Prezident qaroriga muvofiq, adliya vazirining o‘rinbosari etib Alisher Nishanovich Karimov tayinlandi.

Karimov 1978 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1999 yilda Toshkent davlat yuridik instituti, 2011 yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Foto: Adliya vazirligi.

O‘z mehnat faoliyatini 1999 yilda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirgi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi) Yuridik boshqarmasi yetakchi mutaxassisi lavozimidan boshlagan. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi maslahatchisi lavozimida ham faoliyat olib borgan.

Karimov 2019 yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Avvalroq, adliya vaziri o‘rinbosari Bahrom Kuchkarov Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylangan edi.