Lenovo Group Limited 2023−2024 moliyaviy yilining uchinchi operatsion choragi moliyaviy natijalarini e’lon qildi. Kompaniyaning daromadi 3 foizga oshib, 15,7 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi — guruhning rentabellik ko‘rsatgichi ketma-ket ikkinchi marotaba chorakdan chorakka yaxshilanmoqda. Sof daromad 357 mln dollarni tashkil qildi. Sof foyda marjasi o‘tgan chorakka nisbatan 0,4 foizga oshdi va 2,3 foizni tashkil etdi. Kompyuter bilan aloqador bo‘lmagan biznes daromadi 42 foizga yetib, 2022-yilga nisbatan 1,3 ballga o‘sish natijasini ko‘rsatdi.

Chorakdan chorakkacha ko‘rsatkichlarning izchil yaxshilanishi guruhning asosiy biznesining barqarorligi va amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning umumiy samaradorligi bilan bog‘liqdir. Yechimlar va servis (Solutions and Services Group — SSG) bo‘limi daromadning 2 mlrd dollarlik muhim bosqichini yengib, 20 foizdan ortiq operatsion marjasi bilan yuqori operatsion foydaga erishdi, hamda yillik hisobda ketma-ket 11 chorak davomida boshqariladigan xizmatlar va loyihaviy yechimlardan yillik daromadni oshirishda davom etdi.

Infrastructure Solutions Group (ISG) biznesi ketma-ket ikkita chorak davomida o‘sishda davom etdi. Saqlash tizimlari, dasturiy ta’minot va xizmatlardan tushgan umumiy daromad kompaniya rekord darajasida 1 mlrd dollar natijasini ko‘rsatdi.

Intellektual qurilmalar (Intelligent Devices Group — IDG) yo‘nalishi daromad yana o‘sishni boshlashi bilan har chorakda kuchli natijalarni namoyish etdi, hamda sanoatda ilg‘or rentabellikni saqlab, yil sarhisobida kompyuter ta’minotini o‘sishiga erishdi.

SI sohasidagi rivojlanish

Lenovo sun’iy intellekt davri tomonidan taqdim etilayotgan o‘sish imkoniyatlaridan mohirona foydalanmoqda.

Gibrid SI ga bo‘lgan trend, sun’iy intellektlik mijoz yechimlari, gibrid infratuzilma, SI ga asoslangan ilovalar, konsalting xizmatlari va SI yechimlarini ishlab chiqish va texnik xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan talabni kuchaytiradi.

Lenovo innovatsiyalarga sarmoya kiritishda davom etmoqda. Tadqiqot va ishlanmalar (R&D) bo‘limi xodimlarining soni 2022-yilga nisbatan oshdi va kompaniyalar guruhi xodimlarining umumiy sonining 25 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. R&D xarajatlarining to‘liq moliyaviy yil daromadiga nisbati kompaniya tarixiy yuqori darajasiga yetdi.

Bundan tashqari, Lenovo asosiy strategik hamkorlikni kengaytirmoqda va barcha yo‘nalishlarda sun’iy intellektga asoslangan qurilmalar, infratuzilma, yechimlar va xizmatlar portfelini doimiy ravishda rivojlantirmoqda. So‘nggi yangiliklar orasida:

  • Anaconda kompaniyasi bilan hamkorlik — sun’iy intellekt ishlab chiqilishi va Lenovo yuqori samarali ish stansiyalarida joylashtirilishini tezlashtirish bo‘yicha hamkorlik;
  • har yili bo‘lib o‘tadigan Consumer Electronics Show (CES) ko‘rgazmasida e’lon qilingan sun’iy intellektga asoslangan qurilmalar va yechimlar to‘plami;
  • SI uchun gibrid bulut platformasini kengaytirish, yangi giperkonvergent ThinkAgile yechimlari hamda ThinkSystem serverlari;
  • “kiber barqarorlik” taklifi (CRaaS).

Shu tarzda, SI yechimlari integratsiyasiga tayyor portfelni rejaviy kuchaytirilishi Lenovo`ning “SI hamma uchun” strategiyasining amalga oshirilishi bo‘lib, butun kompaniyalar guruhining kelajakda barqaror o‘sishiga yordam beradi.

SSG: yuqori daromad va operatsion foyda, SI sohasidagi yechimlar va xizmatlar portfelini kengayishi

Solutions and Services Group guruhining 2023−2024 moliyaviy yilining uchinchi choragidagi faoliyati ko‘rsatkichlari:

  1. Uchinchi chorakda SSG daromad hamda foyda bo‘yicha kompaniya rekordlarini yangiladi: daromad o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar o‘sishni ko‘rsatdi va 2 mlrd dollarni tashkil etdi. Operatsion marja esa — 20 foizdan ortiq.
  2. Texnik qo‘llab-quvvatlashga va dasturiy ta’minot xizmatlari SSG uchun asosiy foyda manbaiga aylandi.
  3. Boshqariladigan xizmatlar va yechimlarni loyihalash bo‘yicha xizmatlar hajmi oshdi, va ular birgalikda SSG daromadining 55 foizini tashkil etdi, bu o‘tgan 2022-yilning shu davriga nisbatan 1,5 daraja balanddir. SSG ketma-ket 11 chorak davomida barqaror o‘sishni ko‘rsatdi.

Barqaror o‘sish uchun imkoniyatlar:

  1. SSG o‘z takliflarini faol ravishda rivojlantirmoqda, jumladan raqamli ish joylari yechimlari (DWS), gibrid bulut va barqaror rivojlanish uchun yechimlar va xizmatlar.
  2. SSG o‘z takliflarini aniq yo‘nalishlar va sohalarni intellektual yechimlar yordamida qo‘llab-quvvatlashga qaratib, bir nechta yo‘nalishlarda mijozlar bilan katta bitimlar tuzdi.
  3. Sanoat dasturlarida va tegishli xizmatlarda (konsalting, loyihalash va joylashtirish) ishlatilayotgan sun’iy intellekt texnologiyalariga mijozlarning o‘sib borayotgan talabi turli vertikallarda sun’iy intellekt xizmatlarini integratsiyasiga olib keladi.

ISG: SI infratuzilmasi ustuvorliklaridan foydalanish

Infrastructure Solutions Group guruhining 2023−2024 moliyaviy yilining uchinchi choragidagi faoliyati ko‘rsatkichlari:

  • ikkinchi chorak davomida chorakdan chorakkacha barqaror daromad o‘sishini namoyish etdi;
  • saqlash tizimlari, dasturiy ta’minot va xizmatlar bo‘yicha umumiy daromad 1 mlrd dollar kompaniya rekord darajasiga yetdi — bu kompaniyaga ma’lumotlarni saqlash tizimlari va sun’iy intellekt uchun infratuzilma yetkazib beruvchi global kompaniyalar qatoriga kirish imkonini beradi.

Barqaror o‘sish uchun imkoniyatlar:

  • sun’iy intellekt serverlari bozori butun serverlar bozoriga nisbatan ikki baravar tez o‘sishi kutilmoqda;
  • kompaniya o‘z yechimlari portfelining raqobatbardoshligini mustahkamlash uchun asosiy strategik sherikliklarni rivojlantirmoqda;
  • sun’iy intellekt rivojlanishi aqlli infratuzilmaga (yuqori mahsuldorlik, aqlli boshqaruv va kam energiya sarfi) talabni yaratadi. Lenovo`ning SI yechimlar portfelida Edge to Cloud, AI Innovators dasturi va SI innovatsion markazlari oldindan sinovdan o‘tgan vertikal va gorizontal yechimlarni taqdim yetadi.

IDG: o‘sish tiklanishi hamda bozordagi pozitsiya mustahkamlanishi

Intelligent Devices Group guruhining 2023−2024 moliyaviy yilining uchinchi choragidagi faoliyati ko‘rsatkichlari:

  • aqlli qurilmalar bo‘limi (IDG) aniq strategiya, innovatsiyalarga izchil investitsiyalar va operatsion samaradorlik tufayli daromadlarning o‘sishi bilan har chorakda kuchli natijalarni taqdim etdi;
  • kompyuter bozorining davomiy tiklanishi IDG`ni bozordagi yuqori pog‘onani egallashga va 2022−2023-yillar davomida bozor ulushi deyarli 24% bilan yildan-yilga ta’minot o‘sishini qaytishiga olib keldi.
  • kompyuter bilan bog‘liq bo‘lmagan biznes istiqbolli o‘sishni ko‘rsatdi. Mobil qurilmalar (smartfonlar va planshetlar) yo‘nalishi 20 pog‘onadan ortiq bozorga nisbatan sezilarli darajada oshdi. Smartfon jo‘natmalari 2022-yilning shu davriga nisbatan 32 foizga oshdi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, EMEA mintaqasida va Shimoliy Amerikada giper-o‘sish kuzatildi.

Barqaror o‘sish uchun imkoniyatlar:

  • gibrid SI tendensiyasi SI ni qo‘llab-quvvatlaydigan mijoz qurilmalariga bo‘lgan talabni oshiradi, so‘ngra uy xo‘jaliklarida va korporativ foydalanuvchilar orasida qurilmalar parkini yangilashning yana bir sikli, o‘sish va marjani yaxshilash imkoniyatlarini yaratadi.
  • Lenovo kompaniyasi foydalanuvchilarning barcha raqamli ekotizimlarini, shu jumladan, shaxsiy kompyuterlar, planshetlar va smartfonlarini qamrab oladigan to‘liq birlashtirilgan SI ni ishlab chiqish uchun noyob imkoniyatga ega.

Reklama huquqlari asosida.