Huquq-tartibot idoralari Soliq qo‘mitasi markaziy apparatining bir qator xodimlarini qo‘lga oldi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”ga uning manbasi.

Xususan, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori o‘rinbosari, Soliq qo‘mitasi QQS boshqarmasi ma’muriyatchiligi boshqarmasi QQS to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i va Toshkent shahri Soliq boshqarmasi kameral soliq tekshiruvlar shu’basi sobiq rahbari qo‘lga olindi.

Ular noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini yashirganlikda gumon qilinmoqda.