Sirdaryo viloyatida fuqaroni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilib, undan pul olganlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan Yangiyer shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Yo.A. (muqaddam sudlangan) tanishi U.P. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.A.ni Amerika Qo‘shma Shtatlariga borishi uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib, Turkiya va Meksika orqali yuborishi evaziga U.P. 8100 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.