Toshkent metropolitenining “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishi II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan “Turon” (13-bekat) va “Qipchoq” (14-bekat) metro bekatlarini ishga tushirish maqsadida, 16-dekabrdan “Tuzel” (3-bekat) bekatida ham ish rejimi soat 06:00 dan 22:00 ga qadar qisqaradi. Bu haqda metropoliten axborot xizmati xabar qildi.

Avvalroq “Texnopark” va “Yashnobod” bekatlarining ish vaqti vaqtincha soat 06:00 dan 22:00 gacha qisqartirilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, “Olmos” (4-bekat) bekatidan “Quruvchilar” (12-bekat) bekatigacha bo‘lgan bekatlar oralig‘ida ish rejimi o‘zgarmagan holda 05:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etiladi. Soat 05:00 dan 06:00 gacha va 22:00 dan 23:00 gacha “Olmos"-"Quruvchilar” bekatlari oralig‘ida bir tomonlama (chelnok) poyezdlar harakati tashkil etiladi.