Avvalroq “Gazeta.uz” prezident 12 nafar hokim, shuningdek, bir qator mansabdor shaxslar va davlat korxonalari rahbarlarini lavozimidan ozod etgani haqida yozgandi. Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining nutqi aks etgan videoni e’lon qildi, unda u ishdan olish sabablarini tushuntirgan.

“Qanday mashaqqat bilan chet davlatga borib, banklar, tadbirkorlar bilan uchrashaman, katta-katta loyihalarni kelishaman. Lekin, mening vakillarim bo‘lgan odamlar uxlab o‘tiribdi, mudrab o‘tiribdi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

лавозимлардан ozod этилиши, шавкат мирзиёев

Abdurahmon Abduvaliyev, Sohib Saifnazarov va Husnutdin Xosilov.

Prezident avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” va “O‘zsuvta’minot” rahbarlari, suv xo‘jaligi va transport vazirlari o‘rinbosarlari ishdan olinganini e’lon qilar ekan, “Xiyonat qilganga o‘rin yo‘q”, dedi.

Shuningdek, prezident “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “Issiqlik elektr stansiyalari” va “O‘zsanoatqurilishbank” raislariga “hayfsan” berdi.

“Oxirgi hayfsan bularga. So‘nggi ogohlantirish. Agar uch oy ichida o‘zgarish qilmasa, javobgarlikka tortilib, barcha zarar va olinmagan foyda ulardan undirib olinadi”, — dedi prezident.

“Men ishlagan, xato qilgan odamni kechiraman, lekin xiyonat qilgan odamni hech qachon kechirmayman”, — dedi davlat rahbari

Video