Xotin-qizlarga 7 yilga foizsiz ta’lim krediti beriladi
19 iyul 2022, 12:56 19

Xotin-qizlarga 7 yilga foizsiz ta’lim krediti beriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, oliy hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda tahsil oluvchi xotin-qizlarga 7 yilga 14 foizlik ta’lim kreditlari ajratiladi. Bunda foiz stavkalarini Moliya vazirligining jamg‘armasi qoplab beradi. Xotin-qizlar esa asosiy qarzni o‘qishni tamomlagach, 7 yil davomida to‘laydi.

Andijonda qanday qilib IMEI-kodlarni noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazishgan?
19 iyul 2022, 10:57

Andijonda qanday qilib IMEI-kodlarni noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazishgan?

2020 va 2021 yillarda sudlar Andijonda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarni uchinchi shaxslarning pasportlari orqali noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Sud qanday yakunlangani va sudlanuvchilar nima uchun jazolangani — «Gazeta.uz» materialida.

Andijonlik fuqaro 27 nafar o‘zbek va qirg‘iz bolalarini kaltaklab, diniy ta’lim bergani aytilmoqda
19 iyul 2022, 10:49

Andijonlik fuqaro 27 nafar o‘zbek va qirg‘iz bolalarini kaltaklab, diniy ta’lim bergani aytilmoqda

Andijonlik fuqaro 2020-yildan beri 27 nafar voyaga yetmagan o‘zbek va qirg‘iz bolalarini urib, tan jarohatlari yetkazib, diniy saboq berganligi aytilmoqa. Viloyat IIB gumondorning diniy bilimi hamda dars o‘tish uchun ruxsatnomasi yo‘qligini ma’lum qildi.

10 kun ichida Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va hokimiyatlar ish uslubini o‘zgartiradi
19 iyul 2022, 10:27

10 kun ichida Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va hokimiyatlar ish uslubini o‘zgartiradi

Shavkat Mirziyoyev dushanba kungi videoselektorda bundan buyon yig‘ilish va qarorlar kamaytirilishi, asosiy e’tibor ijro va aholi muammolariga qaratilishini ma’lum qildi. Vazirlar Mahkamasi, vazirlar va hokimlar 10 kun ichida o‘z strukturasi va ish uslubini o‘zgartirishi shartligi ta’kidlandi.

Voleybol federatsiyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
19 iyul 2022, 10:07

Voleybol federatsiyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Voleybol federatsiyasi mansabdor shaxslari davlat budjeti mablag‘laridan 231 mln so‘mni o‘zlashtirgani, yana 75 mln so‘mni esa asossiz sarflagani aniqlandi. Ular yetkazilgan zararning 120 mln so‘mini qopladi, deb ma’lum qildi Bosh prokuratura. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda 2,6 mlnta aholi xonadonida kadastr mavjud emas
19 iyul 2022, 09:46

O‘zbekistonda 2,6 mlnta aholi xonadonida kadastr mavjud emas

O‘zbekistonda 2,6 mlnta aholi xonadonida kadastr hujjatlari yo‘q, shu bois ular yer solig‘ini 3 karra miqdorda to‘layapti. Prezident 1 oktabrgacha ularning ro‘yxatini shakllantirishni buyurdi. Hukumat tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish orqali kadastri yo‘q uylar masalasini uzil-kesil hal qilmoqchi.

Gruziya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi
19 iyul 2022, 09:00

Gruziya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili hukumat delegatsiyasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi. U rasmiylar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.

18 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
18 iyul 2022, 22:19

18 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Nukus voqealarida vafot etgan 21 kishi, Tracker ishlab chiqarayotgan UzAuto Motors, porada ushlangan Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosari, Inkuzart`dan Putin va Zelenskiy tasviri, uran qazishni 2 baravar oshiradigan O‘zbekiston va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 18 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Og‘ir atletika bo‘yicha 2024 yilgi Osiyo chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tadi
18 iyul 2022, 19:44

Og‘ir atletika bo‘yicha 2024 yilgi Osiyo chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tadi

2024 yilda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilish uchun Toshkent tanlandi, bu O‘zbekistonga Parij Olimpiadasiga litsenziya ochkolarini taqdim etadi.

Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosari pora olayotganda ushlandi
18 iyul 2022, 18:18

Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosari pora olayotganda ushlandi

DXX Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosarlaridan birini o‘z xizmat xonasida MCHJ ish yurituvchisidan 400 dollar pora olayotganda ushladi. U MCHJni «qora ro‘yxat»ga kiritish bilan qo‘rqitib, 500 dollar talab qilgan.

Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 nafar 11-sinf o‘quvchisi kumush medalni qo‘lga kiritdi
18 iyul 2022, 17:33

Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 nafar 11-sinf o‘quvchisi kumush medalni qo‘lga kiritdi

Xitoyda o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 3 nafar hamda Navoiy shahridagi maktabning yana bir 11-sinf o‘quvchisi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Davaktiv agentligi “Lotte City Hotel Tashkent Palace”ning davlat ulushini sotilishini e’lon qildi
18 iyul 2022, 17:00

Davaktiv agentligi “Lotte City Hotel Tashkent Palace"ning davlat ulushini sotilishini e’lon qildi

“Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasidagi davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabul qilinishi to‘g‘risida e’lon qilindi.

Inkuzart Putin va Zelenskiy tasvirlangan graffitti chizdi
18 iyul 2022, 16:49

Inkuzart Putin va Zelenskiy tasvirlangan graffitti chizdi

Ko‘cha rassomi Inkuzart o‘zining yangi ishini taqdim etdi. U o‘zida har biri turli burchaklardan ko‘rinadigan ikki portret — Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy tasvirlarini mujassamlashtiradi. «Har kimning o‘z haqiqati borligini aytmoqchi bo‘ldim», — dedi ijodkor «Gazeta.uz»ga.

Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istondagi voqea ishtirokchilari g‘oyib bo‘lganini rad etdi
18 iyul 2022, 16:34

Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istondagi voqea ishtirokchilari g‘oyib bo‘lganini rad etdi

Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda qatnashgan ayrim fuqarolarning bedarak yo‘qolgani haqidagi ma’lumotlar «mutlaqo asossiz», deya ma’lum qildi Bosh prokuratura. Avvalroq Open Dialogue Foundation bedarak yo‘qolgan fuqarolarning 58 nafar ismi-sharifi ro‘yxatini e’lon qilgan edi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
18 iyul 2022, 16:16

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 20,27 so‘mga arzonlab, 10 949,91 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa yana ko‘tarildi.

Nukus voqealarida vafot etganlar soni 3 kishiga ortdi
18 iyul 2022, 15:20

Nukus voqealarida vafot etganlar soni 3 kishiga ortdi

Nukusdagi voqealar oqibatida halok bo‘lganlar soni yana 3 kishiga ko‘paydi, deya xabar berdi Bosh prokuratura. 16 kishi kasalxonada qolmoqda. Fuqarolar, tashkilotlar va infratuzilmaga yetkazilgan zarar 3,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Soxta 20 ming dollarni 8 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
18 iyul 2022, 13:30

Soxta 20 ming dollarni 8 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkentda qalbaki 20 ming dollarni 8 ming dollar evaziga sotmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi.

O‘zbekiston 2031 yilgacha uran qazib olish hajmini ikki baravar oshirmoqchi
18 iyul 2022, 13:06

O‘zbekiston 2031 yilgacha uran qazib olish hajmini ikki baravar oshirmoqchi

2031 yilgacha O‘zbekistonda uran qazib olish hajmini ikki baravar — 2021 yildagi 3526 tonnadan 7100 tonnagacha oshirish rejalashtirilmoqda.

YeXHT missiyasi O‘zbekiston referendumini kuzatishning maqsadga muvofiqligini baholaydi
18 iyul 2022, 12:46

YeXHT missiyasi O‘zbekiston referendumini kuzatishning maqsadga muvofiqligini baholaydi

YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi ekspertlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Ular Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik bilan tanishib, ovoz berish jarayonini kuzatishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Hafta juda issiq bo‘ladi
18 iyul 2022, 12:27

Hafta juda issiq bo‘ladi

Haftaning ikkinchi yarmida kunduzi havo +45 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida ba’zi joylarda +47 darajagacha isiydi. Haroratning pasayishi 23 iyul kuni mamlakatning shimoliy hududlaridan boshlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting