Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Surxon” davlat qoriqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonlarga tushgan yovvoyi hayvonlarning navbatdagi videolarini e’lon qildi.

Ushbu kadrlarda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan morxo‘rlar, jayra va tog‘ suvsarini ko‘rish mumkin.

Ushbu hayvonlarning maqomi “yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan, mahalliy darajada tarqalgan kichik turlar” bo‘lib, ularni ovlash taqiqlangan. “Surxon” qo‘riqxonasi, Boysun va Hazratbobi o‘rmon xo‘jaliklarida muhofaza qilinadi.