Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma 900 mln so‘m jarimaga tortildi
10 mart 2023, 10:23

Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma 900 mln so‘m jarimaga tortildi

Andijon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma egasi 900 mln so‘m jarimaga tortildi. U ferma faoliyatini hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz olib borgan. Avvalroq Senat energiya resurslaridan qonunga zid foydalanishni o‘g‘rilik deb baholovchi qonunni ma’qullagandi.

9 ta hududda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
10 mart 2023, 10:21

9 ta hududda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

11−12 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 465 so‘mgacha oshdi
10 mart 2023, 10:08

Banklarda dollarning sotish kursi 11 465 so‘mgacha oshdi

Tijorat banklari 10 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 320 — 11 465 so‘m.

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni bank xizmatlari bilan bog‘liq firibgarlikdan ogohlantirdi
10 mart 2023, 09:42

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni bank xizmatlari bilan bog‘liq firibgarlikdan ogohlantirdi

Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari mobil ilovadan pul o‘tkazishda hisob raqamidan pul yechib olinishi va yuqori foizli kreditlar rasmiylashtirilishi kabi muammolarga uchramoqda. Migratsiya agentligi fuqarolardan bank xizmatlaridan foydalanishda shaxsiy ma’lumotlarni hech kimga ma’lum qilmaslikni so‘radi.

Si Szinpin uchinchi muddatga Xitoy raisi etib saylandi
10 mart 2023, 09:39

Si Szinpin uchinchi muddatga Xitoy raisi etib saylandi

Si Szinpin 5 yillik muddatga Xitoy raisi lavozimiga qayta saylandi. U uchinchi muddatga prezident etib saylangan XXRning ilk rahbari bo‘ldi.

Samarqandda Nexia-3 bino yerto‘lasiga tushib ketdi
10 mart 2023, 09:19

Samarqandda Nexia-3 bino yerto‘lasiga tushib ketdi

Samarqand shahrida Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qurilishi tugallanmagan bino yerto‘lasiga tushib ketdi. Oqibatda u yengil jarohat oldi. YTH bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.

9 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
9 mart 2023, 22:00

9 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Konstitutsiyaviy qonun loyihasidagi yangiliklar, 1 oyda $1,9 mlrdga kamaygan oltin-valyuta zaxiralari, 8 kunga yopiladi Qo‘yliq metro bekati, yurak xastaligidan vafot etgan Aleksandr Nechayev, umumxalq xayriya hasharida 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlanishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

2023 yilgi «Fuqarolar uchun budjet» nashri e’lon qilindi
9 mart 2023, 21:44

2023 yilgi «Fuqarolar uchun budjet» nashri e’lon qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2023 yilgi davlat budjetiga bag‘ishlangan «Fuqarolar uchun budjet» nashrini e’lon qildi. Unga ko‘ra, iqtisodiy o‘sish 5,3 foiz, inflyatsiya 9,5 foiz, davlat budjeti taqchilligi 3 foiz darajasida prognoz qilinmoqda.

O‘zbekiston prezidenti aralash saylov tizimiga o‘tishni taklif qildi — O‘zXDP raisi
9 mart 2023, 21:00

O‘zbekiston prezidenti aralash saylov tizimiga o‘tishni taklif qildi — O‘zXDP raisi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning rolini oshirish uchun aralash saylov tizimiga o‘tishni taklif qildi, deya ma’lum qildi O‘zXDP yetakchisi Ulug‘bek Inoyatov.

Ukraina hududiga tungi hujumlar vaqtida 81 ta raketa uchirildi
9 mart 2023, 19:51

Ukraina hududiga tungi hujumlar vaqtida 81 ta raketa uchirildi

Payshanbaga o‘tar kechasi Rossiya Ukraina hududiga 81 ta raketa bilan hujum qildi. Lvov viloyatida snaryad turar-joy binolariga tushib, besh kishi, Dnepropetrovsk viloyatida bir kishi halok bo‘ldi. Rossiya Mudofaa vazirligi bu «Bryansk viloyatidagi terrorchilik harakatlari uchun katta javob zarbasi» ekanini aytdi.

O‘zbekistonda Humo va Uzcard bankomatlari integratsiyasi may oyiga qadar yakuniga yetkaziladi
9 mart 2023, 19:32

O‘zbekistonda Humo va Uzcard bankomatlari integratsiyasi may oyiga qadar yakuniga yetkaziladi

Humo va Uzcard to‘lov tizimlari bankomatlarining o‘zaro integratsiyasi prezident qarori bilan may oyi oxirigacha, tizimlarning terminallari esa yil so‘ngiga qadar yakuniga yetkaziladi.

Samarqandda 14 yoshli qizni olib qochgan 38 yoshli erkak ushlandi
9 mart 2023, 18:58

Samarqandda 14 yoshli qizni olib qochgan 38 yoshli erkak ushlandi

Samarqandda o‘zini taksichi deb tanishtirgan 38 yoshli mast erkak 14 yoshli qizni olib qochdi. Viloyat IIBga ko‘ra, u pastga tushib, g‘ildiraklarga qarayotgan vaqtida qiz mashinadan qochishga erishgan. Ayni paytda erkak ushlangan bo‘lib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Maktablarda bahorgi ta’til 20 martdan boshlanadi
9 mart 2023, 17:57

Maktablarda bahorgi ta’til 20 martdan boshlanadi

O‘zbekiston maktablarida 18 mart uchinchi chorakning so‘nggi kuni bo‘ladi, to‘rtinchi chorak 27 martdan boshlanadi.

O‘zbekistonda Senat a’zolari soni 65 tagacha qisqartiriladi
9 mart 2023, 16:40

O‘zbekistonda Senat a’zolari soni 65 tagacha qisqartiriladi

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasida parlamentdagi senatorlar soni 100 tadan 65 taga qisqartirilishi ma’lum qilindi. Bunda har bir hududdan 4 tadan senator saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan senatorlar soni esa 16 tadan 9 taga kamaytiriladi.

Ayrim lavozimlarni surunkasiga 2 martadan ortiq egallash taqiqlanishi mumkin
9 mart 2023, 16:36

Ayrim lavozimlarni surunkasiga 2 martadan ortiq egallash taqiqlanishi mumkin

Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga ayni bir shaxsning surunkasiga 2 muddatdan ortiq ushbu lavozimga saylanishi (tayinlanishi) mumkin emasligiga oid qoida kiritilmoqda. Bu lavozimlarga prezident, Senat raisi, hokimlar, bosh prokuror va boshqalar kiradi.

Umumxalq xayriya hasharida 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlab beriladi
9 mart 2023, 16:17

Umumxalq xayriya hasharida 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlab beriladi

11 mart kuni O‘zbekistonda o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharida 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlab beriladi. Bu ishlarga 1,3 mlrd so‘m sarflanadi. Shuningdek, 7 mingdan ziyod ehtiyojmand oilaga 2 mlrd so‘mdan ko‘proq moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Toshkentdagi ba’zi do‘kon va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari kassasida kartadan naqd pul yechib olish mumkin bo‘ladi
9 mart 2023, 15:27

Toshkentdagi ba’zi do‘kon va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari kassasida kartadan naqd pul yechib olish mumkin bo‘ladi

Tajriba tariqasida Toshkentda vaqtinchalik tartib joriy etiladi, unga ko‘ra, ayrim do‘konlar va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari kassasida kartadan naqd pul yechib olish mumkin bo‘ladi. Birinchi bosqichda loyiha Korzinka supermarketlar tarmog‘ida ishga tushiriladi.

Fevral oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 2 mlrd dollarga kamaydi
9 mart 2023, 15:17

Fevral oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 2 mlrd dollarga kamaydi

Fevral oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yanvar oyiga nisbatan 1,98 mlrd dollarga pasaydi. Natijada ko‘rsatkich fevral oyiga kelib $33,9 mlrdni tashkil etdi.

Jismoniy shaxslar endi qator xizmatlar xaridida komissiya to‘lamaydi
9 mart 2023, 15:09

Jismoniy shaxslar endi qator xizmatlar xaridida komissiya to‘lamaydi

Jismoniy shaxslardan poyezd, samolyot chiptalari, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va jarimalar, bolalar bog‘chalari, maktablar va oliy o‘quv yurtlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lov xizmatlari uchun komissiya undirilmaydi.

Jurnalist va shoir Akmal Toshev vafot etdi
9 mart 2023, 15:03

Jurnalist va shoir Akmal Toshev vafot etdi

Jurnalist va shoir Akmal Toshev 37 yoshida vafot etdi. Bosh prokuratura uning o‘limi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi. U shu paytga qadar “Inson va qonun” gazetasi va “Huquq va burch” jurnali birlashgan tahririyatida bosh mutaxassis vazifasida ishlab kelayotgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting