Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi Pavlodar viloyati boshqarmasi mahalliy ishlab chiqarilgan AI-95 benzinni O‘zbekistonga noqonuniy olib kirishga urinishni to‘xtatdi, deb xabar qildi agentlik matbuot xizmati.

Umumiy qiymati salkam 90 mln tenge (2 mlrd so‘mdan ortiq) bo‘lgan 280 tonna benzin ortilgan 5 ta vagon sisterna qo‘lga olindi. Yuk antidetonator (motor yonilg‘ilariga qo‘shimcha) sifatida deklaratsiya qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, shartnoma shartlariga ko‘ra, mamlakatdan chet el kompaniyasi foydasiga jami 45 mln dollarlik 50 ming tonna mahsulot olib chiqish rejalashtirilgan bo‘lgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.