Toshkent shahrida Nexia va mototsikl ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda “My5” telekanalining “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Hodisa 8-iyul kuni tungi soat 23:00 lar atrofida Nexia va mototsikl ishtirokida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida 34 yoshli mototsikl haydovchisi vafot etgan. Nexia salonidagi yo‘lovchi olgan jarohatlari sabab shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lum qilinishicha, Nexia haydovchisi yo‘lda qayrilish uchun burilgan vaqt qarama-qarshi harakatlanib kelayotgan mototsikl haydovchisi to‘xtashga ulgurmasdan Nexia yon tarafiga kelib urilgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.