Janubiy Afrika Respublikasining eng yirik shahri Yohannesburgda 11 yil ichida birinchi marta qor yog‘di. Janubiy yarimsharda iyundan avgustgacha qish oylari hisoblanadi va ushbu shaharda oxirgi marta bu hodisa 2012-yil avgust oyida kuzatilgan, deya xabar bermoqda BBC.

Mahalliy aholi qor yog‘ish hodisasini “mo‘’jizaviy”, “haftaning ajoyib boshlanishi” deb ta’riflagan.

жанубий африка республикаси, qor

Foto: Anadolu Agency

Witwatersrand universitetining fizik geografiya professori Jennifer Fitchett mahalliy Times gazetasiga bergan intervyusida qorning davomli yog‘ishi ehtimoli past ekanini va hodisaga namlikning ko‘tarilishi, sovuq harorat va sovuq shamol sabab bo‘lganini ta’kidlagan.

“Bu har 10 yilda bir marta sodir bo‘ladi. Biz qor ko‘p yog‘adigan hudud emasmiz va bu bizda qishda quruq muhit bo‘lishi bilan qisman bog‘liq. Bizda kuchli, yuqori bosimli muhit bo‘lgani uchun qish oylarida yomg‘ir yog‘maydi yoki juda kam yog‘adi. Shuning uchun havoda namlik ko‘p bo‘lmaydi”, — deydi professor.

жанубий африка республикаси, qor

Foto: EPA

жанубий африка республикаси, qor

Ko‘plab o‘quvchilar qorni birinchi marta ko‘rdi. Foto: Reuters

Uning aytishicha, shaharda oxirgi marta qor 2012-yilda va undan oldin esa 2007-yilda yog‘gan.

JAR ob-havo xizmati meteorologi Ueyn Venterning aytishicha, kuzatilayotgan hodisa istisno hisoblanmaydi va uni iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq deb bo‘lmaydi.