O‘zbekistonda endi farzand tug‘ilgandagi suyunchi puli hammaga ham berilmaydi
8 mart 2024, 15:41 5

O‘zbekistonda endi farzand tug‘ilgandagi suyunchi puli hammaga ham berilmaydi

O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli birinchi farzand uchun barchaga, ikkinchi farzand uchun esa farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.

USAID O‘zbekistonda 17,7 mln dollarlik “Biznesni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini ishga tushirdi
8 mart 2024, 15:19

USAID O‘zbekistonda 17,7 mln dollarlik “Biznesni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini ishga tushirdi

USAID O‘zbekistonda 5 yilga mo‘ljallangan “Biznesni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini boshladi. 17,7 mln dollarlik ushbu loyiha barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Dastur doirasida AKT, turizm, tekstil va yashil iqtisodiyotga oid loyihalarga grant mablag‘lari ajratiladi.

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlandi
8 mart 2024, 10:21

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlandi

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi bo‘ldi. Bungacha O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi, bir vaqtning o‘zida Vengriyadagi elchisi ham bo‘lgan.

Tanzila Narbayeva boshchiligidagi maxsus komissiya xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanadi
8 mart 2024, 01:37

Tanzila Narbayeva boshchiligidagi maxsus komissiya xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanadi

Senat raisi boshchiligidagi maxsus komissiya xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha yil davomida “favqulodda holat” rejimida ishlaydi. SSP, Biznesni rivojlantirish banki va Mikrokreditbankda raisning ayollar tadbirkorligi bo‘yicha o‘rinbosarlari ish boshlaydi.

Gulistonda yigit maktabga Milliy gvardiyaning qalbaki guvohnomasi bilan kirishga urindi
7 mart 2024, 22:46

Gulistonda yigit maktabga Milliy gvardiyaning qalbaki guvohnomasi bilan kirishga urindi

Gulistonda 11-sinf o‘quvchisi Milliy gvardiya xodimining qalbaki guvohnomasi bilan begona maktabga kirmoqchi bo‘ldi. Undan soxta hujjatni topshirish so‘ralganda, qarshilik ko‘rsatdi. Shahar prokuraturasi u nima uchun maktabga kirmoqchi bo‘lganini o‘rganmoqda.

2024-yil fevrali kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi
7 mart 2024, 22:14

2024-yil fevrali kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi

O‘tgan fevral oyi butun dunyo bo‘ylab kuzatuvlar tarixidagi rekord darajada issiq fevral bo‘ldi. Bu, shuningdek, havo harorati bo‘yicha ketma-ket rekord qo‘yilayotgan to‘qqizinchi oy hisoblanadi. Sayyoraning ayrim hududlarida havo harorati o‘rtacha ko‘rsatkichdan 3,3 darajaga yuqori bo‘lgan.

1-apreldan issiqlik ta’minoti xizmatlariga QQSning nol stavkasi bekor qilinadi. Bu tariflarga qanday ta’sir qiladi?
7 mart 2024, 21:12

1-apreldan issiqlik ta’minoti xizmatlariga QQSning nol stavkasi bekor qilinadi. Bu tariflarga qanday ta’sir qiladi?

Veolia Energy Tashkent 1-apreldan issiqlik ta’minoti xizmatlari (va bir qator boshqa kommunal xizmatlar) uchun QQS bo‘yicha imtiyoz bekor qilinishini eslatib, bu abonentlarning avans to‘lovlariga qanday ta’sir qilishini tushuntirdi.

“Boqiy Buxoro” nega shahar markazida qurilyapti? Buxoro viloyati bosh arxitektori bilan intervyu
7 mart 2024, 20:44

“Boqiy Buxoro” nega shahar markazida qurilyapti? Buxoro viloyati bosh arxitektori bilan intervyu

Buxoro markazida “Boqiy Buxoro” madaniy-etnografik parki loyihasini amalga oshirish boshlandi. Uni qurish uchun 32,6 gektar maydonda 29 ta obyekt buzilishi rejalashtirilgan. Hozirda bir qator binolar qisman buzib bo‘lingan. “Gazeta.uz” muxbiri viloyat bosh arxitektori Zuhriddin Muhiddinov bilan suhbatlashdi.

Shvetsiya rasman NATOga qo‘shildi
7 mart 2024, 20:38

Shvetsiya rasman NATOga qo‘shildi

Rasmiy ravishda NATOga qo‘shilgan Shvetsiya Shimoliy Atlantika alyansining 32-a'zosiga aylandi. Harbiy blokka qo‘shilishdan oldin Stokgolm 200 yildan ortiq vaqt davomida betaraflik siyosatiga amal qilgan.

Beshta viloyatdagi tez yordam xizmatlariga 70 ta Volkswagen Caddy avtomobili topshirildi
7 mart 2024, 20:14

Beshta viloyatdagi tez yordam xizmatlariga 70 ta Volkswagen Caddy avtomobili topshirildi

Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Farg‘ona viloyatlaridagi filiallariga 70 ta Volkswagen Caddy avtomashinalari berildi.

2024-yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi
7 mart 2024, 18:37

2024-yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2024-yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.

“Qizlarning o‘qib, oliy ma’lumotli bo‘lishi butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi” — prezident
7 mart 2024, 18:27

“Qizlarning o‘qib, oliy ma’lumotli bo‘lishi butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi” — prezident

Prezident 8-mart bayrami munosabati bilan xotin-qizlarga yo‘llagan murojaatida oila baxti, farzandlar kamoli hamda butun jamiyat ravnaqi uchun ayollar va qizlarning ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekistonning BMTdagi yangi doimiy vakili tayinlandi
7 mart 2024, 18:04

O‘zbekistonning BMTdagi yangi doimiy vakili tayinlandi

Eldiyor Toshmatov O‘zbekistonning Jenevadagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili bo‘ldi. Bungacha u Senat raisi kotibiyati rahbari bo‘lgan.

Lenovo Group 2023−2024-yillar uchinchi choragi moliyaviy natijalarini taqdim qildi
7 mart 2024, 17:00

Lenovo Group 2023−2024-yillar uchinchi choragi moliyaviy natijalarini taqdim qildi

2023−2024-yillar davomida Lenovo`ning daromadi o‘sishda davom etdi. Ko‘rsatkichlarning ijobiy dinamikasi asosiy biznesning barqarorligi va o‘zgarishlarning samaradorligi bilan bog‘liq.

16−18-mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
7 mart 2024, 16:46

16−18-mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

16−18-mart kunlari (shanba, yakshanba va dushanba) O‘zbekistonda Navro‘z arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi tadbir “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladi.

11-martdan Toshkent metrosining yangi 2 ta bekati yo‘lovchilar uchun ochiladi
7 mart 2024, 16:01

11-martdan Toshkent metrosining yangi 2 ta bekati yo‘lovchilar uchun ochiladi

Dushanbadan Yer usti halqa yo‘lining Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlari yo‘lovchilar uchun ish faoliyatini boshlaydi. U yerda sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati qariyb 2 oy oldin boshlangandi.

O‘zbekistonda taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
7 mart 2024, 15:17

O‘zbekistonda taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 10-mart, yakshanba kuni taroveh namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini e’lon qildi.

Poytaxtdagi sanoat korxonalari Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi
7 mart 2024, 15:09

Poytaxtdagi sanoat korxonalari Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi

Prezident Toshkent viloyati tumanlari rahbarlarining sustkashligini, bu yerda savdo, yer-suv, transport-tranzit imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayotganini tanqid qildi. Yig‘ilishda viloyatdagi tuman va shaharlarning “o‘sish nuqtalari” belgilandi.

Yuqori ko‘rsatkichlar va keyingi qadamlar: ANORBANK 2023-yil yakunlarini e’lon qildi
7 mart 2024, 13:00

Yuqori ko‘rsatkichlar va keyingi qadamlar: ANORBANK 2023-yil yakunlarini e’lon qildi

ANORBANK 2023-yil natijalari haqida ma’lumot berdi. Bankning foydasi 139,5 mlrd so‘mga yetdi. Natija bankning moliyaviy strategiyalarining barqarorligi va samaradorligini ko‘rsatadi.

Ilzat Kasimov investitsiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
7 mart 2024, 12:41

Ilzat Kasimov investitsiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Ilzat Kasimov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting