Humo va Uzcard to‘lov tizimlari o‘zaro integratsiyasini bosqichma-bosqich, jumladan 2023 yil may oyiga qadar bankomatlar hamda 2023 yil yakuniga qadar to‘lov terminallari tizimini integratsiya qilish ishlarini yakunlash topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining qaroriga tayanib ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy Banki rahbari Mamarizo Nurmuratov Humo va Uzcard to‘lov tizimlari uzoq muzokaralardan so‘ng o‘zaro integratsiya bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan edi.

Mamarizo Nurmuratov birinchi marta 2020 yil sentabr oyida ikkita to‘lov tizimlarini integratsiyalash rejasini e’lon qilgan edi. 2021 yil dekabr oyi oxirida Uzcard va Humo o‘zaro integratsiyaning birinchi bosqichini yakunlayotgani xabar qilindi. Ikkita to‘lov tizimining terminallari ikkala kartani ham qabul qila oladi. Ushbu xususiyat paydo bo‘lishi uchun banklar terminallarini qanday yangilash bo‘yicha ko‘rsatmalar olishlari kerak edi.