«Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
11 avgust 2022, 09:47

«Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Hukumat qaroriga ko‘ra, «Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. U bilan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrashda salmoqli natijalarni qo‘lga kiritganlar taqdirlanadi. Ularga BHMning 4 baravari — 1,2 mln so‘m pul mukofoti ham beriladi.

Toshkent tumanlaridan biridagi gaz hidiga me’yoridan ortiqcha odorant qo‘shilgani sabab bo‘lgan
10 avgust 2022, 22:12

Toshkent tumanlaridan biridagi gaz hidiga me’yoridan ortiqcha odorant qo‘shilgani sabab bo‘lgan

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi chorshanba kuni ertalabdan kvartiralar, uylar, pod’ezdlar, ofis binolari va gaz taqsimlash punktlarida kuchli gaz hidi kelayotganidan shikoyat qilishdi. Tuman hokimligi bunga tabiiy gazga me’yoridan ortiqcha odorant qo‘shib yuborilgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

10 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 avgust 2022, 22:00

10 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Birinchi test kuni natijalari, qon donorlariga imtiyozlar, «bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo‘r», Asalhoney`ning o‘ldirilishi tafsilotlari, ishdan bo‘shatilgan Oliy sud raisi, o‘zini yoqib yuborgan FNQIZ xodimasi vafot etgani, quduqlarni burg‘ilashga moratoriy va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

Qo‘riqxonalardagi fotoqopqonlarga tushgan ayiq, to‘ng‘iz va shoqol tasvirlari e’lon qilindi
10 avgust 2022, 21:51

Qo‘riqxonalardagi fotoqopqonlarga tushgan ayiq, to‘ng‘iz va shoqol tasvirlari e’lon qilindi

Davlat ekologiya qo‘mitasi Zomin va Qizilqum qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonlarga tushib qolgan ayiq, to‘ng‘izva shoqol tasvirlarini namoyish qildi.

Prezident 44-shaxmat Olimpiadasi g‘olib va ishtirokchilarini mukofotladi
10 avgust 2022, 21:44

Prezident 44-shaxmat Olimpiadasi g‘olib va ishtirokchilarini mukofotladi

Prezident farmoni bilan butunjahon shaxmat olimpiadasi sovrindorlari «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan, ayollar terma jamoasi a’zolari esa «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.

Toshkentda qurilayotgan yana bir binoda yong‘in chiqdi
10 avgust 2022, 21:33

Toshkentda qurilayotgan yana bir binoda yong‘in chiqdi

Toshkentning Beshag‘och ko‘chasida qurilayotgan besh qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Alanga taxminan bir soat ichida o‘chirildi.

Oradan 3,5 yil o‘tib IIO xodimlari yana metroga kirishda xizmat qilishni boshladi. Sabablar
10 avgust 2022, 19:28

Oradan 3,5 yil o‘tib IIO xodimlari yana metroga kirishda xizmat qilishni boshladi. Sabablar

IIO xodimlari 3,5 yildan so‘ng Toshkent metrosiga kiraverishda yana paydo bo‘ldi. Metropoliten qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Anvar Hasanov avvalroq ularni texnik vositalar bilan almashtirish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, xodimlarning tashqi kirish joylariga qaytishi sabablarini tushuntirdi.

Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi etib saylandi
10 avgust 2022, 18:36

Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi etib saylandi

Prezident maslahatchisi Baxtiyor Islomov O‘zbekiston Oliy sudi raisi etib saylandi. Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Qozog‘istondan O‘zbekistonga 300 tonnaga yaqin AI-95 benzinini noqonuniy olib kirishga harakat qilindi
10 avgust 2022, 18:21

Qozog‘istondan O‘zbekistonga 300 tonnaga yaqin AI-95 benzinini noqonuniy olib kirishga harakat qilindi

Qozog‘istonda boshqa yuk niqobi ostida mamlakatdan O‘zbekistonga 280 tonna AI-95 benzinini olib chiqishga urinishning oldi olindi. Xorij kompaniyasi foydasiga respublikadan jami 45 mln dollarlik 50 ming tonna mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan bo‘lgan.

Rossiyaga isiriq olib kirishga uringan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin
10 avgust 2022, 18:05

Rossiyaga isiriq olib kirishga uringan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

Novorossiysk bojxonachilari O‘zbekistondan kelgan konteynerdan Rossiyada giyohvandlik moddasi hisoblangan bir tonnadan ortiq isiriqni aniqladi. Bu haqda bilmagan yuboruvchi umrbod qamoq jazosi va million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.

«Bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo‘r» — Jahongir Ortiqxo‘jayev
10 avgust 2022, 16:37

«Bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo‘r» — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent hokimi poytaxtni Dubaydek sayyohlar uchun jozibador maskanga aylantirishni orzu qilishini aytdi. Biroq, u infratuzilmaning jadal rivojlanishi sharoitida yashil maydonlarni saqlab qolish haqidagi savolga tadbir mavzusi turizmni rivojlantirish ekanligini ro‘kach qilib, javob bermadi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
10 avgust 2022, 16:36

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 24,00 so‘mga qimmatlab, 10 904,29 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa yana pasaydi.

Surxondaryoda o‘zbek-tojik o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi
10 avgust 2022, 16:20

Surxondaryoda o‘zbek-tojik o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi

O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari Surxondaryodagi o‘quvda rejaga ko‘ra, chegarani buzib kirmoqchi bo‘lgan shartli dushman to‘dalarini muvaffaqiyatli yo‘q qildi.

Quduqlarni burg‘ilashga moratoriy e’lon qilinishi mumkin
10 avgust 2022, 16:03

Quduqlarni burg‘ilashga moratoriy e’lon qilinishi mumkin

Yer osti chuchuk suvlariga quduq burg‘ilash va suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berishga moratoriy qo‘llash taklif etilmoqda. Hozirda markaziy ichimlik suvlarining 67 foizi yer osti suvlari hisobidan ta’minlansa-da, ayrim hududlarda ularning sathi o‘rtacha me’yordan 5 metr va undan ortiqqa pasaygan.

May oyidan boshlab Toshkentdagi uy-joylar narxida pasayish kuzatilmoqda
10 avgust 2022, 15:48

May oyidan boshlab Toshkentdagi uy-joylar narxida pasayish kuzatilmoqda

May oyidan beri Toshkentdagi birlamchi va ikkilamchi bozordagi uy-joylar narxi arzonlashib bormoqda, deb ma’lum qildi Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti. Xususan, birlamchi bozorda 1 kv.m uchun may oyidagi $943,6 narx iyulda $919,9 ga, ikkilamchi bozorda esa $891,1 dan $882,6 gacha tushgan.

Oliy sudning sobiq rahbari Konstitutsiyaviy sudga sudya bo‘lishi kutilmoqda
10 avgust 2022, 15:19

Oliy sudning sobiq rahbari Konstitutsiyaviy sudga sudya bo‘lishi kutilmoqda

Prezident Konstitutsiyaviy suddagi vakant sudya lavozimiga Oliy sud raisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Kozimjon Komilov nomzodini taklif qildi. Oliy sud rahbarligiga esa prezident maslahatchisi Baxtiyor Islomov nomzodi ilgari surildi.

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi
10 avgust 2022, 15:18

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi

Yaponiyaning amaldagi bosh vaziri Fumio Kisidaning Vazirlar Mahkamasi to‘liq tarkib bilan iste’foga chiqdi. Iste’fo Yaponiya hukumatida bo‘lishi kutilayotgan o‘zgarishlar fonida yuz berdi.

Qibray uchun issiqlik energiyasiga yangi tarif tasdiqlandi
10 avgust 2022, 14:22

Qibray uchun issiqlik energiyasiga yangi tarif tasdiqlandi

Toshkent viloyatining Qibray tumani uchun issiqlik energiyasiga yangi tariflar 25 avgustdan kuchga kiradi.

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov ishdan bo‘shatildi
10 avgust 2022, 13:15

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov ishdan bo‘shatildi

2017 yildan beri Oliy sudga raislik qilgan, 13 iyulda lavozimga qayta tayinlangan Kozimjon Komilov iste’foga chiqarildi. Uning o‘rnini prezident maslahatchisi Baxtiyor Islamov egallashi kutilmoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yil oxirigacha bahsli chegara hududlarini aniqlashtirib oladi
10 avgust 2022, 12:19

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yil oxirigacha bahsli chegara hududlarini aniqlashtirib oladi

Seshanba kuni Cho‘lpon-Otada O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari uchrashdi. Qirg‘iziston hukumati maxsus vakili Nazirbek Borubayevning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar oldin kelishilmagan 208 km chegarani aniqlashtirib olmoqchi, qolaversa, yil yakunigacha barcha savollarni hal etishni rejalashtirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting