O‘zbekiston davlat budjeti taqchilligi qariyb 40 trln so‘mga yetdi
17 sentabr 2023, 22:09

O‘zbekiston davlat budjeti taqchilligi qariyb 40 trln so‘mga yetdi

Sakkiz oy davomida O‘zbekiston davlat budjeti taqchilligi qariyb 40 trln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan ikki oyda xarajatlar daromaddan 12,2 trln so‘mga oshdi. Eslatib o‘tamiz, hukumat 2023-yil yakunlari bo‘yicha profitsit bo‘lishini prognoz qilgan edi.

“O‘zbek adabiyotining tirik ensiklopediyasi edi”. Jamoatchilik akademik Naim Karimov haqida
17 sentabr 2023, 19:20

“O‘zbek adabiyotining tirik ensiklopediyasi edi”. Jamoatchilik akademik Naim Karimov haqida

Adabiyotshunos olim va akademik Naim Karimovning vafoti jamoatchilikni chuqur qayg‘uga soldi. Faollar ijtimoiy tarmoqlarda olimning hayoti, ijod yo‘li va faoliyati bilan bog‘liq iliq xotiralarni esga oldi. “Gazeta.uz” ularning bir qismini bir materialga jamladi.

Oqoltinda ko‘prik cho‘kishi oqibatida Toshkent-Termiz yo‘lining bir qismida harakat cheklandi
17 sentabr 2023, 14:58

Oqoltinda ko‘prik cho‘kishi oqibatida Toshkent-Termiz yo‘lining bir qismida harakat cheklandi

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining Toshkent-Jizzax yo‘nalishida ko‘prik cho‘kishi oqibatida harakat cheklandi. Haydovchilar uchun aylanma yo‘l tashkil etildi. Toshkentga yo‘l olgan transport vositalari eski yo‘ldan harakatni davom ettirishlari mumkin.

Akademik Naim Karimov vafot etdi
17 sentabr 2023, 11:46

Akademik Naim Karimov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim va akademik Naim Karimov 90 yoshida vafot etdi.

O‘zbekiston prezidenti Nyu-Yorkka bordi. Uni shahar meri kutib oldi
17 sentabr 2023, 10:42

O‘zbekiston prezidenti Nyu-Yorkka bordi. Uni shahar meri kutib oldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkka yetib bordi. Bir necha kun davom etadigan tashrif doirasida u BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi, AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.

Buxoroda Spark`da 25 nafar bolani olib ketayotgan haydovchi aniqlandi (video)
16 sentabr 2023, 18:10

Buxoroda Spark`da 25 nafar bolani olib ketayotgan haydovchi aniqlandi (video)

Buxoro viloyatida Spark avtomobilida 25 nafar yosh bolani mindirib olib ketayotgan haydovchi to‘xtatildi. Haydovchi bog‘cha mudirasi bo‘lib, bolalarni uyiga shunday tarzda olib ketayotgani ma’lum bo‘ldi.

Beshta viloyat sudlariga raislar tayinlandi
16 sentabr 2023, 16:32

Beshta viloyat sudlariga raislar tayinlandi

Andijon, Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlari sudlarining raislari lavozimidan ozod etildi. Farg‘ona viloyati sudiga yangi rais tayinlandi.

Ichki ishlar vaziriga axborot texnologiyalari bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi
16 sentabr 2023, 15:01

Ichki ishlar vaziriga axborot texnologiyalari bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi

Zufar Qurbonov ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

“Svet” va gazning yangi tariflari tasdiqlandi. Gaz “zapravka”lardagi narxlarga cheklov o‘rnatildi
16 sentabr 2023, 14:39

“Svet” va gazning yangi tariflari tasdiqlandi. Gaz “zapravka”lardagi narxlarga cheklov o‘rnatildi

1-oktabrdan yirik korxonalar, budjet tashkilotlari, kompaniyalar va boshqa yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi. Tariflar aholi uchun o‘zgarishsiz qoldi. Shuningdek, gaz “zapravka”larda 6 oy davomida narxni 3250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Tashabbusli budjet 2-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi
16 sentabr 2023, 12:58

Tashabbusli budjet 2-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yildagi 2-mavsumiga ovoz berish 16-sentabrda yakunlandi. Jami 1187 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1,4 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltiriladi. G‘olib bo‘lgan hududlarda yashovchilar g‘alabani bayram bilan nishonlashmoqda.

Markaziy Osiyo−AQSh sammiti hech qaysi davlatga qarshi qaratilgan emas — Jeyk Sallivan
16 sentabr 2023, 12:31

Markaziy Osiyo−AQSh sammiti hech qaysi davlatga qarshi qaratilgan emas — Jeyk Sallivan

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, Markaziy Osiyo va AQSh prezidentlarining bo‘lajak sammiti “hech bir davlatga qarshi qaratilmagan”. “Bu biz ishlashni istagan mamlakatlar bilan ijobiy kun tartibi haqida”, dedi u.

Surxondaryoda 9,3 kg narkotik moddaning savdosiga chek qo‘yildi — DXX
16 sentabr 2023, 11:43

Surxondaryoda 9,3 kg narkotik moddaning savdosiga chek qo‘yildi — DXX

DXX Surxondaryo viloyatida 9,3 kg narkotik moddaning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi.

General Aleksandr Shishlyannikov vafot etdi
16 sentabr 2023, 10:14

General Aleksandr Shishlyannikov vafot etdi

Mamlakatda harbiy fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan iste’fodagi general-mayor, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi professori Aleksandr Shishlyannikov vafot etdi. U 1993−1995-yillarda Tojikiston birinchi mudofaa vaziri lavozimida vaqtincha ishlagan.

Nima tayyorlaymiz: Nonushta
16 sentabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Nonushta

Ertalab nonushtaga mazali va to‘yimli nimalar tayyorlasa bo‘ladi? Shokoladli sirnik, avokado va tuxumli tost, turkcha menemen, pishloq, ismaloq va tuxumli sloykalar, quymoq, pishloq hamda kolbasali grenka va boshqalar. Zira.uz ularning retseptlarini taqdim etadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 jamoasining JCH guruh bosqichidagi raqiblari aniq bo‘ldi
16 sentabr 2023, 09:48

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 jamoasining JCH guruh bosqichidagi raqiblari aniq bo‘ldi

Syurix shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Uning natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “B” guruhida Ispaniya, Kanada va Mali jamoalari bilan kuch sinashadi.

Toshkentdagi 51 xonali hashamatli uyni onlayn auksionda kim yutib oldi?
16 sentabr 2023, 08:42

Toshkentdagi 51 xonali hashamatli uyni onlayn auksionda kim yutib oldi?

Toshkentdagi 51 xonali, bog‘lar, hovuzlar va boshqa binolari bo‘lgan hashamatli uyni MOB Group onlayn auksionda 33,3 mlrd so‘mga sotib oldi. Fevralda Harbiy sud ijro varaqasi va MIB inspektori qarori asosida sotuvga qo‘yilgan uyga kim egalik qilganini aniqlashning imkoni bo‘lmadi.

15-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
15 sentabr 2023, 22:42

15-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Markaziy Osiyodagi suv taqchilligi haqida gapirgan Mirziyoyev, banklar va tadbirkorlik subyektlariga valyuta operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar, eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantirilishi, Xidirnazar Allaqulov bilan uchrashgan G‘arb diplomatlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

O‘zbekistonda banklar va tadbirkorlik subyektlariga valyuta operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar kiritilmoqda
15 sentabr 2023, 21:44

O‘zbekistonda banklar va tadbirkorlik subyektlariga valyuta operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar kiritilmoqda

O‘zbekistonda valyuta operatsiyalariga qo‘yilgan talablar kuchaytirilmoqda. Tadbirkorlik subyektlarining valyuta operatsiyalari faqat asosiy hisobvaraq ochilgan banklar orqali amalga oshiriladi. Konvertatsiya uchun milliy valyutadagi mablag‘larni boshqa banklardagi ikkilamchi hisobvaraqlariga o‘tkazish ham taqiqlanadi.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
15 sentabr 2023, 20:56

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

Sakkizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, Koreya madaniyati festivali, yarmarka va ko‘rgazmalar, “SAHNA” Stend Up club`dagi chiqishlar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Qirg‘iziston hukumati rahbari isitish mavsumidagi avariyalar uchun amaldorlar ishdan bo‘shatilishini ma’lum qildi
15 sentabr 2023, 20:09

Qirg‘iziston hukumati rahbari isitish mavsumidagi avariyalar uchun amaldorlar ishdan bo‘shatilishini ma’lum qildi

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Akilbek Japarov isitish mavsumida yirik avariyalar ro‘y bergan taqdirda, amaldorlarni ishdan bo‘shatish bilan tahdid qildi. “Qish kutilmaganda keldi, deganingizni eshitmay. Qish mavsumiga tayyorgarlik 100 foiz bo‘lishi kerak”, — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting