Jahon banki 2024-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini biroz pasaytirdi
15 aprel 2024, 10:25

Jahon banki 2024-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini biroz pasaytirdi

Jahon banki O‘zbekistonda 2024-yilda YAIM o‘sishi prognozini 5,5 foizdan 5,3 foizga qayta ko‘rib chiqdi. JB keltirgan xavf-xatarlar orasida Rossiya va Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishi, shuningdek, davlat korxonalari hamda banklarining potensial moliyaviy majburiyatlarining oshishi kiradi.

Toshkent viloyatining So‘qoq qishlog‘iga sel keldi. Talafot ko‘rilmagani aytilmoqda
15 aprel 2024, 09:46

Toshkent viloyatining So‘qoq qishlog‘iga sel keldi. Talafot ko‘rilmagani aytilmoqda

Shanba kuni kuzatilgan kuchli yomg‘ir sababli Parkent tumanining So‘qoq qishlog‘iga sel keldi. Suv hududdagi avtomobil yo‘lining qatnov qismiga toshib chiqdi. Toshkent viloyati hokimligi hodisa oqibatida hech qanday talafot aniqlanmaganini bildirdi.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Tel-Avivga va teskari yo‘nalishdagi bitta reysni bekor qildi
15 aprel 2024, 08:26

Uzbekistan Airways Toshkentdan Tel-Avivga va teskari yo‘nalishdagi bitta reysni bekor qildi

Uzbekistan Airways Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli 15-aprelga belgilangan Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY301/302 reysini bekor qildi.

Ko‘kdala tumani hokimining muqaddam sudlangan o‘rinbosari korrupsiyada gumonlanmoqda
14 aprel 2024, 18:45

Ko‘kdala tumani hokimining muqaddam sudlangan o‘rinbosari korrupsiyada gumonlanmoqda

15 mln so‘mni olayotgan vaqtda Ko‘kdala tumani hokimining muqaddam talon-toroj qilishda sudlangan o‘rinbosari qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda DXX. Shuningdek, Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi (muqaddam sudlangan) ham qo‘lga olindi.

Tunda Eron Isroil tomon dronlar va raketalar uchirdi. Asosiy ma’lumotlar
14 aprel 2024, 11:11

Tunda Eron Isroil tomon dronlar va raketalar uchirdi. Asosiy ma’lumotlar

13-aprel kuni Eron Isroil tomon o‘nlab dron va raketalarni uchirdi. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hujumdan so‘ng darhol xalqqa murojaat qilib, mamlakat uzoq yillardan buyon Eron hujumiga tayyorgarlik ko‘rganini, hukumat “har qanday ssenariyga, mudofaaga ham, hujumga ham tayyorligini” ta’kidladi.

Chery Beijing International Automotive Show va Global Dealer Conference`da “Yangi energiya” taqdim etiladi
14 aprel 2024, 11:00

Chery Beijing International Automotive Show va Global Dealer Conference`da “Yangi energiya” taqdim etiladi

25−30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Chery Beijing International Automotive Show va Chery Global Dealer Conference doirasida Chery kompaniyasi rivojlanishning yangi strategiya, texnologiya va modellarini taqdim etadi.

Isroil Suriyadagi konsullikka hujumidan keyin Eronning javobini kutmoqda — OAV
14 aprel 2024, 01:25

Isroil Suriyadagi konsullikka hujumidan keyin Eronning javobini kutmoqda — OAV

Isroil Suriyadagi konsulligiga uyushtirgan hujumidan keyin Eron tomonining zarbasiga tayyorlanmoqda, deb yozdi jahon matbuoti. Bir qator davlatlar, jumladan, O‘zbekiston ham fuqarolarini hushyorlikka chaqirdi. Jo Bayden AQSh Isroil himoyasida yordam berishini aytib, Eron hukumatini “bunday qilmaslikka” chaqirdi.

“O‘zbek xalqini biz o‘ylamasak, kim o‘ylaydi?” Shavkat Mirziyoyev — jahondagi tahdidlar va prezidentlik haqida
14 aprel 2024, 00:42

“O‘zbek xalqini biz o‘ylamasak, kim o‘ylaydi?” Shavkat Mirziyoyev — jahondagi tahdidlar va prezidentlik haqida

Mamlakat tinchligini saqlash, aholini daromad va munosib sharoit bilan ta’minlash uchun barqaror va tez sur’atlarda o‘sadigan iqtisodiyot kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. “Bunga men yetti yil umrimni qo‘ydim… Xalqim farovon bo‘lsin, niyatlari amalga oshsin, deb ishga keldim men”, — dedi u.

Sobiq bosh vazir o‘rinbosari, jurnalist va yozuvchi Erkin Samandar olamdan o‘tdi
14 aprel 2024, 00:11

Sobiq bosh vazir o‘rinbosari, jurnalist va yozuvchi Erkin Samandar olamdan o‘tdi

O‘zbekiston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari, jurnalist, yozuvchi, shoir va dramaturg Erkin Samandar 90 yoshida Urganchda vafot etdi.

Farg‘onada maktab o‘qituvchisi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklandi
13 aprel 2024, 23:51

Farg‘onada maktab o‘qituvchisi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklandi

Toshloq tumanidagi maktabda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchisi bilan qarama-qarshilik sababli uning qarindoshlari tomonidan do‘pposlandi. Holat IIB nazoratiga olindi, tergov harakatlari boshlandi.

14-aprel kuni Toshkentdagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi avtomobillar uchun yopiladi
13 aprel 2024, 22:57

14-aprel kuni Toshkentdagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi avtomobillar uchun yopiladi

Toshkent shahrida 14-aprel kuni biatlon chempionati doirasida marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Yangi O‘zbekiston ko‘chasining katta qismida transportlar harakati soat 6:00 dan 14:00 gacha to‘liq cheklanadi.

Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi
13 aprel 2024, 22:06

Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Anvar Oripov Qiziriq tumani hokimi etib tayinlandi. Hududning avvalgi rahbari Sherzod Rajabov esa hokimning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Kimyo-texnologiya litseyi negizida yana maktab tashkil etish taklif etilmoqda — Yunusobod hokimi
13 aprel 2024, 21:46

Kimyo-texnologiya litseyi negizida yana maktab tashkil etish taklif etilmoqda — Yunusobod hokimi

Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev Akbarobod mahallasidagi 2007-yilda kimyo-texnologiya litseyi tasarrufiga o‘tkazilgan maktabni qaytarishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda binoning atigi 30 foizidan foydalanilmoqda.

Buxorodagi to‘yda 50 dan ortiq odam zaharlandi
13 aprel 2024, 21:45

Buxorodagi to‘yda 50 dan ortiq odam zaharlandi

Buxoro viloyatidagi to‘yda 53 kishi, jumladan, 13 nafar bola zaharlandi.

Toshkent shahrida bahorgi issiq suv ta’minotidagi uzilishlar jadvali e’lon qilindi
13 aprel 2024, 20:51

Toshkent shahrida bahorgi issiq suv ta’minotidagi uzilishlar jadvali e’lon qilindi

15-apreldan Toshkent shahri issiq suv ta’minotida to‘rt kunlik uzilishlar boshlanadi. Veolia Energy Tashkent jadvalni e’lon qildi.

“Toshkentdagi mahalla va ko‘chalar Sidney tajribasi asosida obodonlashtiriladi” — hokim Shavkat Umurzoqov
13 aprel 2024, 19:53

“Toshkentdagi mahalla va ko‘chalar Sidney tajribasi asosida obodonlashtiriladi” — hokim Shavkat Umurzoqov

Toshkentdagi mahalla va ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari Avstraliyaning Sidney shahri tajribasidan kelib chiqqan holda yagona me’yorlar bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan, dedi hokim Shavkat Umurzoqov. U “nafaqat shahar markazida, balki chekka mahallalarda ham ideal sharoit bo‘lishi kerak”ligini aytdi.

Qasim-Jomart Toqayev suv toshqinlari sabab Ostona xalqaro forumini bekor qildi
13 aprel 2024, 17:29

Qasim-Jomart Toqayev suv toshqinlari sabab Ostona xalqaro forumini bekor qildi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatdagi suv toshqinlari fonida moliyaviy resurslarni tejash zarurati tufayli 13−14-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Ostona xalqaro forumini bekor qildi.

Click va Ijtimoiy himoya milliy agentligi Inson Uchun xayriya platformasini taqdim qildi
13 aprel 2024, 17:00

Click va Ijtimoiy himoya milliy agentligi Inson Uchun xayriya platformasini taqdim qildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Click kompaniyasi tomonidan Inson Uchun xayriya platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. U xayriya qiluvchilar va xayriyaga muhtojlar o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi.

Janubiy Koreyadagi parlament saylovlarida muxolifat g‘alaba qozondi
13 aprel 2024, 16:45

Janubiy Koreyadagi parlament saylovlarida muxolifat g‘alaba qozondi

Janubiy Koreyadagi parlament saylovlarida muxolifat hukmron partiyadan ancha ilgarilab ketib, g‘alaba qozondi. Saylovda ishtirok etish ko‘rsatkichi so‘nggi 32 yildagi eng yuqorisi bo‘ldi.

O‘zbekistonda Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi uchun tanlov e’lon qilindi
13 aprel 2024, 14:55

O‘zbekistonda Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi uchun tanlov e’lon qilindi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi uchun tanlov e’lon qildi. G‘olib 100 mln so‘m mukofot oladi va uning ismining bosh harflari poyezdda aks ettiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting