Markaziy Osiyoda suv taqchilligi muammosi tobora chuqurlashib boraveradi — Shavkat Mirziyoyev

Markaziy Osiyoda suv resurslari taqchilligi va undan samarasiz foydalanish muammolari uzoq muddatga mo‘ljallangan yangi qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etmoqda, dedi O‘zbekiston prezidenti Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish jamg‘armasi sammitida.

Mirziyoyev Afg‘onistonni mintaqadagi suv resurslari bo‘yicha muloqotga qo‘shishni taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti Orolni qutqarish jamg‘armasi sammitida Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali qurilayotganiga to‘xtaldi. U kanalning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzish va Afg‘oniston vakillarini suv resurslarini taqsimlash bo‘yicha mintaqaviy muloqotga jalb etishni taklif qildi.

O‘zbekistonda banklar va tadbirkorlik subyektlariga valyuta operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar kiritilmoqda

O‘zbekistonda valyuta operatsiyalariga qo‘yilgan talablar kuchaytirilmoqda. Tadbirkorlik subyektlarining valyuta operatsiyalari faqat asosiy hisobvaraq ochilgan banklar orqali amalga oshiriladi. Konvertatsiya uchun milliy valyutadagi mablag‘larni boshqa banklardagi ikkilamchi hisobvaraqlariga o‘tkazish ham taqiqlanadi.

Prezident “svetoforsiz estakadalar” qurish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekiston prezidenti yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ularga tez-tez tirbandlik va avariyalar kuzatiladigan yo‘llarda “svetoforsiz estakadalar” qurishni o‘z ichiga olgan uch yillik dasturni kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.

Eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi — IIV rahbari

O‘zbekiston bo‘yicha eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi, dedi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov aholiga qilgan murojaatida. Shuningdek, u aholi uchun xavfsiz yashash va mehnat sharoitlarini yaratish borasida ichki ishlar organlari tomonidan qator vazifalar belgilab olinganini ma’lum qildi.

G‘arb diplomatlari Xidirnazar Allaqulov bilan uchrashdi

Yevropa Ittifoqi, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQSh diplomatik vakolatxonalari vakillari “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasi rahbari Xidirnazar Allaqulov bilan uchrashib, “O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish jarayonini muhokama qildi”.

Sportchilar va aholi Toshkentda Aviasozlar saroyi qarshisidagi tennis kortlari buzilishiga qarshi chiqmoqda

Taniqli tennischi Iroda To‘laganova va Yashnobod tumani aholisi Aviasozlar saroyi qarshisidagi tennis kortlari buzilishiga qarshi chiqmoqda. Sport majmuasi may oyida Otabek Nurmuhamedovga 31 mlrd so‘mga sotilgan edi. NRG Uzbekistan ushbu hudud bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirdi.

Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 5,7 foizga yetdi. Bu avvalgi yillardagidan ancha ko‘p

Birinchi yarimyillikda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 5,7 foizni tashkil etdi — xarajatlar daromadlardan 26,9 trln so‘mga ko‘proq. Bu pandemiya boshlangan 2020-yil, shuningdek, 2021−2022-yillardagi ko‘rsatkichlardan ko‘p. Hukumat bu davrda biror marta budjet taqchilligi chegarasini ushlab turolmagan.

Elektrostansiyadagi yong‘in tufayli butun Nigeriya elektr ta’minotisiz qoldi

Nigeriyada butun mamlakat bo‘ylab 200 milliondan ortiq aholi elektrostansiyada yong‘in yuz berishi tufayli elektrsiz qoldi. Elektr tarqatuvchi kompaniya hodisani “tizimning butunlay ishdan chiqishi” deb atadi.

Avtokreditlar bo‘yicha ko‘rsatmalar ularning ajratilishini taqiqlamaydi va foiz stavkalariga ta’sir qilmaydi — MB

Markaziy bank banklarga avtokreditlar bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar bunday kreditlar ajratilishini taqiqlamasligi va taklif etilayotgan foiz stavkalari oshishiga ta’sir qilmasligini bildirdi. Avvalroq banklarga nisbatan avtokreditlar bo‘yicha talablar kuchaytirilgandi.

Toshkentda elektrobus Nexia bilan to‘qnashdi

Toshkent shahrida chorrahadan svetoforning yashil chirog‘ida o‘tayotgan Yutong elektrobusi Nexia bilan to‘qnashdi. Voqeada jarohatlanganlar yo‘q.

Telejurnalist Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi

Dunyo bo‘ylab telekanalining “Svoimi glazami” dasturi muxbiri Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi. Unda antibiotik dori qabul qilinganidan keyin allergik reaksiya kuzatilgan va jurnalist anafilaktik shokni boshdan kechirgan.

“Iqlim o‘zgarishi sharoitida gender tengligi”. MO davlatlari yetakchi ayollari Dushanbeda uchrashdi

Tojikistonning Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti bo‘ldi. Unda iqlim o‘zgarishi sharoitida gender tengligiga erishish muhokama etilib, bu masalada xalqaro moliya institutlari investitsiyalarini jalb qilish taklifi bildirildi.

Dam olish kunlari kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib qoladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari kuz uchun xos bo‘lgan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va ertalab kuzgi salqinlik sezilib, harorat +13…+18 daraja, kunduzi esa +25…+30 daraja bo‘ladi.

Uzcard`ning boshqaruv paketini IMC-Capital qo‘lga kiritdi

Yagona umumrespublika protsessing markazining (Uzcard) uch nafar ta’sischisiga tegishli 75% aksiyasi IMC-Capital kompaniyasiga o‘tdi.

O‘zbekistonda Germaniya haftaliklari o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonda Germaniya haftaliklari bo‘lib o‘tmoqda. Unda Germaniyada o‘qishga oid ko‘rgazmalar, ochiq eshiklar kuni va taqdimotlar rejalashtirilgan.

Angrenda ovqatdan zaharlangan 24 nafar bog‘cha bolasi shifoxonaga yotqizildi

Angren shahridagi 10-sonli bog‘chadan 24 nafar bola ovqatdan zaharlanish bilan shifoxonaga yotqizildi, yana 7 nafariga tibbiy yordam berilib, uyiga jo‘natildi. Avvalroq 14 nafar bola shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi. Bog‘cha vaqtincha yopildi. Shifokorlar 240 nafar bolani ko‘rikdan o‘tkazdi.

Mamanbiy Omarov transport vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

2022-yil oxiridan beri Qoraqalpog‘iston transport vaziri sifatida ishlab kelayotgan Mamanbiy Omarov O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Angrenda ovqatdan zaharlangan 24 nafar bog‘cha bolasi shifoxonaga yotqizildi

Angren shahridagi 10-sonli bog‘chadan 24 nafar bola ovqatdan zaharlanish bilan shifoxonaga yotqizildi, yana 7 nafariga tibbiy yordam berilib, uyiga jo‘natildi. Avvalroq 14 nafar bola shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi. Bog‘cha vaqtincha yopildi. Shifokorlar 240 nafar bolani ko‘rikdan o‘tkazdi.

“Gazeta.uz"da e’lon qilingan fotoreportaj:

“Cho‘l ustidagi hashamat”. Qatar nimasi bilan mashhur?

Konditsionerli ko‘chalar, mashinistsiz metro, Safari, sun’iy Venetsiya shahri va albatta Qatar milliy muzeyi “Gazeta.uz” muxbiri Mushtariy Oqboyeva O‘zbekistondan 40 marta kichikroq davlat — Qatar poytaxtiga sayohat qilib, “cho‘l ustidagi hashamat"ning e’tiborga molik maskanlarini fotokamera obyektiviga muhrladi.