O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2023-yilda 1,07 kvadrillion so‘mga yetdi
20 yanvar 2024, 13:39

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2023-yilda 1,07 kvadrillion so‘mga yetdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 6 foizga o‘sib, 1,07 kvadrillion so‘mni (90,8 milliard dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 28,98 million so‘mga (2468 dollar) o‘sdi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.

Robaxon Mahmudova “Adolat” partiyasi raisi etib saylandi
20 yanvar 2024, 13:30

Robaxon Mahmudova “Adolat” partiyasi raisi etib saylandi

Prezidentlikka sobiq nomzod Robaxon Mahmudova “Adolat” sotsial demokratik partiyasi raisi etib saylandi. Avvalroq u Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.

O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
20 yanvar 2024, 13:05

O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 145-davlat bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.

“Asl Belgisi” sovg‘alar aksiyasini o‘tkazmoqda
20 yanvar 2024, 13:00

“Asl Belgisi” sovg‘alar aksiyasini o‘tkazmoqda

Aksiya doirasida iPhone 15 Pro Max va boshqa smartfonlarni yutib olish mumkin.

Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi
20 yanvar 2024, 12:55

Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

O‘zbekistonda endi kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish yoki jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda bir qator daryolar o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etildi
20 yanvar 2024, 11:51

O‘zbekistonda bir qator daryolar o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etildi

O‘zbekistonda 1-maydan Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladi. Bu uchun jarimalar 10 baravar oshiriladi. Buzilgan yerlarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish, tabiiy landshaftni tiklash rejalashtirilgan.

Nima tayyorlaymiz: Olmali pishiriqlar
20 yanvar 2024, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Olmali pishiriqlar

Olma va sitrus mevali pirog, “olma” sloykalari, vanilli sharlotka, olma va yong‘oqli rulet va boshqalar — Zira.uz olma solib tayyorlasa bo‘ladigan pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish huquqini boshqa shaxslarga o‘tkazishga ruxsat etiladi
20 yanvar 2024, 00:11

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish huquqini boshqa shaxslarga o‘tkazishga ruxsat etiladi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlari ijarachilari o‘z huquq va majburiyatlarini yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlari onlayn auksion orqali ijaraga beriladi
19 yanvar 2024, 23:13

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlari onlayn auksion orqali ijaraga beriladi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari endi onlayn auksion orqali 30 yil muddatga ijaraga beriladi.

FT: Ukraina urushda yangi — “faol mudofaa” strategiyasiga o‘tmoqda
19 yanvar 2024, 21:58

FT: Ukraina urushda yangi — “faol mudofaa” strategiyasiga o‘tmoqda

Ukraina Rossiya bilan urushdagi strategiyasini o‘zgartirib, 2024-yilda “faol mudofaa"ga o‘tmoqda, deb yozdi FT. Bu mudofaa chizig‘ini ushlab turish va bir vaqtning o‘zida dushmanning zaif tomonlarini qidirishni o‘z ichiga oladi.

Qozog‘iston Yaqin Sharq va Afrikaga tinchlikparvar kuchlarini yuboradi
19 yanvar 2024, 19:35

Qozog‘iston Yaqin Sharq va Afrikaga tinchlikparvar kuchlarini yuboradi

Qozog‘iston BMTning Yaqin Sharq va Afrikadagi missiyalarida ishtirok etish uchun tinchlikparvar qo‘shinlarini yuboradi. Ilk 139 nafar harbiy xizmatchi Golan tepaliklariga jo‘natiladi. Toqayev bu “geosiyosiy keskinlik kuchaygan sharoitda” mamlakat qurolli kuchlariga jangovar mahoratini oshirish imkonini berishini aytdi.

Ichki ishlar organlariga qidiruvdagi shaxslarni topishda xususiy OAVdan bepul foydalanish huquqi berilmoqda
19 yanvar 2024, 18:10

Ichki ishlar organlariga qidiruvdagi shaxslarni topishda xususiy OAVdan bepul foydalanish huquqi berilmoqda

Ichki ishlar organlariga jinoyat sodir etgan yoki qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va topishda xususiy OAV imkoniyatlaridan bepul foydalanish huquqi berilmoqda. Senat buni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Hozirda IIO faqat davlat organlari ta’sischiligidagi OAV imkoniyatidan foydalana oladi.

Chet elda ishlab chiqarilgan pivo va vino reklamasiga ruxsat berish rejalashtirilmoqda
19 yanvar 2024, 18:03

Chet elda ishlab chiqarilgan pivo va vino reklamasiga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda xorijda ishlab chiqarilgan pivo hamda tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni reklama qilish yuzasidan cheklov bekor qilinishi mumkin. Senat “Reklama to‘g‘risida”gi qonunni Jahon savdo tashkilotining bitimlariga moslash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.

2023-yilda Toshkentda o‘rtacha ijara narxi 10,2 foizga pasaydi — ITIM
19 yanvar 2024, 18:01

2023-yilda Toshkentda o‘rtacha ijara narxi 10,2 foizga pasaydi — ITIM

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida bitimlar hajmi oshgani, Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxi 10,2 foizga pasaygani, ikkilamchi uy-joylar narxi o‘sish tendensiyasini saqlab qolganini ma’lum qildi. Mamlakatda yil davomida 272,4 mingta uy-joy sotilgan.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (20−21-yanvar)
19 yanvar 2024, 17:23

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (20−21-yanvar)

Yettita kinopremyera, “Sharqona bozor” va “Teplo” ko‘rgazma-yarmarkasi, Rayhon konserti, spektakllar, ko‘rgazmalar, “Sahna” stendap klubdagi yumoristik tadbirlar, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunidagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi o‘zgartirishni hali ko‘rib chiqmadi, biroq bu uchun vaqt oz qoldi
19 yanvar 2024, 17:22

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi o‘zgartirishni hali ko‘rib chiqmadi, biroq bu uchun vaqt oz qoldi

Senat 19-yanvardagi yig‘ilishda huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid foto va videolarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirishni ko‘rib chiqmadi. Biroq yuqori palata qonunni tez orada ko‘rmasa, u Senatni chetlab o‘tib, prezidentga yuboriladi.

Senat milliy qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi
19 yanvar 2024, 17:00

Senat milliy qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi

Senatorlar O‘zbekistondagi bir qancha qonunlarni Jahon savdo tashkilotining “Intellektual mulk huquqlarining savdo yo‘nalishlari bo‘yicha Bitim” talablariga uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.

2023-yilda tez yordam xizmatiga 13,5 mln marta chaqiriq tushdi — SSV
19 yanvar 2024, 16:33

2023-yilda tez yordam xizmatiga 13,5 mln marta chaqiriq tushdi — SSV

O‘zbekistonda 2023-yil davomida tez tibbiy yordam xizmatiga 13 mln 522 mingta qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Bu 2022-yilgidan yarim milliontaga ko‘p degani. Eng ko‘p murojaat Farg‘ona vodiysi va Toshkent shahridan bo‘ldi. Avvalroq SSV qo‘ng‘iroqlarning 3,5 mingtasi yolg‘on chaqiriq ekanini bildirgandi.

Ekopartiya daraxtlarni kesish uchun berilgan ruxsatnomalar qonuniyligi yuzasidan bosh prokurorga deputatlik so‘rovi yubordi
19 yanvar 2024, 16:21

Ekopartiya daraxtlarni kesish uchun berilgan ruxsatnomalar qonuniyligi yuzasidan bosh prokurorga deputatlik so‘rovi yubordi

Ekologik partiya a’zolari Ekologiya vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan daraxtlarni kesish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi yuzasidan bosh prokurorga deputatlik so‘rovi yubordi. 2022−2023-yillarda boshqarma 600 dan ortiq daraxt kesishga ruxsat bergan.

Oliy Majlis faoliyatini Konstitutsiyaning yangi tahririga moslashtirish bo‘yicha qonun ma’qullandi
19 yanvar 2024, 15:46

Oliy Majlis faoliyatini Konstitutsiyaning yangi tahririga moslashtirish bo‘yicha qonun ma’qullandi

Senatorlar Oliy Majlis palatalari faoliyatiga oid qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, Senat a’zolari soni 100 tadan 65 taga qisqaradi, ularning 9 nafarini prezident tayinlaydi, Qonunchilik palatasi va Senat o‘zini o‘zi tarqatib yubora oladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting