“Insof bilan ishlashlari uchun”. O‘zbekiston energetika vaziri — metan “zapravka”larda narxlar cheklanishi haqida
18 sentabr 2023, 19:41 1

“Insof bilan ishlashlari uchun”. O‘zbekiston energetika vaziri — metan “zapravka”larda narxlar cheklanishi haqida

O‘zbekistonda tariflar oshganidan so‘ng gaz quyish shoxobchalaridagi narxlar 3250 so‘mgacha cheklangan taqdirda ham AGTKSHlar kiritgan sarmoyasini qaytara oladi, deya ma’lum qildi energetika vaziri. Tadbirkorlardan biri bu narx bilan ishlay olmasligi mumkinligini aytdi.

Koronavirusning pirola nomli yangi shtami O‘zbekistonda qayd etilgani yo‘q — Sanepidqo‘mita
18 sentabr 2023, 17:53

Koronavirusning pirola nomli yangi shtami O‘zbekistonda qayd etilgani yo‘q — Sanepidqo‘mita

Qator davlatlarda koronavirusning pirola nomli yangi shtami keng tarqalmoqda, u omikrondan ham yuqumliroq bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi hozirgacha mamlakatda bu shtamm qayd etilmagani va vaziyat barqaror ekanini bildirdi.

Gulnora Karimovaning qaytarilgan aktivlari O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limini kamaytirishga sarflanadi
18 sentabr 2023, 17:50

Gulnora Karimovaning qaytarilgan aktivlari O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limini kamaytirishga sarflanadi

Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara qilingan aktivlarini qaytarish uchun tuzilgan Uzbekistan Vision 2030 jamg‘armasi BMTning yangi loyihasini moliyalashtirish uchun 43,5 mln dollar ajratdi. U O‘zbekistonda oldini olish mumkin bo‘lgan onalar va chaqaloqlar o‘limini kamaytirishga qaratilgan.

Toshkentda uy olmoqchi bo‘lgan fuqarolarning 4 mlrd so‘mdan ortiq puli talon-toroj qilingan — Bosh prokuratura
18 sentabr 2023, 17:09

Toshkentda uy olmoqchi bo‘lgan fuqarolarning 4 mlrd so‘mdan ortiq puli talon-toroj qilingan — Bosh prokuratura

Yashnobod tumanida qurilish kompaniyasi rahbari xonadon sotib olmoqchi bo‘lgan 23 kishi bilan soxta oldi-sotdi shartnomasini tuzib, ularning 4 mlrd so‘mdan ortiq pulini qo‘lga kiritgani aniqlandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik va boshqa moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi un va non narxi oshganiga izoh berdi
18 sentabr 2023, 17:02

Qishloq xo‘jaligi vazirligi un va non narxi oshganiga izoh berdi

O‘tgan haftada O‘zbekiston viloyatlarida un va non narxi keskin oshdi. Bu Qozog‘istondan import qilinadigan g‘alla narxining oshishi fonida sodir bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi narxlarning o‘sishini mavsumiy tebranishlar bilan izohladi va rossiyalik treyderlar harakatiga ham ishora qildi.

Farg‘onada PPX xodimi bolali ayolni tepgani aks etgan video tarqaldi. IIV vaziyatni o‘rganmoqda
18 sentabr 2023, 16:38

Farg‘onada PPX xodimi bolali ayolni tepgani aks etgan video tarqaldi. IIV vaziyatni o‘rganmoqda

Farg‘ona shahrida patrul-post xizmati xodimi ayolni tepib, uni mashinaga o‘tirg‘izgani aks etgan video tarqaldi. IIV ayol bolasi bilan yo‘lda tilanchilik qilayotgani uchun olib ketilgan bo‘lishi mumkinligi, holat o‘rganilayotganini bildirdi. Bu qo‘pol munosabatni oqlab bo‘lmaydi, — deya ta’kidlaydi vazirlik.

Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnoma tuzish yana ochildi
18 sentabr 2023, 16:31

Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnoma tuzish yana ochildi

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun yana bir bor cheklangan miqdordagi kontraktatsiyani ochdi. Shartnomalarni Chevrolet`ning vakolatli dilerlik markazlarida tuzish mumkin.

Toshkentda 22-sentabrda “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi
18 sentabr 2023, 15:50

Toshkentda 22-sentabrda “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 22-sentabr kuni “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi. Aholiga piyoda yurish, velosiped va jamoat transportidan foydalanish tavsiya etiladi.

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya 2024-yilga mo‘ljallangan mudofaa sohasida hamkorlik rejasini imzoladi
18 sentabr 2023, 15:31

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya 2024-yilga mo‘ljallangan mudofaa sohasida hamkorlik rejasini imzoladi

Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2024-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi.

Qozog‘iston 2,4 mln dan ortiq qatag‘on qurboni ma’lumotlarini maxfiylikdan chiqardi
18 sentabr 2023, 15:15

Qozog‘iston 2,4 mln dan ortiq qatag‘on qurboni ma’lumotlarini maxfiylikdan chiqardi

Qozog‘istonda 1929−1956-yillardagi siyosiy qatag‘on qurbonlarining 2,4 milliondan ortiq arxiv kartochkalari maxfiylikdan chiqarildi. Surgun qilinganlar, maxsus ko‘chirilganlar va jinoiy javobgarlikka tortilgan 311 ming nafar shaxs reabilitatsiya qilindi.

“Avtokreditlashdagi o‘sish sur’ati kreditlashning umumiy o‘sish sur’atidan bir necha baravar yuqori” — Markaziy banki raisi
18 sentabr 2023, 15:08

“Avtokreditlashdagi o‘sish sur’ati kreditlashning umumiy o‘sish sur’atidan bir necha baravar yuqori” — Markaziy banki raisi

Markaziy bank “avtokreditlash yuqori sur’atda o‘sayotgani”dan xavotirda, chunki bu bank tizimi uchun xavf tug‘diradi. Shu bois regulyator talablarni kuchaytirishga qaror qilgan, bu faqat “standartlardan tashqariga chiqqan” banklarga taalluqli bo‘ladi, dedi regulyator rahbari Mamarizo Nurmuratov.

O‘zbekistonning 7 ta viloyatida toshqin xavfi e’lon qilindi
18 sentabr 2023, 14:07

O‘zbekistonning 7 ta viloyatida toshqin xavfi e’lon qilindi

20−22-sentabr kunlari yog‘ishi kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Buxoroda 26,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar qamaldi
18 sentabr 2023, 13:18

Buxoroda 26,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar qamaldi

Kogon tumanida tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib, 26,1 mlrd so‘m zarar yetkazgan tadbirkorlar aniqlandi. Ular 11 va 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Markaziy bank valyuta operatsiyalari bo‘yicha qarorini “sanksiyalarga rioya qilish” talablari bilan izohladi
18 sentabr 2023, 12:22

Markaziy bank valyuta operatsiyalari bo‘yicha qarorini “sanksiyalarga rioya qilish” talablari bilan izohladi

Valyuta operatsiyalari bo‘yicha hujjat Bank nazorati qo‘mitasi qarori bo‘lib, unga ko‘ra banklarga mijozlarni nazorat qilish va sanksiya risklarini kamaytirish choralarini ko‘rish topshirilgan, dedi MB raisi. Xorijiy banklar O‘zbekistonda mijozlar yetarli darajada tekshirmagani uchun to‘lovlarni ma’qullamadi, dedi u.

Tilla va kumushni taomga qo‘shib yeyish halol emas — Fatvo markazi
18 sentabr 2023, 12:00

Tilla va kumushni taomga qo‘shib yeyish halol emas — Fatvo markazi

Farg‘ona viloyatidagi restoranda tilla solingan taomlar tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Fatvo markazi oltin va kumushni taomga qo‘shib tanovul qilish durust va halol emasligini bildirdi. Shuningdek, bu molni isrof qilish va ne’matlarning qadrini yerga urishdir, deydi markaz.

Poytaxtdagi 2984 ta reklama obyekti noqonuniy joylashtirilgan — Raqobat qo‘mitasi
18 sentabr 2023, 11:52

Poytaxtdagi 2984 ta reklama obyekti noqonuniy joylashtirilgan — Raqobat qo‘mitasi

Toshkent shahridagi 2984 ta reklama va axborot obyektlari noqonuniy joylashtirilgani, 6004 tasi esa talablarga mos emasligi aniqlandi, deya ma’lum qildi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi. Qolaversa, 159 ta reklama davlat tilida emas, balki boshqa tillarda berilgan.

Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
18 sentabr 2023, 11:26

Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Seshanba kuni O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelib, harorat pasayadi. Hafta davomida harorat kunduzi +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda kuchli bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Maldiv orollariga ta’tilni oldindan band qilish uchun beshta sabab
18 sentabr 2023, 11:00

Maldiv orollariga ta’tilni oldindan band qilish uchun beshta sabab

Milliy turoperator Asialuxe Travel Maldiv orollarida ta’tilni oldindan band qilishning afzalliklari haqida gapirib berdi.

Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi
18 sentabr 2023, 10:28

Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

Ar-Riyodda o‘tgan Jahon merosi qo‘mitasining 45-sessiyasida Buyuk ipak yo‘lining O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondagi 31 ta obyektidan iborat Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Saudiya Arabistonida o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha JCHda O‘zbekiston 7 ta medal oldi
18 sentabr 2023, 10:18

Saudiya Arabistonida o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha JCHda O‘zbekiston 7 ta medal oldi

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza (jami 7 ta) medalini qo‘lga kiritdi. Bu bilan jamoa Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting