Xitoydagi kuchli zilzila oqibatida 100 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi
19 dekabr 2023, 12:02

Xitoydagi kuchli zilzila oqibatida 100 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi

Seshanbaga o‘tar kechasi Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning oqibatida hozircha 118 kishi halok bo‘lgani, 500 nafardan ortiq kishi jarohatlangani aytilmoqda. Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.

Boks: Murodjon Ahmadaliyev Kevin Gonsalesni mag‘lub etdi va WBA chempionligi da’vogariga aylandi
19 dekabr 2023, 11:55

Boks: Murodjon Ahmadaliyev Kevin Gonsalesni mag‘lub etdi va WBA chempionligi da’vogariga aylandi

O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev AQShda bungacha mag‘lub bo‘lmagan Kevin Gonsales ustidan muddatidan avval g‘alaba qozondi va WBA chempionligi unvoni uchun majburiy da’vogarga aylandi.

Soliq qo‘mitasi xodimlari “xufiyona” biznesni yashirishda gumonlanib hibsga olindi
19 dekabr 2023, 11:16

Soliq qo‘mitasi xodimlari “xufiyona” biznesni yashirishda gumonlanib hibsga olindi

Huquq-tartibot idoralari Soliq qo‘mitasi markaziy apparatining ikki nafar mas’ul xodimi va Toshkent shahri Soliq boshqarmasi kameral soliq tekshiruvlar shu’basi sobiq rahbarini qo‘lga oldi. Ular noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini yashirganlikda gumon qilinmoqda.

O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlarini 6−7 kilometr chuqurlikka tushirish rejalashtirilmoqda
19 dekabr 2023, 11:05

O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlarini 6−7 kilometr chuqurlikka tushirish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda geologiya-qidiruv ishlari 2−3 kilometrdan 4−5 kilometr chuqurlikkacha tushirilgani qayd etildi. Endi ushbu qidiruv ishlarini 6−7 kilometrga oshirish rejalashtirilmoqda.

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
19 dekabr 2023, 10:18

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Harbiy xizmatda ofitserlik va rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan Burhon Kuldashev Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 12-sanksiya paketini tasdiqladi
19 dekabr 2023, 10:01

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 12-sanksiya paketini tasdiqladi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketini qabul qildi. U Rossiyadan zargarlik buyumlari olmoslarini olib kirishni, shuningdek, o‘ta nozik tovarlar va texnologiyalarni reeksport qilishni taqiqlashdan iborat.

Toshkentda yong‘in oqibatida ayol va uning ikki qizi halok bo‘ldi
19 dekabr 2023, 09:47

Toshkentda yong‘in oqibatida ayol va uning ikki qizi halok bo‘ldi

Poytaxtning Yashnobod tumanidagi uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ayol hamda uning 8 va 5 yoshli ikki qizi halok bo‘ldi.

Abdulfattoh as-Sisi uchinchi marta Misr prezidenti etib saylandi
18 dekabr 2023, 20:21

Abdulfattoh as-Sisi uchinchi marta Misr prezidenti etib saylandi

Misrning amaldagi rahbari Abdulfattoh as-Sisi 10−12-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida 89,6 foiz ovoz to‘pladi. Bu Sisining uchinchi prezidentlik muddati hisoblanadi.

Qatar amiri O‘zbekistonga keladi
18 dekabr 2023, 20:12

Qatar amiri O‘zbekistonga keladi

19-dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimida qatnashish uchun Qatar amiri Toshkentga keladi. Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar ham bo‘ladi.

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Voitov qanday jinoyatda gumon qilinmoqda?
18 dekabr 2023, 19:46

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Voitov qanday jinoyatda gumon qilinmoqda?

Oliy sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bosh prokuror o‘rinbosari iltimosnomasidan so‘ng hibsga olingani haqida xabar berdi. U o‘zlashtirish va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda.

Toshkentda yana 6 nafar shaxs jinoyatchilikda gumonlanib qo‘lga olindi
18 dekabr 2023, 17:28

Toshkentda yana 6 nafar shaxs jinoyatchilikda gumonlanib qo‘lga olindi

Toshkent shahrida firibgarlik va tovlamachilikda gumonlanib olti nafar shaxs qo‘lga olindi. Poytaxt IIBB ushbu shaxslardan jabr ko‘rgan fuqarolar tegishli joylarga murojaat qilishini so‘radi.

Bolalar dunyoni shunday ko‘rishadi: ASUS bolalar rasmlari tanlovi natijalarini sarhisob qildi
18 dekabr 2023, 17:00

Bolalar dunyoni shunday ko‘rishadi: ASUS bolalar rasmlari tanlovi natijalarini sarhisob qildi

Kompyuter elektronikasining jahondagi yetakchi brendlaridan biri ASUS 31-oktabr kuni e’lon qilingan “Men kelajak dunyosini qanday ko‘raman” nomli bolalar rasmlari tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi.

Investitsiya vazirligining viloyat va tuman bo‘limlari tugatiladi
18 dekabr 2023, 16:37

Investitsiya vazirligining viloyat va tuman bo‘limlari tugatiladi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hozirgi tizimi qayta ko‘rib chiqiladi. Vazirlikning viloyat va tuman bo‘limlari tugatiladi. Ularning vazifalari hamda ishlab chiqarish, sanoat zonalari va eksport masalalari Savdo-sanoat palatasiga o‘tkaziladi.

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hibsga olindi
18 dekabr 2023, 16:12

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hibsga olindi

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hibsga olindi, deb xabar berdi “Gazeta.uz” manbasi. U iqtisodiy jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Umida Omonova shaxmatning blits yo‘nalishida Osiyo chempioni bo‘ldi
18 dekabr 2023, 15:24

Umida Omonova shaxmatning blits yo‘nalishida Osiyo chempioni bo‘ldi

Umida Omonova shaxmatning blits yo‘nalishida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik shaxmatchilar boshqa yo‘nalishlarda ham medallarga sazovor bo‘ldi.

2060-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga semizlikdan yetadigan zarar YAIMning 4,7 foizigacha oshadi
18 dekabr 2023, 15:04

2060-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga semizlikdan yetadigan zarar YAIMning 4,7 foizigacha oshadi

JSST ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha tana massasi indeksi 1 kvadrat metrga 26,5 kg ni tashkil qilmoqda. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2060-yilga borib semizlik oqibatida iqtisodiyotga yetadigan zarar 21,6 mlrd dollargacha oshishi kutilmoqda, bu — YAIMning 4,7 foiziga teng.

Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi
18 dekabr 2023, 14:34

Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi

Namangan shahriga Anvarjon Otaxodjayev yangi hokim bo‘ldi. Shuningdek, viloyat hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi.

O‘zbekistonda 1-yanvardan “eski” haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi
18 dekabr 2023, 13:04

O‘zbekistonda 1-yanvardan “eski” haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi

2023-yil 31-dekabr kuni O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomalari va 2015-yildan keyin berilgan “texpasport”larni almashtirish yakunlanadi. 1-yanvardan eski hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Noyabrda poytaxtning 10 ta tumanida uy-joy ijarasi narxi pasaydi — ITIM
18 dekabr 2023, 12:56

Noyabrda poytaxtning 10 ta tumanida uy-joy ijarasi narxi pasaydi — ITIM

Noyabr oyida Toshkentda uy ijarasining o‘rtacha narxi 2,1 foizga pasayib, kvadrat metri uchun 9,3 dollarni tashkil etdi, deya ma’lum qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Poytaxtning 10 ta tumanida ijara narxi tushgan, bunda eng arzon hududlar Sergeli va Bektemir bo‘lib turibdi.

Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
18 dekabr 2023, 12:17

Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi. Darslarga 11-yanvardan qaytiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting