Shoping — Dubayga amalga oshiriladigan har qanday sayohatning ajralmas qismidir, chunki u yerda qilinadigan xaridlar dunyoda eng zo‘rlaridan biri hisoblanadi. Buning uchun shaharning mashhur savdo markazlariga, an’anaviy bozorlariga borish yoki hunarmandchilik buyumlari yarmarkasiga tashrif buyurish mumkin. Bu yerda ko‘nglingiz tusagan har qanday narsa topiladi.

Dubayda fasllar almashmasa-da, do‘konlardagi mahsulotlar assortimenti muntazam ravishda yangilanib turadi, savdo markazlarining ko‘pchiligi uncha qimmat bo‘lmagan ommaviy tovarlardan tortib, lyuks brendlargacha bo‘lgan turli narx toifasidagi buyumlarning keng tanlovini taklif etadi.

visit dubai, реклаmа

Yil davomida Dubayda bir nechta shoping festivali o‘tkaziladi, ulardan eng asosiysi — Dubai Shopping Festival (DSF). U 8-dekabrda boshlanib, 2024-yilning 14-yanvariga qadar davom etadi. Festival 38 kun mobaynida butun shahar bo‘ylab ko‘p sonli tadbirlar, immersiv shoular va ko‘ngilochar dasturlar bilan aql bovar qilmas shopingni taklif qiladi.

Xaridlarni qayerda amalga oshirish mumkin

Dubayda juda ko‘p savdo markazlari mavjud: kattadan kichikgacha. Shaharning har bir hududi o‘z savdo markaziga ega.

Biroq, agar Dubayga tashrifdan maqsadingiz aynan shoping bo‘lsa, unda harakatni yirik savdo markazlaridan boshlagan ma’qul. Dubayda dunyodagi eng katta savdo markazi — Dubai Mall joylashgan. Bu yerda 1200 ga yaqin do‘kon, ko‘plab qavaxonalar va restoranlar faoliyat ko‘rsatadi. Shu bois, budjetingiz yoki jomadoningizning o‘chlamidan qat’i nazar, sizni tanlovda hech kim cheklamaydi. Xaridlardan tashqari, bu yerda vaqtni qiziqarli va foydali o‘tkazish ham mumkin, ya’ni konkida uchish yoki Dubai Aquarium and Underwater Zoo okeanariumini, marvarid izlovchi g‘avvoslar sho‘ng‘iydigan sharsharani tomosha qilish va, hatto, haqiqiy Dubai Dino dinozavrining skeletini ko‘rish imkoniyati mavjud.

Dubai Mall savdo markazinnig ommabopligi nafaqat uning hajmi bilan shartlangan, markaz yonida Dubayning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri dunyodagi eng baland Burj Khalifa minorasi va “kuylovchi” favvoralar ham joylashgan.

visit dubai, реклаmа

Emirates Mall — kiyim-kechaklardan tortib, to mahalliy shirinliklargacha bo‘lgan mahsulotlar bilan savdo qiluvchi 400 dan ortiq do‘konga ega Dubayning yana bir ommabop savdo markazi. Ushbu moll Ski Dubai tog‘-chang‘i kurorti va mamlakatdagi eng katta Magic Planet ko‘ngilochar oilaviy markazini o‘z ichiga olgan.

Dubai Outlet Mall Dubay atrofidagi eng yirik va yagona autlet hisoblanadi, u shahardan bor-yo‘g‘i 20 km masofada joylashgan. Moll maydoni 1 mln m.kv.ga yaqin. Unda 240 dan ziyod do‘kon va jahonning 1 200 ta yetakchi brendi va mahalliy brendlarning mahsulotlari taqdim etilgan.

Dubay butiklarida shoping

City Walk — shoping va ko‘ngilochar hordiq ishqibozlari uchun haqiqiy jannat. Siz bu yerda jahonning mashhur brendlarini taqdim etgan 200 dan ortiq do‘konni topasiz. Yevropa shaharlari uslubida bezatilgan ko‘chalar va xiyobonlar bu joyga o‘ziga xos ko‘rkamlik bag‘ishlagan.

JBR hududiga parallel tarzda cho‘zilgan The Beach sohilbo‘yi alohida e’tiborga molik joy hisoblanadi. The Beach — Dubay marvaridi, shoping ixlosmandlari va plyajda dam olishni yoqtiradiganlarning sevimli maskani. Bu yerda chigallarni yozish, quyosh va dengizdan rohatlanish hamda Bluewaters Island orolining dabdabali ko‘rinishidan bahra olgan holda sohilning o‘zida joylashgan restoranlar va barlardagi tansiq taomlardan lazzatlanish mumkin.

Shahar bozorlari

Dubayda shoping-rejaga kiritish maqbul hisoblangan bir nechta haqiqiy bozor faoliyat ko‘rsatadi.

Zargarlik buyumlarini xarid qilish uchun Dubayning eng yoshi ulug‘ bozorlaridan biri — Gold Souk bozoriga borish mumkin. Bu yerda siz oltin, kumush, olmoslar va soatlardan tortib, qo‘lda tayyorlangan noyob buyumlargacha topasiz. Bozorda bemalol savdolashsa bo‘ladi. Xaridlarni esa naqd pulda to‘lagan ma’qul, chunki do‘konlar karta bilan to‘laganlik uchun qo‘shimcha komissiya undirishi mumkin.

visit dubai, реклаmа

Spice Souk ziravorlar bozori — sayohatingizdan yaxshi suvenirga aylanishi mumkin bo‘lgan ekzotik ziravorlar, mevalar va quruq mevalarni xarid qilish uchun ajoyib joy.

Amirlikning Perfume Souk bozorida iforlarning eng boy assortimenti taqdim etilgan. Mahalliy iforlarga alohida e’tibor qaratish joiz. Bu yerda tarkibida spirt bo‘lmagan iforlar tayyorlanadi, ularning o‘ziga xos jihati — turg‘unligidir. Arab iforlari hammaga ham yoqavermasligi mumkin, biroq ular xushbo‘y o‘tkir, taxir va shirin hidlarning muxlislariga yoqishi shubhasiz.

visit dubai, реклаmа

Souk Al Bahar — bu an’anaviy Yaqin Sharq bozorining zamonaviy talqini. U dunyodagi eng yirik Dubai Mall savdo markazi bilan piyodalar uchun xushmanzara xiyobon orqali bog‘langan. Bu bozorda gilamlar, qadimiy antiqa buyumlar, uy uchun mahsulotlarni ko‘rish mumkin. Bozor zinalaridan dunyodagi eng baland bino — Burj Khalifa inshootiga ajoyib ko‘rinish ochiladi.

Qahva va shirinliklar

Dubayda rohat-luqumning har xil turlari, holva, sharbat, pahlava, yong‘oqholva va shokolad kabi sharq milliy shirinliklari e’tiborni tortishi shubhasiz. Bularning barchasini bozorlardan va ko‘plab do‘konlardan xohlagancha xarid qilish mumkin.

visit dubai, реклаmа

Eng ommabop arab noz-ne’matlaridan biri — xurmo. Uni murabbo, konfetlar kabi ko‘plab shirinliklarga qo‘shishadi, bundan tashqari xurmoning ichiga bodom solib, uni shokolad bilan qoplashadi hamda ustidan asal va qiyom quyishadi.

Agar shaharning o‘zida shirinliklar xarid qilishga ulgurmasangiz, ularni parvoz oldidan aeroportda Duty Free zonasida sotib olish mumkin. Bu yerda ular turli sharq noz-ne’matlari to‘plami ko‘rinishida sotiladi.

Tax Free tizimi bilan xaridlarni yanada arzon qilish mumkin

Tax Free — bu xorijda amalga oshirilgan xaridlar uchun QQSni qaytarish tizimi. Agar siz Dubayda qilingan xaridlardan soliqni (Tax Free) qaytarishni istasangiz, bir nechta oddiy qadamni amalga oshirishingiz zarur bo‘ladi.

Eng avvalo, xaridlar summasi kamida 250 dirham (taxminan 70 AQSh dollari)ni tashkil qilganiga ishonch hosil qilish lozim. So‘ngra sotuvchidan sizga Tax Free’ni rasmiylashtirishini iltimos qilishingiz kerak. U pasportingizni skanerlaydi, undagi ma’lumotlarni tizimga kiritadi, kassa chekining orqa tomoniga Tax Free birkasini yopishtiradi hamda mamlakatdan chiqayotgan paytda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan elektron shaklni yaratadi.

Tax Free birkasini xariddan keyin 90 kun davomida ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Buning uchun xarid qilgan tovaringiz va birkali chekingiz bilan Dubay aeroportida yoki “Rashid” dengiz portida joylashgan Tax Free’ni rasmiylashtirish nuqtalariga borishingiz lozim. Buni reysga ro‘yxatdan va xavfsizlik nazoratidan o‘tishdan oldin qilish muhim. Soliqni qaytarish rasmiylashtirilganidan keyin pulni olishning o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan usulini tanlashingiz mumkin.

visit dubai, реклаmа

Agar bunga vaqtingiz bo‘lmasa, Dubay xalqaro aeroportidagi (DXB) yoki Dubai World Central (DWC) majmuasidagi Planet Payment o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallaridan foydalanish mumkin. Ushbu terminallar yordamida avtomat tarzda soliqlar qaytarilishini rasmiylashtira olasiz. Buning uchun hisob-fakturalar, pasport va kredit kartasini skanerlash kerak bo‘ladi. Agar qaytariladigan summaning kredit kartasiga tushishini istasangiz, bu borada ham cheklovlar yo‘q. Biroq, agar soliqning naqd pulda qaytarilishini xohlasangiz, maksimal summa kuniga 10000 dirhamni tashkil qiladi. Shuningdek, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari Dubai Mall savdo markazida hamda shaharning boshqa tumanlarida ham bor.

Dubayda shoping-turni rejalashtirar ekansiz, bu jarayonga oldindan tayyorgarlik ko‘rishni hamda butiklar va savdo markazlarida bo‘lish oralig‘ida shaharning ajoyib plyajlariga borishga hamda hashamatli me’moriy inshootlarni tomosha qilishga ulguradigan tarzda yo‘nalishni tuzishni tavsiya etiladi. Shu bilan birga, betakror ko‘rkam shahar hisoblangan Dubayning ko‘p sonli restoranlari tomonidan taklif etiladigan turli-tuman taomlardan tatib ko‘rishni ham unutmaslik lozim.

Reklama huquqlari asosida.