10 avgust kuni O‘zbekiston va Tojikiston mudofaa vazirlari Bahodir Qurbonov va Sherali Mirzo hamda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov «Hamdo‘stlik-2022» o‘quvining asosiy bosqichini kuzatdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

O‘quv rejasiga ko‘ra, ikki davlat chegarasini buzib kirmoqchi bo‘lgan shartli dushman to‘dalari motoo‘qchi, tank, artilleriya va boshqa jangovar bo‘linmalarning aniq zarbalari natijasida yo‘q qilindi.

Hamkorlikdagi o‘zbek-tojik o‘quvi yakuniga yetdi.

Foto