Toshkentda Janubiy Koreya fuqarolarining uyida bosqinchilik qilganlar ushlandi
12 iyul 2023, 15:16

Toshkentda Janubiy Koreya fuqarolarining uyida bosqinchilik qilganlar ushlandi

Yakkasaroy tumanida ikki ayol va bir erkak Janubiy Koreya fuqarolarining xonadoniga bosqinchilik yo‘li bilan kirib, o‘g‘rilik sodir etdi. Gumonlanuvchilar ushlanib, qamoqqa olindi.

JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya magistraturaga qabulni boshladi
12 iyul 2023, 15:00

JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya magistraturaga qabulni boshladi

Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti qoshidagi Diplomatik akademiyaga yangi o‘quv yili uchun magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlar qabuli boshlandi. Qabul 31-iyulgacha davom etadi.

Eksporti cheklovi bekor qilingach, O‘zbekiston rekord darajada ko‘p piyoz sotdi
12 iyul 2023, 14:27

Eksporti cheklovi bekor qilingach, O‘zbekiston rekord darajada ko‘p piyoz sotdi

Eksportga qo‘yilgan cheklov bekor qilingach, O‘zbekiston chetga rekord darajada ko‘p piyoz yubordi. Mart oyi o‘rtalaridan iyun oxirigacha tashqi bozorlarga 222,8 ming tonna piyoz jo‘natilgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 53 foizga ko‘p. Mahsulotning 90 foizi Rossiya va Qozog‘istonga sotilgan.

Toshkentda fuqarolarni Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar qo‘lga olindi
12 iyul 2023, 12:51

Toshkentda fuqarolarni Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar qo‘lga olindi

Toshkentda fuqarolarni Meksika orqali AQShga jo‘natish bo‘yicha navbatdagi urinishning oldi olindi. Buning uchun bir holatda 30 ming dollar, ikkinchisida 3500 dollar va 14 million so‘m talab qilingan.

JARda 11 yil ichida birinchi marta qor yog‘di (foto)
12 iyul 2023, 12:21

JARda 11 yil ichida birinchi marta qor yog‘di (foto)

Janubiy Afrika Respublikasining Yohannesburg shahrida 2012-yildan beri birinchi marta qor yog‘di. Hodisa namlikning ko‘tarilishi va sovuq harorat tufayli kuzatilgan. Olimlar bunga global isishning hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.

Toshkentda Nexia bilan to‘qnashgan mototsikl haydovchisi vafot etdi
12 iyul 2023, 12:02

Toshkentda Nexia bilan to‘qnashgan mototsikl haydovchisi vafot etdi

Toshkent shahrida Nexia bilan to‘qnashuvda 34 yoshli mototsikl haydovchisi vafot etdi. Nexia yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.

Xitoyning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
12 iyul 2023, 11:36

Xitoyning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Yuy Szyun Xitoyning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. 51 yoshli diplomat shu yil boshida 5 yillik missiyasini yakunlagan Szyan Yanning o‘rnini egalladi.

“Xiyonat qilganga o‘rin yo‘q”. Prezident — “Avtoyo‘l”, “Temir yo‘llar” rahbarlari va boshqalar ishdan olinishi haqida
12 iyul 2023, 11:15

“Xiyonat qilganga o‘rin yo‘q”. Prezident — “Avtoyo‘l”, “Temir yo‘llar” rahbarlari va boshqalar ishdan olinishi haqida

Prezident “Avtoyo‘l”, “Temir yo‘llar” va “O‘zsuvta’minot” rahbarlari, suv xo‘jaligi va transport vazirlari o‘rinbosarlari ishdan olinganini e’lon qilar ekan, “Xiyonat qilganga o‘rin yo‘q”, dedi. “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “IES” va “O‘zsanoatqurilishbank” rahbarlariga berilgan ogohlantirish “so‘nggisi” ekanini aytdi.

Raqobat qo‘mitasi endi prezident va Senatga hisobdor bo‘ladi
12 iyul 2023, 11:01

Raqobat qo‘mitasi endi prezident va Senatga hisobdor bo‘ladi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘z faoliyatida bevosita prezidentga va Senatga hisobdor etib belgilandi. Qo‘mita har yili iqtisodiyotda raqobat muhiti va iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishi holati to‘g‘risida hisobot berib boradi.

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga ekologik huquqbuzarlik uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish vakolati berildi
12 iyul 2023, 10:49

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga ekologik huquqbuzarlik uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish vakolati berildi

Prezident imzolagan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga vakolatlar berishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritildi.

Bahodir Abdikarimov Madaniy meros agentligiga direktor etib tayinlandi
12 iyul 2023, 10:37

Bahodir Abdikarimov Madaniy meros agentligiga direktor etib tayinlandi

Madaniy meros agentligi Turizm va madaniy meros vazirligidan ajratilgandan keyin Bahodir Abdikarimov unga qayta rahbar bo‘ldi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 635 so‘mgacha ko‘tarildi
12 iyul 2023, 10:05

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 635 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 12-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 515−11 570 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 620−11 635 so‘m.

Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi
12 iyul 2023, 09:41

Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi

Yaponiyada bo‘lib o‘tgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 3 ta bronza medalini oldi. Ularga 66 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi.

11-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
11 iyul 2023, 22:00

11-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Mirziyoyevning dasturini qo‘llagan AQSh, ishdan olingan “Temir yo‘l”, “Avtoyo‘l”, “Suvta’minot” rahbarlari va boshqa amaldorlar, Uzum va Click birlashishi haqidagi gaplarga Raqobat qo‘mitasi raisining munosabati, uy balkonidan o‘zini tashlab vafot etgan yosh yigit va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestidp.

Qozog‘istonda blogerlarga reklamadan soliq to‘lash majburiyati yuklanib, soxta xabarlar uchun jarima joriy qilinmoqda
11 iyul 2023, 21:38

Qozog‘istonda blogerlarga reklamadan soliq to‘lash majburiyati yuklanib, soxta xabarlar uchun jarima joriy qilinmoqda

Qozog‘iston prezidenti blogerlarni reklama yorlig‘ini qo‘yish va daromadlaridan soliq to‘lash majburiyatini yuklovchi qonunni imzoladi. Shuningdek, ular soxta xabarlar tarqatgani uchun jarimaga tortiladi.

Sobiq mehnat vaziri va boshqa amaldorlar Kompromatuzb ishida jabrlanuvchi va da’vogar sifatida qatnashadi
11 iyul 2023, 21:21

Sobiq mehnat vaziri va boshqa amaldorlar Kompromatuzb ishida jabrlanuvchi va da’vogar sifatida qatnashadi

Sud Telegram-kanaliga aloqadorlikda gumon qilinayotgan jurnalistlarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni 18-iyul kuniga tayinladi. Jabrlanganlar va da’vogarlar orasida Mehnat vazirligining sobiq rahbari Nozim Husanov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hibsdagi sobiq rahbari va boshqalar bor.

“Surxon” qo‘riqxonasida morxo‘rlar, jayra va tog‘ suvsari fotoqopqonga tushdi
11 iyul 2023, 20:20

“Surxon” qo‘riqxonasida morxo‘rlar, jayra va tog‘ suvsari fotoqopqonga tushdi

Ekologiya vazirligi “Surxon” qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga tushgan morxo‘rlar, jayra va tog‘ suvsari tasvirlarini e’lon qildi. Ushbu hayvonlar Qizil kitobga kiritilgan.

YeI O‘zbekistonni demokratik islohotlarda qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi
11 iyul 2023, 20:08

YeI O‘zbekistonni demokratik islohotlarda qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi yakunlari bo‘yicha e’lon qilgan bayonotida mamlakatni demokratik islohotlarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashda davom etishini hamda YeXHT DIIHB kuzatuvchilar missiyasi xulosalarini “e’tiborga olishi”ni ta’kidladi.

Qutqaruvchilar, harbiylar va ekologlar Chotqol qo‘riqxonasidagi yong‘inga qarshi kurashmoqda
11 iyul 2023, 18:39

Qutqaruvchilar, harbiylar va ekologlar Chotqol qo‘riqxonasidagi yong‘inga qarshi kurashmoqda

Toshkent viloyatidagi Chotqol davlat biosfera rezervati hududida Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa va Ekologiya vazirliklari tomonidan yong‘in o‘chirilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni 10 gektardan 20 gektargacha o‘rmonni tashkil etadi.

O‘zbekistonda har bir yangi investorga yordam berish uchun “investitsiya menejeri” lavozimi joriy etiladi
11 iyul 2023, 18:27

O‘zbekistonda har bir yangi investorga yordam berish uchun “investitsiya menejeri” lavozimi joriy etiladi

O‘zbekiston Investitsiya vazirligida har bir yangi investorga hamrohlik qilish uchun “investitsiya menejeri” lavozimi joriy etiladi. Ular bevosita vazirga bo‘ysunadi va xorijiy investorlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, yuzaga kelgan masalalarni hal qilib boradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting