Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Chennay shahrida o‘tgan Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasida 188 ta jamoa orasida Olimpiada chempioni bo‘lgan shaxmatchilar va ishtirok etganlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra:

«O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan

  • Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o‘g‘li;
  • Vaxidov Jahongir Tairovich;
  • Voxidov Shamsiddin Pulat o‘g‘li;
  • Sindarov Javohir Sanjarbekovich;
  • Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

  • Yegin Vladimir Nikolayevich;
  • Sokolov Ivan;

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

  • Bobomurodova Maftuna Panjiyevna;
  • Malikova Marjona Abdimajid qizi;
  • Omonova Umida Shuhrat qizi;
  • Hamdamova Afruza Akbarovna;
  • Yakubboyeva Nilufar Murodbek qizi taqdirlandi.