O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun 14 kunlik qishki ta’til muddati belgilandi, deya xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining II chorak so‘nggi kuni 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28-dekabr sanaladi.

Ta’til 2024-yil 10-yanvargacha davom etadi️ va III chorak darslari 11-yanvardan boshlanadi.

Ma’lumot uchun, OTM talabalari, professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilariga qishki ta’til 25-dekabrda boshlanib, 2024-yil 7-yanvargacha davom etadi.