O‘zbekistonga dronlarni noqonuniy olib kirganlik uchun jazoni yengillashtirish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi
12 dekabr 2023, 11:43

O‘zbekistonga dronlarni noqonuniy olib kirganlik uchun jazoni yengillashtirish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi

Qonunchilik palatasi deputatlari dronlarni noqonuniy olib kirganlik va ulardan foydalanganlik uchun jazolarni yumshatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Unga ko‘ra, huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma kiritilmoqda. Hozirda bu uchun faqat jinoiy javobgarlik bor.

O‘zbekiston bo‘ylab metan zapravkalari faoliyatiga yana cheklov kiritildi
12 dekabr 2023, 11:37

O‘zbekiston bo‘ylab metan zapravkalari faoliyatiga yana cheklov kiritildi

O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyati soat 6:00 dan 12:00 gacha qisqartirildi. Avvalroq ular 15:00 ga qadar ishlashi bildirilgandi.

Elektrdan oqilona foydalanish yuzasidan reydlar o‘tkazilmoqda — Energetika vazirligi
12 dekabr 2023, 11:16

Elektrdan oqilona foydalanish yuzasidan reydlar o‘tkazilmoqda — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi elektrdan tejamkorlik bilan foydalanish bo‘yicha reydlar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Reklama bannerlari, daraxtlardagi yoritkichlar, dorixona, ovqatlanish shoxobchalari yozuvidagi chiroqlar o‘chirilmoqda. Vazirlik elektrni behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantirdi.

Farg‘ona aeroportida yangi qo‘nish tizimi o‘rnatildi
12 dekabr 2023, 10:42

Farg‘ona aeroportida yangi qo‘nish tizimi o‘rnatildi

Farg‘ona xalqaro aeroportida yangi ILS/DME qo‘nish tizimini yangilash bo‘yicha ishlar yakunlandi. Bu murakkab meteorologik sharoitlarda samolyotlarning qo‘nishini va parvozlar xavfsizligini ta’minlaydi xamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi, deyiladi Uzbekistan Airports xabarida.

Sirdaryoda fuqaroni Meksika orqali AQShga yuborish uchun undan 8100 dollar olgan shaxslar ushlandi
12 dekabr 2023, 10:32

Sirdaryoda fuqaroni Meksika orqali AQShga yuborish uchun undan 8100 dollar olgan shaxslar ushlandi

Yangiyer shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni Turkiya va Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilib, undan 8100 AQSh dollari va 1,2 mln so‘m olganlar ushlandi.

Quvasoyda tibbiyot muassasasi bosh shifokori pichoqlandi
12 dekabr 2023, 10:28

Quvasoyda tibbiyot muassasasi bosh shifokori pichoqlandi

Quvasoy tibbiyot birlashmasida bosh shifokor v.b. bemorning kasalxona hududida mashinasini tez haydagan eriga e’tiroz bildirdi. Ular o‘rtasida nizo kelib chiqqach, shifokor erkakka boshi bilan zarba berdi, erkak esa uni pichoq bilan jarohatladi. Shifokor operatsiya qilinib, reanimatsiya bo‘limida davolanyapti.

Rossiyada “Mangu olov”ni o‘chirgan o‘zbekistonlik bolalar ota-onasi bilan deportatsiya qilinishi mumkin
12 dekabr 2023, 10:09

Rossiyada “Mangu olov”ni o‘chirgan o‘zbekistonlik bolalar ota-onasi bilan deportatsiya qilinishi mumkin

Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik uch nafar bola “Mangu olov”ni qor bilan o‘chirib qo‘ydi. Militsiya bolalarning oilalari migratsiya qonunchiligini buzgan holda yashab kelayotgani va shu tufayli mamlakatdan chiqarib yuborilishini bildirdi.

Qatarda O‘zbekiston elchixonasi ochildi
12 dekabr 2023, 09:37

Qatarda O‘zbekiston elchixonasi ochildi

Dohada O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi ochilish marosimi bo‘ldi. 2023-yil may oyida Toshkentda ushbu davlatning diplomatik vakolatxonasi ish boshlagandi.

Talabalarga poyezd chiptalari uchun 50 foizli chegirma beriladi
12 dekabr 2023, 09:22 2

Talabalarga poyezd chiptalari uchun 50 foizli chegirma beriladi

O‘zbekistondagi oliygohlar talabalariga 25-dekabrdan 7-yanvargacha mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlar uchun 50 foizli chegirma beriladi. U biznes klass vagonlar va “Afrosiyob” elektropoyezdiga nisbatan amal qilmaydi.

Toshkentda avtobus yo‘lovchilar chiqib ulgurmasidan harakatlanishni boshladi. Bir kishi yiqilib, qo‘li sindi
12 dekabr 2023, 09:08

Toshkentda avtobus yo‘lovchilar chiqib ulgurmasidan harakatlanishni boshladi. Bir kishi yiqilib, qo‘li sindi

Mirzo Ulug‘bek tumanida 50-sonli avtobus haydovchisi yo‘lovchilarni to‘liq tushirib-chiqarib bo‘lmay, harakatlanishni boshladi. Oqibatda bir yo‘lovchi yiqilib, peshanasidan jarohat oldi, qo‘li esa sindi.

Toshkentda “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
11 dekabr 2023, 19:00

Toshkentda “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

5−6-dekabr kunlari Turkiy davlatlar geografik kengashi, Turkiy davlatlar tashkiloti va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

O‘zbekistonda har yili avgustni “Qatag‘on qurbonlarini yod etish oyi” sifatida o‘tkazish belgilanmoqda
11 dekabr 2023, 18:50

O‘zbekistonda har yili avgustni “Qatag‘on qurbonlarini yod etish oyi” sifatida o‘tkazish belgilanmoqda

Prezident jadidchilik harakatiga bag‘ishlangan konferensiya ishtirokchilariga murojaatida har yili avgustni “Qatag‘on qurbonlarini yod etish oyi” sifatida o‘tkazish belgilanayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, mahallalarda xotira burchaklarini tashkil etish, jadidlarga atalgan to‘plamlar tayyorlash reja qilinmoqda.

Texnikumlarda kredit-modul tizimi yo‘lga qo‘yiladi
11 dekabr 2023, 18:25

Texnikumlarda kredit-modul tizimi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston texnikumlarida o‘qishning kredit-modul tizimi joriy etiladi. Bunda o‘quvchi muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun belgilab olingan miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur. Akademik qarzlarni topshirish ta’til vaqtida pulli tashkil etiladi.

Fitch agentligi Toshkentdan kredit reytingini qaytarib oldi
11 dekabr 2023, 17:08

Fitch agentligi Toshkentdan kredit reytingini qaytarib oldi

Fitch xalqaro reyting agentligi “shahar reyting jarayonida ishtirok etishni to‘xtatishga qaror qilgani” sababli Toshkentning kredit reytinglarini qaytarib oldi.

OTB O‘zbekistonda qishloq yo‘llarini yaxshilash uchun 240 mln dollarlik qarz ajratadi
11 dekabr 2023, 15:41

OTB O‘zbekistonda qishloq yo‘llarini yaxshilash uchun 240 mln dollarlik qarz ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistondagi 700 kilometrlik qishloq yo‘llarini yaxshilash maqsadida 240 mln dollar miqdorida qarz ajratadi. Loyiha orqali ko‘priklar va drenaj tizimlarini kuchaytirish, transport qatnovi sig‘imi, sifati va xavfsizligini hamda iqlimga chidamliligini oshirish ko‘zda tutilgan.

“Toshkent-Samarqand” pulli yo‘li loyihasini Avstriya kompaniyasi ishlab chiqdi
11 dekabr 2023, 15:11

“Toshkent-Samarqand” pulli yo‘li loyihasini Avstriya kompaniyasi ishlab chiqdi

305 kilometrli “Toshkent-Samarqand” pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ishlab chiqildi. Uning dastlabki texnik-iqtisodiy asosi Avstriya kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.

Toshkentdagi sobiq “Skazka” bog‘i rekonstruksiyadan so‘ng ochildi (video)
11 dekabr 2023, 15:07

Toshkentdagi sobiq “Skazka” bog‘i rekonstruksiyadan so‘ng ochildi (video)

Poytaxt hokimligi “Skazka” bog‘ida rekonstruksiya ishlari yakunlanganini ma’lum qildi. Yoritish tizimi va yo‘laklar, kichik hovuzlar yangilandi, yog‘och haykallarning bir qismi qaytarildi, yangi o‘rindiqlar va bolalar maydonchasi paydo bo‘ldi. Bu ishlarni bajarishga qariyb 3 mlrd so‘m sarflandi.

Dubayda shoping qilish sirlari: manfaatli xaridlar uchun ajoyib joylar
11 dekabr 2023, 15:00

Dubayda shoping qilish sirlari: manfaatli xaridlar uchun ajoyib joylar

Visit Dubai dunyoning eng mashhur turistik shaxralaridan birida ta’til o‘tkaziyotganda manfaatli xaridlar uchun qaysi joylarga borish kerakligi haqida so‘zlab berdi.

IFJ: 2023-yilda 100 ga yaqin jurnalist o‘ldirildi
11 dekabr 2023, 14:38

IFJ: 2023-yilda 100 ga yaqin jurnalist o‘ldirildi

2023-yil boshidan buyon dunyo bo‘ylab 94 nafar jurnalist va OAV xodimlari halok bo‘ldi, ularning aksariyati G‘azo urushi qurboni sanaladi. 400 ga yaqin jurnalist turli mamlakatlar qamoqxonalarida qolmoqda.

Toshkent metrosining “Tuzel” bekatida ham ish rejimi qisqaradi
11 dekabr 2023, 12:45

Toshkent metrosining “Tuzel” bekatida ham ish rejimi qisqaradi

16-dekabrdan “Yerusti halqa yo‘li”ning “Tuzel” (3-bekat) bekatida ham ish rejimi soat 06:00 dan 22:00 ga qadar tashkil etiladi. Avvalroq “Texnopark” va “Yashnobod” bekatlarida ish rejimi qisqargandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting