Shveysariyaning Syurix shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda sobiq braziliyalik darvozabon Julio Sezar ishtirok etdi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘smirlari “B” guruhidan joy oldi. Guruhda ularga Ispaniya, Kanada va Mali o‘smirlari raqib bo‘ldi. O‘zbekistonlik futbolchilar Jahon chempionatidagi ishtirokini 10-noyabr kuni Maliga qarshi uchrashuv bilan boshlaydigan bo‘ldi. Guruh bosqichida 1- va 2-o‘rinni olgan, shuningdek, 3-o‘rinni olgan eng yaxshi 4 ta jamoa nimchorak finalga chiqadi.

u-17, футбол, qur’a

Eslatib o‘tamiz, o‘smirlar o‘rtasidagi mundial 2023-yilning 10-noyabridan 2-dekabriga qadar Indoneziyada o‘tkaziladi.

Quyida qur’aning yakuniy natijasi bilan tanishishingiz mumkin.

u-17, футбол, qur’a