5-mart kuni soat 15:30 da Guliston shahridagi 8-maktab qorovuli binoga kiraverishda Milliy gvardiya xodimi kiyimidagi yigitni to‘xtatganda uning guvohnomasi soxta ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Maktab rahbariyati bu yigitni tanimasligini, uning muassasaga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan.

Milliy gvardiya xodimining soxta guvohnomasini topshirish haqidagi so‘rovga javoban U.X. qo‘pollik qilib, qarshilik ko‘rsatgan. Ma’lum bo‘lishicha, u Guliston shahridagi 16-maktabning 11-sinfida o‘qiydi.

Yigitdan soxta forma va hujjatlar olib qo‘yilgan. Guliston shahri prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilib, uning nima uchun maktabga kirmoqchi bo‘lgani aniqlanmoqda.