Buxoroda portlagan uy noqonuniy qurilgan — Qurilish vazirligi
6 fevral 2021, 12:26

Buxoroda portlagan uy noqonuniy qurilgan — Qurilish vazirligi

Buxoro shahrida portlagan uyning 7−8 qavatli etib qurilishi uchun tasdiqlangan konsepsiya loyihasi buzilib, o‘zboshimchalik bilan qavatlar soni oshirilganligi ma’lum bo‘ldi. Shaharsozlik hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirmasdan qurilish ishlarini olib borayotganligi uchun inspeksiya xodimlari tomonidan ogohlantirish ham berilganligi aytilmoqda.

Nima tayyorlaymiz: tvorogdan tayyorlangan nonushta
6 fevral 2021, 10:39

Nima tayyorlaymiz: tvorogdan tayyorlangan nonushta

Zira.uz nonushta uchun tvorogdan tayyorlangan 7 ta mazali va foydali retseptlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
5 fevral 2021, 22:53

Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan adliya vaziriga o‘rinbosar etib Alisher Karimov tayinlandi. U bunga qadar vazirlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Jahon yangiliklari dayjesti
5 fevral 2021, 21:28

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSHning mamlakatga qabul qilinadigan qochqinlar sonini oshirgani, YeOIIda Qozog‘iston tajribasi asosida ta’lim sohasida yagona portal yaratilishi, Germaniyada konslagerning 95 yoshli sobiq kotibasiga ayblov hukmi chiqarilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

“Tashkent Law Spring” ikkinchi xalqaro forumi onlayn shaklda o‘tkaziladi
5 fevral 2021, 18:49

“Tashkent Law Spring” ikkinchi xalqaro forumi onlayn shaklda o‘tkaziladi

2021-yilgi davlat dasturiga muvofiq, “Tashkent Law Spring” ikkinchi xalqaro forumi onlayn tarzda o‘tkaziladi. Uning muddati 1 aprel etib belgilangan, biroq tashkiliy jihatdan forum sanasi o‘zgarishi ham mumkin. O‘tgan yilgi forum pandemiya sabab qoldirilgan edi.

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud raisi etib saylandi
5 fevral 2021, 17:24

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud raisi etib saylandi

Markaziy saylov komissiyasining sobiq raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud raisi etib saylandi. U 2004−2005-yillarda ham mazkur lavozimda faoliyat yuritgan.

San-Marino O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 136-davlatga aylandi
5 fevral 2021, 17:15

San-Marino O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 136-davlatga aylandi

3 fevral kuni O‘zbekiston va San-Marino mamlakatlari o‘rtasida diplomatik aloqalari o‘rnatildi va ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish rejalari muhokama qilindi.

Farg‘ona viloyatida 17 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
5 fevral 2021, 17:15

Farg‘ona viloyatida 17 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Farg‘ona viloyatidagi 76 ta sektorning har birida iqtisodiy kompleksning boshqaruv ofislari tashkil etiladi. 2021−2022 yillarda 949 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Cho‘l joylar, yaylov va adirliklarda 33 ming gektar yer o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari, 16 ta oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

«Hozircha hammasi ish bermoqda». Lukashenko — Shavkat Mirziyoyev haqida
5 fevral 2021, 16:43

«Hozircha hammasi ish bermoqda». Lukashenko — Shavkat Mirziyoyev haqida

4 fevral kuni Belarus prezidenti Minsk shahrida missiyasini yakunlayotgan O‘zbekiston elchisini qabul qildi. U O‘zbekiston rejalari to‘g‘risida Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashganda «ba’zan cho‘chishini» tan oldi.

Zayniddin Nizamxodjayev Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylandi
5 fevral 2021, 16:30

Zayniddin Nizamxodjayev Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylandi

Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida Zayniddin Nizamxodjayev Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylandi. Uning o‘rinbosari lavozimiga esa Baxrom Kuchkarov saylandi.

Sobiq Jizzax shahar hokimi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi
5 fevral 2021, 16:16

Sobiq Jizzax shahar hokimi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi

Akbar Shukurov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi. U bundan avval Jizzah shahri xokimi vazifasida faoliyat yuritib, yanvar oyida lavozimdan ozod etilgan.

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun $2,5 mlrd jalb qilinadi — Abdulla Aripov
5 fevral 2021, 16:02

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun $2,5 mlrd jalb qilinadi — Abdulla Aripov

O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun yaqin ikki yil ichida 2,5 mlrd dollar jalb etiladi, deya ma’lum qildi bosh vazir Abdulla Aripov Olmaota shahridagi forumda. Ushbu mablag‘lar mobil aloqani modernizatsiya qilish, elektron hukumatni rivojlantirish va boshqa vazifalarga sarflanadi.

«Bahonalar ketmaydi bu yerda» — Senat raisi davlat dasturi ijrosi haqida
5 fevral 2021, 15:38

«Bahonalar ketmaydi bu yerda» — Senat raisi davlat dasturi ijrosi haqida

Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida 2020 yilgi davlat dasturi ijrosi bo‘yicha tanqidiy fikrlar bildirildi. «Kechirib bo‘lmaydigan har xil bahonalar qilgansizlar. Bahonalar ketmaydi bu yerda» — dedi Tanzila Narbayeva.

Navoiyda «Matiz» va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
5 fevral 2021, 15:26

Navoiyda «Matiz» va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Navoiy viloyatida «GAZ» rusumli yuk mashinasi «Matiz» ga urilib, YTHga sodir etdi. Hodisa oqibatida «Matiz» haydovchisi tan jarohatlaridan vafot etdi.

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirildi
5 fevral 2021, 14:19

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini ushbu mamlakatdagi ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi.

Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi etib tayinlandi
5 fevral 2021, 13:12

Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi etib tayinlandi

Sentyabr oyidan buyon Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi bo‘lgan Xayrullo Bozorov, viloyat hokimi lavozimiga tayinlandi. «Juda tajribali, hozirgi zamonga munosib, xalqparvar, kamtar inson», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev bo‘lib o‘tgan kengash yig‘ilishida.

«Samarqandda hokim bo‘lganimda, faqat Aripov kelib muammolarni so‘ragan» — prezident bosh vazir haqida
5 fevral 2021, 12:45

«Samarqandda hokim bo‘lganimda, faqat Aripov kelib muammolarni so‘ragan» — prezident bosh vazir haqida

Farg‘ona viloyati Xalq deputatlari kengashi yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripov faoliyati haqida fikr bildirdi. «Samarqandda hokim bo‘lganimda bitta shu vazir oldimga kelib, muammolarni so‘ragan. Boshqa birorta vazir kelmagan», — dedi davlat rahbari.

Daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriy muddati 2021 yil yakunigacha uzaytirildi
5 fevral 2021, 12:41

Daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriy muddati 2021 yil yakunigacha uzaytirildi

Prezident farmoni bilan daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriy muddati 2021 yil yakunigacha uzaytirildi. Bundan tashqari, noqonuniy kesilgan har tup daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni 3 yil parvarishlash majburiyati yuklatiladi.

Quva tumani rahbariyati ishdan olindi
5 fevral 2021, 12:39

Quva tumani rahbariyati ishdan olindi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati Quva tumanining hokimi, prokurori, IIB va soliq inspeksiyasi boshliqlarini ishdan oldi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Yozyovon tumanlarining sektor rahbarlari ham vazifasidan chetlatildi.

Bayden Navalniyni zudlik bilan ozod etishni talab qildi
5 fevral 2021, 12:21

Bayden Navalniyni zudlik bilan ozod etishni talab qildi

AQSH prezident Jo Bayden tashqi siyosat masalalari bo‘yicha qilgan nutqida Rossiya hukumatidan Navalniyni ozod etishni talab qildi. Jo Baydenning ta’kidlashicha, Navalniy «korrupsiyani fosh qilayotgani uchun o‘ljaga aylangan».


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting