“Gazeta.uz” pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda tongni mazali vashirin yeguliklar bilan boshlash uchun ajoyib retseptlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Shokoladli sirniklar
Ishtahaochar va juda mazali kakaoli sirniklar ta’mi shokoladli tvorogdan qilingan sirokga o‘xshaydi.
Avokado va tuxumli tost
Foydali va to‘yimli avokado va tuxumli tostlar nonushta uchun ajoyib tanlov. U sizga butun kunga yetarli energiya beradi.
Yaponcha pankeyk
Yaponcha pankeyklar — ajoyib ta’mi va shishib chiqishi bilan butun dunyoga mashxur pishiriq.
Pishloq, ismaloq va tuxumli sloykalar
Ushbu qarsildoq sloykalarni tayyorlash uchun muzlatgichdagi tayyor xamir kerak bo‘ladi. Tayyorlashga ko‘p vaqt ketmaydi.
Menemen — turkcha qovurilgan tuxum
Menemen — pomidor va bulg‘or qalampiri bilan pishiriladigan turklarning milliy nonushtasi hisoblanadi.
Do‘mboq quymoqchalar
Yumshoq va do‘mboqqina chiqadigan bunday quymoqchalar har kimning ham ishtahasni ochib yuborishi aniq.
Suluguni solib pishirilgan sirniklar
Agarda bir xil sirniklar me’dangizga tekkan bo‘lsa, unda pishloq qo‘shiladigan, o‘ta shirin bo‘lmagan mana bunday sirniklardan tayyorlab ko‘ring.
Feta pishlog‘i va pomidordan quymoq
To‘yimli va foydali quymoq juda tez tayyor bo‘ladi.
Pishloq va kolbasali grenkalar
Grenkalarning ichiga pishloq va kolbasa qo‘shib tayyorlangan barchaga tanish ajoyib nonushta.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.