Poytaxtdagi 11 ta tumanda uylarni issiqlik va elektr bilan ta’minlash bo‘yicha tajriba o‘tkazilmoqda
23 yanvar 2023, 10:43

Poytaxtdagi 11 ta tumanda uylarni issiqlik va elektr bilan ta’minlash bo‘yicha tajriba o‘tkazilmoqda

Hukumat Toshkent shahrining 11 ta tumanidagi issiqlik tarmoqlari so‘nggi qismlarida joylashgan uylarni issiqlik va elektr bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha qaror qabul qildi. Buning uchun zudlik bilan kogeneratsiya uskunalari sotib olinadi.

Banklarda dollar kursi oshdi
23 yanvar 2023, 10:12

Banklarda dollar kursi oshdi

Tijorat banklari 23 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 240 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 365 so‘m.

Dushanba kuni O‘zbekistondagi hamma maktablar ham ochilmaydi
22 yanvar 2023, 21:40

Dushanba kuni O‘zbekistondagi hamma maktablar ham ochilmaydi

O‘zbekistonda 23 yanvardan vanihoyat maktablarda uchinchi chorak boshlanadi. Biroq isitish bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan maktablar hozircha darslarni onlayn shaklda davom ettiradi. Xususan, Toshkent shahrida 57 ta, Namangandagi 17 ta maktabda o‘quvchilar darslarni masofadan boshlaydi (ro‘yxat).

O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlarni tarmoqdan uzish boshlanadi
22 yanvar 2023, 19:27

O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlarni tarmoqdan uzish boshlanadi

27 yanvardan boshlab elektr energiyasidan qarzi bor iste’molchilar yana avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi. Avvalroq o‘chirishlar anomal sovuq ob-havo sabab to‘xtatilgandi.

Toshkentda avtobusga urilgan Tracker yonib ketdi
22 yanvar 2023, 16:11

Toshkentda avtobusga urilgan Tracker yonib ketdi

22 yanvarga o‘tar kechasi Mirzo Ulug‘bek tumanida tezlikni oshirib harakatlangan Tracker yo‘l chetidagi avtobusga urildi. Oqibatda Tracker`ning old qismida yong‘in chiqdi, undagi yo‘lovchilar turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

IIO huzuridagi «To‘maris izdoshlari» guruhi a’zolariga o‘qishga kirishda imtiyoz beriladi
22 yanvar 2023, 12:40 1

IIO huzuridagi «To‘maris izdoshlari» guruhi a’zolariga o‘qishga kirishda imtiyoz beriladi

IIOning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzurida «To‘maris izdoshlari» jamoaviy guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ular qizlarning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq masalalarni aniqlashda ko‘maklashadi. Guruh a’zolariga test sinovlarisiz kvota asosida o‘qishga kirish huquqi beriladi.

Toshkent viloyatida 3 ta issiqxona davlatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi
22 yanvar 2023, 11:05

Toshkent viloyatida 3 ta issiqxona davlatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi

Zangiota tumanida 3 ta issiqxona 5000 ta xonadonning bir kunlik iste’moliga teng tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Oqibatda davlatga 87 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

Farg‘onada YPX xodimi piyodalar yo‘lagini to‘sib qo‘ydi
22 yanvar 2023, 11:01

Farg‘onada YPX xodimi piyodalar yo‘lagini to‘sib qo‘ydi

Qo‘qon shahrida viloyat YPX otryadi komandir o‘rinbosari Tracker avtomashinasini piyodalar o‘tish joyida qoldirdi. Viloyat IIB buning uchun xodim 600 ming so‘m jarimaga tortilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston 2022 yilda Xitoyga 1,07 mlrd dollarlik gaz sotdi
21 yanvar 2023, 19:46

O‘zbekiston 2022 yilda Xitoyga 1,07 mlrd dollarlik gaz sotdi

2022 yilda O‘zbekistonning Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish hajmi 1,07 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan 33,9 foizga ko‘pdir.

Video: Andijondagi choyxonada yong‘in sodir bo‘ldi
21 yanvar 2023, 17:13

Video: Andijondagi choyxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Andijon tumanidagi choyxonada yong‘in kelib chiqdi. Oqibatda 70 kvadrat metr maydonda tom, shift va jihozlar yonib zararlandi.

Samarqandda is gazidan zaharlangan kelin-kuyov vafot etdi
21 yanvar 2023, 15:29

Samarqandda is gazidan zaharlangan kelin-kuyov vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida chillasi chiqmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi. Xonadon egalari ularni ko‘mgan va huquqni muhofaza qilish organlariga bu haqda xabar bermagan. Hozirda prokuratura holatni o‘rganmoqda.

Latent sil bo‘yicha skrining tekshiruvlari soni har yili 1 milliontaga yetkaziladi
21 yanvar 2023, 13:32

Latent sil bo‘yicha skrining tekshiruvlari soni har yili 1 milliontaga yetkaziladi

Latent (yashirin) tuberkulyoz bo‘yicha skrining tekshiruvlari soni har yili 1 milliontaga, bemorlarni davolash qamrovi 21 ming nafargacha yetkaziladi. Mutaxassislar tomonidan o‘smirlar va kattalar rentgenologik, bolalar esa immunologik tekshiruvdan o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda OIV infeksiyasiga qarshi kurash kuchaytiriladi
21 yanvar 2023, 12:09

O‘zbekistonda OIV infeksiyasiga qarshi kurash kuchaytiriladi

O‘zbekistonda 2027 yilga borib OIV yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi o‘z maqomini bilishi, maxsus davolash kurslari bilan qamrab olinishi, 95 foizining qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishi rejalashtirilmoqda. Shu vaqtga kelib, OIVning onadan bolaga yuqishiga barham berish ham ko‘zda tutilgan.

Video: DXX Namanganda salkam 3 kg narkotik moddalarni to‘xtatib qoldi
21 yanvar 2023, 11:12

Video: DXX Namanganda salkam 3 kg narkotik moddalarni to‘xtatib qoldi

Pop tumanida to‘xtatilgan ikki mashinadan salkam 3 kilogramm opiy musodara qilindi. DXX ma’lumotiga ko‘ra, narkotik moddalar Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kirilgan. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

O‘zbekistonda piyoz eksporti 4 oyga cheklandi
21 yanvar 2023, 09:38

O‘zbekistonda piyoz eksporti 4 oyga cheklandi

Ochiq rastalarda saqlanayotgan piyoz muzlab qolgan. Qishloq xo‘jaligi vazirligi narx oshishiga yonilg‘i yetishmasligi sababli yetkazib berishdagi uzilishlar ham ta’sir ko‘rsatganini bildirdi. Vazirlikka ko‘ra, mamlakatda piyoz zaxirasi mavjud va mahsulotni chetga sotish 4 oyga to‘xtatildi.

Nima tayyorlaymiz: Issiq taomlar
21 yanvar 2023, 09:27

Nima tayyorlaymiz: Issiq taomlar

Karam barglaridan do‘lma, bedana tuxumli teftellar, qozonda pishirilgan qiymakabob, non-palov, pechda pishirilgan tovuq va kartoshka hamda boshqalar — Zira.uz mazali va to‘yimli issiq taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

«Noqonuniy topshiriqlarni bajarishni xohlamayman». Rasul Kusherbayev — Toshkent hokimi etib tayinlanishi mumkinligi haqida
21 yanvar 2023, 08:22

«Noqonuniy topshiriqlarni bajarishni xohlamayman». Rasul Kusherbayev — Toshkent hokimi etib tayinlanishi mumkinligi haqida

Rasul Kusherbayev internetda uni Toshkent hokimi etib tayinlash taklifiga javoban: «bu xalqning xohishi bo‘lishi mumkin, ammo rahbariyatning emas», — dedi. U bunga rozi bo‘lmasligini, chunki «noqonuniy topshiriqlar»ni bajarishni istamasligi, rahbariyat ham buni xohlamasligini bildirdi.

20 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 yanvar 2023, 22:00

20 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Andijonda fuqarolarni kaltaklab, keyin videoda uzr so‘rattirgan IIB xodimlari, o‘qituvchilardan uzr so‘ragan Angren shahar prokurori, Namanganda jarimaga tortilgan hokim haydovchisi, sovuq dam olish kunlari, gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

O‘zbekiston OTM, kollej va litseylarida o‘qish 23 yanvardan boshlanadi
20 yanvar 2023, 21:28

O‘zbekiston OTM, kollej va litseylarida o‘qish 23 yanvardan boshlanadi

Oliy ta’lim vazirligi OTM, kollej, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarda o‘qish 23 yanvardan boshlanishini ma’lum qildi.

Fransiyada pensiya yoshini oshirishga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
20 yanvar 2023, 18:02

Fransiyada pensiya yoshini oshirishga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Fransiyada payshanba kuni qariyb 1,12 mln kishi pensiya yoshini oshirishga qarshi namoyishga chiqdi. Rasmiylar sentabr oyidan boshlab har yili pensiya yoshini uch oyga ko‘tarish niyatida, 2030 yilga borib, u 64 yosh darajasigacha yetadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting