10-iyul sanasidan Bahodir Abdikarimov Ganjiyevich O‘zbekiston Madaniy meros agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritadi. Bu haqda prezident qaror [PQ-218-son] qabul qildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.

U Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-iyundagi qarori bilan agentlik direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi. Agentlik Turizm va madaniy meros vazirligidan ajratilgandan keyin Bahodir Abdikarimov agentlikka yana direktor etib tayinlandi.

Madaniy meros yo‘nalishiga ishga kelishidan avval u Bosh prokuraturada bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Madaniy meros agentligi 2021-yil aprel oyida tashkil etilgan. Agentlik davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulkini asrash bo‘yicha ishlarning buyurtmachisi sifatida belgilangan.