O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi 29 iyul kuni Toshkent issiqlik elektr stansiyasi Qibray tumani uchun ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasiga yangi tariflarni tasdiqladi.

Barcha iste’molchilar, jumladan ulgurji iste’molchi-qayta taqsimlovchilar va issiqxona xo‘jaliklari hamda «Issiqlik manbai» korxonasi uchun issiq suvning yangi tarifi 1 Gkal uchun 316 ming so‘m (jorif tarif — 275 000 so‘m) etib belgilandi.

Tarifda QQS qo‘shib hisoblangan. Yangi tarifning — 25 avgust sanasidan boshlab kuchga kiradi.