Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, Akbar Shukurov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari «O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish» unitar korxonasi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bundan avval Akbar Shukurov Jizzax shahar hokimi bo‘lgan va yanvar oyida boshqa lavozimga o‘tganligi munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etilgan edi.

Uning o‘rniga Jizzax shahar hokimi etib Komil Xolmurodov tayinlangan.