqda, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari uchrashuvda yuklarni tashishda o‘zaro chegirma va imtiyozlar berish muhimligini ta’kidladilar.

Dollar kursi yana pasaydi, rubl esa yana ko‘tarildi
19 iyul 2022, 16:19

Dollar kursi yana pasaydi, rubl esa yana ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 24,36 so‘mga arzonlab, 10 925,55 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa yana ko‘tarildi.

Andijonda qariyb yarim kilogramm «gashish»ni sotmoqchi bo‘lgan ikki fuqaro ushlandi
19 iyul 2022, 16:14

Andijonda qariyb yarim kilogramm «gashish»ni sotmoqchi bo‘lgan ikki fuqaro ushlandi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida salkam 500 gramm gashishni 5 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlab, ikki shaxsni qo‘lga oldi. Ularning aybi sudda isbotlansa, gumondorlar 10 yildan 20 yilgacha qamalishi mumkin.

XTV: Xalq ta’limi xodimlarining katta qismi mehnat ta’tili pullarini olib bo‘ldi
19 iyul 2022, 15:28

XTV: Xalq ta’limi xodimlarining katta qismi mehnat ta’tili pullarini olib bo‘ldi

XTV Xorazmda 17 mingdan ortiq xalq ta’limi xodimlari mehnat ta’tili pullarini vaqtida ololmagani haqidagi xabarlarga munosabat bildirar ekan, pullar iyul boshida to‘langanini qayd etdi. Hozirgacha respublika bo‘yicha xodimlarning jami 3,8 trln so‘m ta’til pullaridan 3,65 trln so‘mi to‘lab berilgan.

Qoraqalpog‘istonda internet ishlay boshladi. Hozircha bu vaqtincha yoki doimiyligi noma’lum
19 iyul 2022, 14:39

Qoraqalpog‘istonda internet ishlay boshladi. Hozircha bu vaqtincha yoki doimiyligi noma’lum

Qoraqalpog‘istonda soat 13:45 lar atrofida internet yana ishlab ketdi, deya ma’lum qildi Nukus aholisi. Telegram-kanallar va saytlar jonlana boshladi. Iyul boshidan beri respublikada internetga kirishning imkoni bo‘lmayotgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting